Prezident kasb-hunar taʼlimini takomillashtirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqdi

Bu haqda shu yil 5-fevral kuni ijtimoiy sohalar boʻyicha boʻlib oʻtgan vidoselektor yigʻilishida vazifa qoʻyilgan edi. Oʻtgan vaqt mobaynida tizimning samaradorligi tanqidiy oʻrganilib, qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Hozirgi kunda professional taʼlim tizimi uch turdagi muassasalar: 333 ta kasb-hunar maktabi, 227 ta texnikum va 112 ta kollejdan iborat. Ular tabaqalashganligi va dasturlari oʻrtasida uzviylik boʻlmagani sababli mavjud quvvatlardan unumli foydalanilmayapti.
Shu bois mazkur 3 turdagi muassasalar negizida texnikumlar tarmogʻini rivojlantirish taklif etilmoqda. Unga koʻra, 600 ta texnikum tashkil etiladi. Maqbullashtirish natijasida boʻshaydigan 71 ta muassasa binosi maktablarga aylantirilib, 42 mingta yangi oʻquvchi oʻrni yaratiladi.
Bundan tashqari, ilgari kollejlar turli vazirlik va idoralarga qarashli edi. Endi bu tizimda boshqaruv, tashkiliy va metodik jihatdan yagona davlat siyosati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yuritiladi.
Zamon talablariga tez moslashishi uchun texnikumlarning akademik mustaqilligini kengaytirish moʻljallanmoqda. Oʻqish muddatlari va davomiyligini kasb murakkabligi va oʻquvchining taʼlim darajasiga qarab belgilanishi koʻzda tutilmoqda.
Texnikumlarda taʼlim sifati va jozibadorligini oshirish maqsadida xalqaro taʼlim dasturlari yoʻlga qoʻyiladi. Dastlab, tajriba tariqasida, 14 ta texnikumda Angliyaning 'BTEC' dasturi joriy etiladi. Bitiruvchilarga 70 ta davlatda tan olinadigan diplom beriladi hamda 200 dan ortiq xorijiy universitetlarga kirish imkoni yaratiladi. Natijaga qarab, bu tajriba bosqichma-bosqich boshqa texnikumlarga ham tatbiq etilishi mumkin.
Qabul jarayonini ish beruvchilar talabi asosida shakllantirish ham muhim. Shu maqsadda elektron platforma yaratilib, unga barcha vazirlik va tarmoqlar ulanadi. Texnikumlarning taʼlim dasturlari sanoat tarmoqlari, tadbirkorlar birlashmalari, yirik ish beruvchilar va uyushmalar bilan kelishilganidan soʻng amaliyotga kiritiladi.
Taqdimotda Milliy malaka tizimini isloh qilish masalalari ham koʻrib chiqildi.
Soʻnggi yillarda bu borada muayyan ishlar qilindi. Lekin vazifalar undan-da koʻp. Mingdan ziyod ishchi kasblarning standartlari ishlab chiqilmagan. Ayrim kasblar boʻyicha kvalifikatsiyalar xalqaro talablarga mos kelmaydi.
Shu bois endi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish respublika kengashiga Bosh vazir raislik qiladi. Uning tarkibida 24 ta yangi tarmoq kengashlari tuziladi.
Shuningdek, Taʼlim sohasidagi loyihalar ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Institut rivojlangan davlatlar tajribasi asosida Milliy malaka ramkasini yangi tahrirda qabul qiladi. Lavozim va kasblar klassifikatori qayta koʻrib chiqiladi, 100 ga yaqin zamonaviy kasblar kiritilib, hozir amaliyotda boʻlmaganlari chiqarib tashlanadi.
Davlatimiz rahbari texnikumlarni jihozlar va ish qurollari bilan taʼminlash, zamon talablariga mos ishchi-mutaxassislar tayyorlash, buning uchun amaliyotga keng oʻrin berish yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi.
Toshkent viloyatida 2,8 milliard soʻmlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari musodara qilindi
Toshkent viloyatida dori savdosi bilan noqonuniy shugʻullangan shaxslar fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tumani boʻlimi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdorda noqonuniy dori vositalari musodara qilindi.Tadbir davomida fuqarolar A.A. va K.T. xorijda ishlab chiqarilgan 5 ming quti 'Neofagen' nomli dori vositasini fuqaro G.B.ga 45 ming AQSH dollariga noqonuniy sotishga uringan vaqtida ashyoviy dalill
Maqsad — Yaponiya tajribasi asosida ta’lim sifatini oshirish
Rasmiy manbalarga ko'ra ushbu tashrif vazirlik va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamkorligida amalga oshirilayotgan 'Ta'lim sifatini oshirish uchun dalillar asosida ta'lim siyosatini yuritish' loyihasi doirasida tashkil etilgan.Ma'lumot uchun, mazkur loyihadan ko'zlangan maqsad ' Yaponiya tajribasini o'rganish, o'zaro hamkorlik loyihalarini yo'lga qo'yish, xalqaro mezonlar asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish va ta'limda samaradorlikni oshirishdan iborat.Delegatsiya a'zolari uchras
Suv resurslarini tejash — bugungi kun talabi
Faxriddin BOZOROV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda global iqlim oʻzgarishi va resurs tanqisligi sharoitida sugʻorish tizimlarini modernizatsiya qilish va ilgʻor texnologiyalarni keng joriy etish orqali suv isrofgarchiligining oldini olish borasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu yoʻnalishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirish, xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, shuningdek, suv resurslaridan foydalanishda raqamli texnologiyalarni joriy etishga katta eʼtibor qara
Kiberkorrupsiyaga qarshi samarali kurashish boʻyicha mustahkam huquqiy baza yaratish zarurligi aytildi
Hozirgi texnologiyalar davrida korrupsiyaning yangi, raqamli koʻrinishlari paydo boʻlmoqda.Shu bois yangi oʻquv yilidan Ichki ishlar va Huquqni muhofaza qilish akademiyalarida bu yoʻnalishda mutaxassis tayyorlash boshlanadi.Lekin bunday turdagi jinoyatlarni aniqlash va oldini olishda faqatgina zamonaviy kadrlarni oʻzi yetarli emasligi qayd etildi.Xalqaro tajribani oʻrganib, kiberkorrupsiyaga qarshi samarali kurashish boʻyicha mustahkam huquqiy baza yaratish zarurligi taʼkidlandi.Mansabdo