' Shu bilan birga yoshlar orasida tabiatni asrash, avaylash mavzusidagi targʻibot tadbirlari ham boʻlib oʻtdi, ' deydi Andijon viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xodimi Lochinbek Isomiddinov. ' Qatnashchilarga atrof-muhitni muhofaza qilishni har birimiz oʻzimizdan boshlashimiz kerakligi alohida uqtirildi.
200 nafardan ziyod koʻngillilar ishtirokidagi ushbu tadbir davomida hududlar 200 tonna maishiy va boshqa turdagi chiqindilardan tozalandi.
Surxondaryo viloyati mahalla uyushmasiga boshliq tayinlandi
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Abduraimov Saydulla Berdishukurovich Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.S.Abduraimov 1980-yilda Angor tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini, 2010-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi ' matematika, yurisprudensiya.Mehnat faoliyati davomida IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va 'Vatanparvar' tashkiloti
Ichimlik suvi muammosi bartaraf etilmoqda
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash va hayot sifatini oshirishga qaratilgan koʻplab ijtimoiy, hududiy dasturlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda gap ketganda, avvalo, soʻnggi yillarda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlash joiz.Bugungi kunda toza ichimlik suviga boʻlgan talab va ehtiyoj global muammoga aylangan. Maʼlumotlarga koʻra, ayni damda dunyo aholisining kamida 26 foizi toza ichimlik suvidan m
Shavkat Mirziyoyev Buxoro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-oktyabr kuni Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi.Mamlakatimizda aeroportlarni modernizatsiya qilish boʻyicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shu yilning oʻzida Shahrisabz, Qoʻqon va Zomin aeroportlari ishga tushirildi, Namangan va Andijonda esa modernizatsiya boshlandi.Aeroportlar boshqaruviga xususiy sektor jalb qilinayotgani ham oʻz samarasini berayapti. Xususan, Samarqand xalqaro aeroporti xususiy boshqaruvga berilib, moderniza
Bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi
Qonunga koʻra, Jinoyat kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga bolalarga nisbatan oilaviy zoʻravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar yuzasidan yarashuv toʻgʻrisidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligi belgilanmoqda.Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.