calendar 10 Oct 08:25
eye 22
comments 0
comments Manba: xs.uz

Qashqadaryoda “Mercedes-Benz” va “Labo” toʻqnashuvida ikki kishi halok boʻldi

image
Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida yuz bergan yoʻl-transport hodisasida ikki kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 7-oktyabr kuni soat 14:20 larda Qoratikan mahallasi hududidan oʻtuvchi yoʻlda sodir boʻlgan. Haydovchi B.T. boshqaruvidagi 'Mercedes-Benz' avtomobili qarshisidan kelayotgan haydovchi Q.S. boshqaruvidagi 'Labo' bilan toʻqnashgan.

YTH оqibatida 'Labo' ichida boʻlgan 2 nafar fuqaro voqea joyida halok boʻlgan.

Manbaga koʻra, hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (Odamlar oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
18
0
xs.uz

Prezident bir guruh oʻqituvchi va murabbiylarni mukofotladi

Prezident 'Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.'Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi' faxriy unvoni bilanAbduraxmanova Ozoda Dexkanboyevna - Quyi Chirchiq tumanidagi 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyatiAkramov Nabijon Kurbonovich - Marhamat tumanidagi 3-ixti

09 Oct 12:39
 
13
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyuradi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Prezident 7'8-oktyabr kunlari Moskvada boʻladi.Davlatimiz rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.

09 Oct 12:39
 
20
0
xs.uz

Ish haqi, eng kam ish haqi va BHM oshiriladi. 1-oktyabrdan Oʻzbekiston qonunchiligida yana nimalar oʻzgaradi?

Quyida joriy yilning 1-oktyabr kunidan Oʻzbekiston qonunchiligida qanday oʻzgarishlar kuchga kirishi haqida axborotga ega boʻlishingiz mumkin. Mazkur sharhini Norma.uz portali taqdim etdi.Ish haqi, eng kam ish haqi va BHM oshiriladiByudjet tashkilotlarida ishlaydigan tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha, umumtaʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, 'Muruvvat' internat uylari, Bolalar uylari va 'Mehribonlik' uylari, bolalar sanatoriy

25 Sep 13:14
 
16
0
xs.uz

Hayot uchun joy ajrating!

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Andijon viloyatida ana shu shior ostida ekoaksiya oʻtkazildi. Unda hududlarni chiqindilardan tozalash, obodonlashtirish, jamoatchilik orasida ekologik madaniyatni shakllantirish ishlari amalga oshirildi.' Shu bilan birga yoshlar orasida tabiatni asrash, avaylash mavzusidagi targʻibot tadbirlari ham boʻlib oʻtdi, ' deydi Andijon viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xodimi Lochinbek Isomiddinov. ' Qatnashchilarga atr