calendar 15 Jul 12:03
eye 83
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonda ichimlik suvi uchun ijtimoiy norma joriy etiladimi?

image

O‘zbekistonda ichimlik suvi uchun ijtimoiy norma belgilash rejasi yo‘q. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Xurshid Rahmatullayev AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, suv bu — hayotiy ehtiyoj, uni cheklashga yoki qandaydir limit qo‘yishga hozircha hech qanday ehtiyoj mavjud emas.

“Bu mening mas’ul shaxs sifatidagi fikrim. Qozog‘istonda bo‘layotgan jarayonlarni biz ham kuzatib turibmiz, ammo buni tabaqalashtirilgan tizim, deyish biroz noto‘g‘ri”, deydi Rahmatullayev.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda suv hisoblagichlar bilan ta’minlanganlik darajasi 87 foizni tashkil etadi. 

“Agar 100 foizlik ta’minlanganlik darajasiga erishgan taqdirimizda ham suv zaxirasi va suvni tejash nuqtayi nazaridan yaqin kelajakda ichimlik suvi uchun ijtimoiy norma joriy etish rejalarimiz yo‘q”, deydi “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda joriy yilning 1 may kunidan elektr energiyasi va gaz uchun tariflar tabaqalashtirilgan tartibda o‘zgardi. Elektr energiyasi narxi iste’molchilarning I va II guruhlari uchun o‘zgarishsiz – 1 kVt/soat uchun mos ravishda 1000 so‘m va 900 so‘mdan qoldirildi. Iste’molchilarning III guruhi, shu jumladan, markazlashgan holda elektr plitalar bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste’molchilar uchun 1 oydagi iste’moldan kelib chiqib quyidagicha belgilandi:

•  oyiga 200 kVt/soatgacha – 225 so‘m;
•  oyiga 201 kVt/soatdan 1 000 kVt/soatgacha – 450 so‘m;
•  oyiga 1 001 kVt/soatdan 5 000 kVt/soatgacha – 675 so‘m;
•  oyiga 5 001 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha – 787,5 so‘m;
•  oyiga 10 000 kVt/soat va undan yuqori – 900 so‘m.

Qolgan maishiy iste’molchilar uchun esa bir oydagi iste’moldan kelib chiqib:

•  oyiga 200 kVt/soatgacha – 450 so‘m;
•  oyiga 201 kVt/soatdan 1 000 kVt/soatgacha – 900 so‘m;
•  oyiga 1 001 kVt/soatdan 5 000 kVt/soatgacha – 1 350 so‘m;
•  oyiga 5 001 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha – 1 575 so‘m;
•  oyiga 10 000 kVt/soat va undan yuqori – 1 800 so‘mdan etib belgilangan.

Iste’molchilarning IV guruhi uchun ham narxlar o‘zgarishsiz – 1 kVt/soat uchun 900 so‘mligicha qolgan.

Shuningdek, tabiiy gaz yetkazib berishda iste’molchilar uchun to‘lov miqdori o‘zgarishsiz – bir kubometr uchun 1 500 so‘mdan qoldi.

Yirik ulgurji iste’molchilar hamda byudjet tashkilotlari uchun ham tabiiy gaz narxi o‘zgarishsiz – bir kubometr uchun 1 800 so‘mligicha saqlandi.
Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga mavsumga qarab noyabrdan fevralgacha, isitish mavsumida aholiga yetkazib beriladigan tabiiy gazning bir kubometr narxi quyidagicha belgilandi:

•  500 kub metrgacha iste’mol uchun 380 so‘mdan 650 so‘mgacha;
•  500 dan 2500 kub metrgacha 1500 so‘mdan;
•  2 500 dan 5 ming kub metrgacha 1950 so‘mdan;
•  5 mingdan 10 ming kub metrgacha 2275 so‘mdan;
•  10 ming kub metrdan yuqori iste’mol uchun 2 600 so‘m.

Mart-oktyabr oylarida gaz iste’moli uchun tariflar quyidagicha belgilandi:

•  100 kub metrgacha – 650 so‘m;
•  101 kub metrdan 2500 kub metrgacha – 1500 so‘m;
•  2500 kub metrdan 5000 kub metrgacha – 1950 so‘m;
•  5 ming kub metrdan 10 ming kub metrgacha – 2275 so‘m;
•  10 ming kub metrdan va undan yuqori iste’mol uchun – 2600 so‘mdan bo‘ldi.

Shuningdek, aholi uchun suyultirilgan gaz tarifi 1 kgga 1120 so‘mdan 1600 so‘mga oshdi. 1 iyuldan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga yetkazib beriladigan gaz narxi 1500 so‘mdan 1800 so‘mga oshdi.

O‘ralova  Charos


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:55
 
174
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Ostonaga amaliy tashrifini yakunladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga amaliy tashrifi yakunlandi.Aeroportda oliy martabali mehmonni Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.

18 Jun 21:55
 
22
0
xs.uz

Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, aholining koʻmakka muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Samarqand shahri, Urgut va Toyloq tumanlarida 'Parvarish xizmati' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bu yangi xizmatning koʻrsatilishi nafaqat bolalarning mu

15 Jun 20:14
 
96
0
xs.uz

Parkentda uch nafar bolaning suvda halok boʻlishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Toshkent viloyatining Parkent tumanida yuz bergan qaygʻuli holat ' uch nafar voyaga yetmagan bolaning suv havzasida choʻkib vafot etishi jamoatchilikda katta tashvish uygʻotdi. Mazkur voqea yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borildi va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ' axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi bu haqda rasmiy maʼlumot berdi.Tekshirish jarayonida maʼlum bo

18 Jun 21:55
 
21
0
xs.uz

Mikro GESlar: tabiiy, ekologik toza va tejamkor

Abdulaziz Yoʻldoshev/'Xalq soʻzi'. Yaqingacha turarjoy binolariga elektr va issiqlik quvvati faqat elektr stansiyalaridan yetkazib berilardi. Elektr energiyasining asosiy qismi gaz va koʻmir yoqish hisobiga olinardi. Bugungi kunda energiya tejovchi texnologiyalar oʻrnatilib, elektr energiyasi hamda tabiiy gazni tejashga erishilmoqda. Bu muqobil energiya turlari asosan ekologik toza manbalardan foydalangan holda energiya ishlab chiqarmoqda. Ular umumiy tarmoqqa ulanmasdan, har bir hudud va ma