calendar 15 Jul 12:03
eye 142
comments 0
comments Manba: xs.uz

Fargʻonadagi Ekoshaharda yangi bogʻ barpo etildi

image
'Yangi Oʻzbekiston' turar-joy massivi 65 ming aholi yashashi uchun moʻljallangan. Massiv hududida 70 gektar hududda 'Yangi Oʻzbekiston' bogʻi tashkil etildi. Ekoshahardagi yangi amfiteatrda bogʻning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining Fargʻona ahliga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi.



' Tabrikda bogʻ hududida joylashgan Oʻzbekiston Qahramoni Lolaxon Murotova nomidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan kasb-hunar maktabida munosib vorislar tarbiyalanishiga ishonch bildirilgani quvontirdi, ' deydi Oltiariq tumanidagi 'Nurli obod' fermer xoʻjaligi rahbari Nurillo Neʼmatov. ' Bu borada fermer xoʻjaligimiz kasb-hunar maktabi bilan hamkorlikka tayyor.

Oʻzbek estradasi yulduzlari ishtirokidagi katta konsert dasturi, muhtasham va soʻlim xiyobonlar boʻylab sayr, bolajonlarning shodon kulgilari qalblarga surur bagʻishladi.



' Bogʻ hududidagi 4 ming tomoshabinga moʻljallangan amfiteatr Fargʻona vodiysi sanʼatkorlari uchun mahorat maktabiga aylanadi, ' deydi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Abdulhay Karimov. ' Bugun muazzam sahnada turib qoʻshiq kuylash asnosida tinch-osoyishta yurtga shodiyonalar yarashadi.

Bogʻ sayli butun Ekoshahar boʻylab davom etib, Fargʻona osmoni anvoyi mushaklar yogʻdusiga toʻldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:55
 
172
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Ostonaga amaliy tashrifini yakunladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga amaliy tashrifi yakunlandi.Aeroportda oliy martabali mehmonni Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.

18 Jun 21:55
 
22
0
xs.uz

Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, aholining koʻmakka muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Samarqand shahri, Urgut va Toyloq tumanlarida 'Parvarish xizmati' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bu yangi xizmatning koʻrsatilishi nafaqat bolalarning mu

15 Jun 20:14
 
96
0
xs.uz

Parkentda uch nafar bolaning suvda halok boʻlishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Toshkent viloyatining Parkent tumanida yuz bergan qaygʻuli holat ' uch nafar voyaga yetmagan bolaning suv havzasida choʻkib vafot etishi jamoatchilikda katta tashvish uygʻotdi. Mazkur voqea yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borildi va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ' axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi bu haqda rasmiy maʼlumot berdi.Tekshirish jarayonida maʼlum bo

18 Jun 21:55
 
21
0
xs.uz

Mikro GESlar: tabiiy, ekologik toza va tejamkor

Abdulaziz Yoʻldoshev/'Xalq soʻzi'. Yaqingacha turarjoy binolariga elektr va issiqlik quvvati faqat elektr stansiyalaridan yetkazib berilardi. Elektr energiyasining asosiy qismi gaz va koʻmir yoqish hisobiga olinardi. Bugungi kunda energiya tejovchi texnologiyalar oʻrnatilib, elektr energiyasi hamda tabiiy gazni tejashga erishilmoqda. Bu muqobil energiya turlari asosan ekologik toza manbalardan foydalangan holda energiya ishlab chiqarmoqda. Ular umumiy tarmoqqa ulanmasdan, har bir hudud va ma