“Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish boʻyicha Prezident qarori imzolandi

Qarorga koʻra, Fargʻona viloyatida import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish maqsadida, Quvasoy shahri hokimligi zaxirasidagi jami 210,4 gektar yer uchastkalari hisobiga 'Qoʻqon' erkin iqtisodiy zonasi ('Qoʻqon' EIZ) hududi kengaytiriladi.
Qayd etilishicha, 'Qoʻqon' EIZning kengaytirilayotgan hududining bosh rejasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Bunda 'Qoʻqon' erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi'unitar korxonasi bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilanadi. Bosh reja loyihasini ishlab chiqish boʻyicha loyiha tashkiloti tender (tanlov) savdolari natijasiga koʻra aniqlanadi.
Shuningdek, 2026-yil oxirigacha 'Qoʻqon' EIZning kengaytirilayotgan hududida kamida 1 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiyalar oʻzlashtirilishi, 11,7 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilishi, yiliga 965 million AQSH dollari miqdorida qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarishi, shundan 313,6 million dollarini eksportga yoʻnaltirish boʻyicha quvvatlar ishga tushirilishi taʼminlanadi.
Avvalroq Prezident byudjet mablagʻlaridan foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha taqdimot bilan tanishgandi.
Shavkat Mirziyoyev Ostonaga amaliy tashrifini yakunladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga amaliy tashrifi yakunlandi.Aeroportda oliy martabali mehmonni Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.
Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, aholining koʻmakka muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Samarqand shahri, Urgut va Toyloq tumanlarida 'Parvarish xizmati' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bu yangi xizmatning koʻrsatilishi nafaqat bolalarning mu
Parkentda uch nafar bolaning suvda halok boʻlishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Toshkent viloyatining Parkent tumanida yuz bergan qaygʻuli holat ' uch nafar voyaga yetmagan bolaning suv havzasida choʻkib vafot etishi jamoatchilikda katta tashvish uygʻotdi. Mazkur voqea yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borildi va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ' axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi bu haqda rasmiy maʼlumot berdi.Tekshirish jarayonida maʼlum bo
Mikro GESlar: tabiiy, ekologik toza va tejamkor
Abdulaziz Yoʻldoshev/'Xalq soʻzi'. Yaqingacha turarjoy binolariga elektr va issiqlik quvvati faqat elektr stansiyalaridan yetkazib berilardi. Elektr energiyasining asosiy qismi gaz va koʻmir yoqish hisobiga olinardi. Bugungi kunda energiya tejovchi texnologiyalar oʻrnatilib, elektr energiyasi hamda tabiiy gazni tejashga erishilmoqda. Bu muqobil energiya turlari asosan ekologik toza manbalardan foydalangan holda energiya ishlab chiqarmoqda. Ular umumiy tarmoqqa ulanmasdan, har bir hudud va ma