calendar 26 Feb 17:04
eye 67
comments 0
comments Manba: xs.uz

Suv resurslarini tejash — bugungi kun talabi

image
Faxriddin BOZOROV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda global iqlim oʻzgarishi va resurs tanqisligi sharoitida sugʻorish tizimlarini modernizatsiya qilish va ilgʻor texnologiyalarni keng joriy etish orqali suv isrofgarchiligining oldini olish borasida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu yoʻnalishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirish, xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, shuningdek, suv resurslaridan foydalanishda raqamli texnologiyalarni joriy etishga katta eʼtibor qaratilmoqda.



Bugun Suv xoʻjaligi vazirligida suv taʼminoti va sanitariya tarmoqlararo ishchi guruhi aʼzolari, daxldor vazirlik va idoralar, Shveysariya elchixonasi hamda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida oʻtgan uchrashuvda bu haqda alohida taʼkidlab oʻtildi.

' Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan suvni tejash va undan oqilona foydalanish boʻyicha ilgari surilayotgan tashabbuslarni hayotga tatbiq etishga koʻmaklashish, bu borada ekspertlar bilan muloqotlar oʻtkazishdan iboratdir, ' deydi Shveysariyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi rahbari oʻrinbosari Andrin Fink. ' Xususan, anjumanda suv xoʻjaligi tizimini isloh qilish masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, nasoslar orqali sugʻoriladigan ekin maydonlari samaradorligini oshirish borasidagi ishlarga keng toʻxtalib oʻtildi.



Tarmoq ishchi guruhi aʼzolari yurtimizda suv resurslari, suv taʼminoti va kanalizatsiya sektorini barqaror rivojlantirish boʻyicha hukumat hamda xalqaro hamkorlar oʻrtasidagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirgan holda faoliyatni davom ettirishga kelishib oldilar.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
26
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

31 May 08:49
 
22
0
xs.uz

Ayrim shifokorlarning maoshi 20 foizga oshiriladi

Joriy yilning 19-may kuni 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Farmonga koʻra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda

31 May 08:49
 
32
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog'istonga keldi.Ostona xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Bugun O'zbekiston yetakchisi 'Markaziy Osiyo - Italiya' sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

31 May 08:49
 
39
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni Samarqandda daraxt ekdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni Kongress markazi xiyobonida birgalikda eman ekdilar.Marosim ikki mamlakat xalqlarining do'stligi, O'zbekiston-Italiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga bo'lgan qat'iy intilishining ramzi bo'ldi.Oliy martabali mehmon yurtimizga tashrifni Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qilish bilan davom ettirdi.Davlatimiz rahbari Samarqandga safarini yakunlab, Toshkentga