' Ijtimoiy tarmoqlar orqali maʼlumotlarni jamlab, Oʻzbekistonda dehqonchilik sohasida gidroponika tizimidan foydalanish afzalliklarini oʻrganish maqsadida keldim, ' deydi Ali Naim. ' Fargʻona mirishkorlarining dehqonchilik madaniyatiga qoyil qoldim. Oltiariq tumanida uzumchilik sohasi yutuqlari, Quvasoyda gidroponika usulida tashkil etilgan issiqxonalarda yilning toʻrt faslida daromad olinayotganiga havas qildim. Maktabimizda qishloq xoʻjaligi, xususan, gidroponik usulidan foydalanish boʻyicha kasbiy taʼlim dasturi ishga tushirilgan. Hozirda 200 nafardan ziyod ishtirokchilar gidroponika dehqonchiligi sir-sinoatini oʻrganmoqda.
Kolxufushi orolchasida qariyb 1500 nafar aholi istiqomat qiladi. Orolcha aholisining asosiy daromadi qishloq xoʻjaligi ekinlari, baliqchilik hamda turizm hisoblanadi. Zamonaviy mezonlar asosida endilikda tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Fargʻona davlat universiteti oʻqituvchi-talabalarining aynan, qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida olib borayotgan saʼy-harakatlari, ilmiy-amaliy tajribalari katta taassurot qoldirdi. Uchrashuvlar mobaynida bu borada hamkorlik qilish va birgalikda istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish boʻyicha kelishib olindi.
Akademik litsey bitiruvchilariga diplom topshirildi
Gʻayrat OTAJONOV/'Xalq soʻzi'. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti akademik litseyi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi oʻtkazildi. Tantanali tadbirda universitet rektori, akademik A.Reymov litseyni muvaffaqiyatli tamomlagan barcha bitiruvchilarni, ularning ota-onalari va ustozlarini tabrikladi, yurtimizda yoshlarning taʼlim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga toʻxtalib oʻtdi.Bugun ushbu taʼlim dargohini bitirib chiqayotgan yoshlar kelajakda Vatanimiz taraqqiyotiga m
Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov 74 yoshida vafot etdi
Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov 6-iyun kuni 74 yoshida vafot etdi. Bu haqida Shofirkon tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.Azim Latipov 1951-yil 6-iyun Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tugʻilgan. Mehnat faoliyatini 1971-yilda chorvachilik mexanigi sifatida jamoa xoʻjaligida boshlagan, paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik sohalarda faoliyat yuritgan.'Azim Shofirkon yulduzi' fermer xoʻjaligi rahbari A. Latipov mamlakatimizda fermerlik harakatini rivojlantirishda faolligini
Har mavsumda shu boʻlar takror...
Yaqinda 'Xalq soʻzi' gazetasida eʼlon qilingan 'Oyoq ostidagi neʼmat' maqolasini oʻqib, bir tarafdan suyungan boʻlsam, boshqa tomondan eski dardim yangilanib, kuyindim. Shu bois, avvalo, gazeta jamoasi hamda muallifga ushbu mavzuni koʻtarib, jamoatchilik eʼtiborini isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, uvolning oldini olish masalasiga qaratgani uchun rahmat aytaman. Kuyinganimning boisi shuki, maqolada aytilganidek yoʻl, yoʻlak chetlarida ekilgan tut borki, hosili oyoqosti boʻladi. Va ha
Toshkentdagi futbol musobaqasida ommaviy janjal yuz berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda futbol musobaqasi doirasida raqib jamoalar oʻzaro janjallashib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 28-may kuni taxminan soat 21:00 larda Shayxontohur tumani 'Jar' oʻyingohida 'LikeCup' loyihasi doirasida sanʼatkorlar va blogerlar oʻrtasida futbol boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Oʻyin yakunlanganidan soʻng 21 yoshli O.Oʻ. ijtimoiy tarmo