calendar 26 Aug 12:29
eye 13
comments 0
comments Manba: xs.uz

Rossiyada qarovsiz qolgan 31 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi

image
Rossiya federatsiyasining turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 31 nafar bola Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) oʻzining xorijiy hamkasbi ' Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmani M.Lvova-Belovaga yuborgan soʻrovida qarovsiz qoldirilgan voyaga yetmagan bolalarni hozirda Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish choralari koʻrilayotganligi, Oʻzbekiston masʼul idoralari (IIV, TIV) tomonidan bolalarni vatanga qaytarilgunga qadar, ularni hozirda RFda yashab turgan hududlaridagi bolalar muassasalarida vaqtincha joylashtirilishida tezkor amaliy yordam soʻragan.

Shu tariqa, 25-avgust kuni 9 nafar bola, bundan avval 22 nafar bola (13 nafari ' Sankt-Peterburg shahridan, 9 nafari ' Moskva shahridan, 8 nafari ' Novosibirsk shahridan, 1 nafari ' Qozon shahridan olib kelingan) Ichki ishlar vazirligi vakillari tomonidan yurtimizga qaytarildi.

'Fursatdan foydalanib, Bolalar ombudsmani bola manfaatlarini taʼminlash yoʻlidagi tezkor hamkorligi uchun RF Bolalar ombudsmaniga oʻz minnatdorligini bildiradi va oʻzaro konstruktiv hamkorligini davom ettiradi', deyiladi xabarda.

Avvalroq, Eldor Shomurodov 'Roma'ning mavsumdagi debyut golini urgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
31
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Fransiyadagi yangi elchisi ish boshladi

Gʻaniyev 52 yoshda, Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) sharqshunoslik fakultetini bitirgan. 1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlamoqda.Yangi elchi dastlab Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Keyinchalik Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi Muvaqqat ishlar vakili boʻlib ishlagan. 2018-2023-yillarda Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. 2023-yil oktyabr oyid

22 Jul 12:08
 
81
0
xs.uz

Samarqanda “Nexia-3” haydovchisi uxlab qolishi oqibatida ayanchli YTH sodir boʻldi

Samarqand viloyati Nurobod tumanida 'Nexia-3' haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hodisa 20-iyul kuni sodir boʻlgan. Shu kuni soat 6:00 larda Nurobod tumani Jarquduq mahallasi hududidan oʻtgan 4R-54 avtomobil yoʻlida Ingichka-Kattaqoʻrgʻon yoʻnalishida ketayotgan 'Nexia -3' haydovchisi uxlab qolgan.Shundan soʻng mashina boshqaruvi yoʻqotilgan va yoʻlning oʻng tomon chetiga chi

19 Jul 12:08
 
80
0
qalampir.uz

Toshkentda “G‘alabaning 40 yilligi” avtobus bekati qulab tushdi (video)

Kecha, 18 iyul kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan “G‘alabaning 40 yilligi” bekati qulab tushdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi. Qayd etilishicha, hodisaga bekatning ustunlari yaxshi mustahkamlanmagani sabab bo‘lgan. “Yuqoridagi holat oqibatida hech bir fuqaro va yo‘lovchiga zarar yetmagan bo‘lib, hozirda mas’ul xodimlar tomonidan bekatni qayta qurish ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda. Ma’lumot uch

29 Jul 16:13
 
108
0
qalampir.uz

Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti taqsimoti tasdiqlandi

Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti e’lon qilindi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. Unga ko‘ra: Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 111; Andijon viloyati – 183; Buxoro viloyati – 112; Jizzax viloyati – 81; Qashqadaryo viloyati – 193; Navoiy viloyati – 60; Namangan viloyati – 165; Samarqand viloyati – 227