calendar 20 Jul 13:08
eye 113
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qashqadaryoda boshqaruvni yoʻqotgan “Labo” haydovchisi halok boʻldi

image
Maʼlum boʻlishicha, 2024-yil 10-iyul kuni 'Labo' Qarshi shahri Jayxun koʻchasida ketayotganida yon koʻchadan Lacetti uning yoʻliga chiqqan. 'Labo' haydovchisi toʻqnashuvdan qochish uchun rulni burib yuborgani tufayli boshqaruvni yoʻqotgan.

Shundan soʻng, yoʻl oʻrtasidagi beton toʻsiqdan oshib oʻtib, qarama-qarshi yoʻnalishdan kelayotgan 'Nexia-3' bilan toʻqnashgan. Ogʻir tan jarohatlari olgan 'Labo' haydovchisi shifoxonada koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
19
0
xs.uz

Dorixonalar orqali giyohvandlik vositalarini berish tartibi belgilandi

Oʻzbekistonda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni dorixonalar orqali berish tartibi qayta koʻrib chiqilib, uning aniq meʼyorlari belgilandi. Mazkur tartib Adliya vazirligi tomonidan 27-yanvar kuni rasmiy davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan 'Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi toʻgʻrisida'gi nizom asosida amalga oshiriladi.Yangi nizomga koʻra, giyohvandlik vositalari do

31 Jan 15:20
 
19
0
xs.uz

Bayonnoma tuzilgan “BYD Song” avtomobilini olib ketayotgan YPX inspektori YTHga uchradi

30-yanvar kuni Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida yoʻl-transport hodisasi oqibatida 17 yoshli bola vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.Taʼkidlanishicha, 20 yoshli fuqaro M.Gʻ. amakisiga tegishli 'BYD Song EV' avtomobilini tegishli hujjatlarsiz boshqargani aniqlanib unga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.Shundan soʻng YPX inspektori R.Q. mashinani jarima maydonchasiga olib ketayotganida 17 yoshli X.N. ustoziga tegishli 'Damas' avtomobilini haydovchilik guvohnomasiz boshqarib,

27 Jan 00:53
 
18
0
xs.uz

Endi oʻqituvchilar ovoz yigʻib yurishmaydi(mi?)

'Tashabbusli byudjet' jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Yangi tartibga koʻra, har yili tuman va shaharlar byudjetida 10 tadan kam boʻlmagan, koʻpi bilan 30 ta loyiha uchun yetarli mablagʻlar rejalashtiriladi hamda 10 tadan ortiq loyihalar uchun mablagʻlar tuman yoki shahar aholisining tegishli hududning aholi sonidagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.Shuningdek, oʻzini-oʻzi moliyalas

27 Jan 00:53
 
27
0
xs.uz

Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini yaxshilash loyihasi amalga oshiriladi

Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida Germaniyaning 'KfW' banki bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan yangi loyiha Prezident qarori bilan tasdiqlandi. Loyiha doirasida tibbiy muassasalar infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy jihozlar xaridi va maxsus avtotransport vositalari bilan taʼminlash kabi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Loyiha doirasida tibbiy muassasalar uchun zarur jihozlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati boʻylab adolatli taqsiml