calendar 06 Jul 12:34
eye 106
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mirziyoyev Pezeshkiyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyanni Eron Islom Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida ikki davlat o‘rtasida ko‘p qirrali va uzoq muddatli sheriklik barcha ustuvor yo‘nalishlarda yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirgan.

“Biz katta salohiyat va imkoniyatga ega bo‘lgan, so‘nggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan davlatingiz bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni bundan buyon ham izchil va samarali kengaytirishdan manfaatdormiz”, deyiladi maktubda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 iyul kuni Eronda prezidentlik saylovining ikkinchi turi bo‘lib o‘tgan va unda reformator Mas’ud Pezeshkiyan va konservator Said Jaliliy bellashgandi. Bugun, 6 iyul kuni e’lon qilingan natijalarga ko‘ra, Pezeshkiyan 53,6 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Jaliliy esa 44,3 foiz ovoz oldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
15
0
xs.uz

“Portlash emas, sizib chiqish”: Qoʻqonda nima gaplar?

Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida joylashgan 'Indorama Kokand Fertilizers html5-dom-document-internal-entity1-amp-end Chemicals' zavodida yuzaga kelgan holat boʻyicha rasmiy izoh berildi. Ijtimoiy tarmoqlarda zavodda portlash yuz bergani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mazkur xabarlarga aniqlik kiritilar ekan, voqea portlash emas, balki suyuq ammiak moddasi sizib chiqishi bilan bogʻliq ekani maʼlum qilindi.Zavod maʼmuriyati tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, suyuq ammiak mo

04 Apr 16:19
 
57
0
xs.uz

“Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi“ birinchi sammitidan fotoreportaj

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan uchrashuv o'tkazdi.O'zbekiston Prezidenti va YTTB rahbari strategik sheriklikning ustuvor yo'nalishlarini muhokama qildilar.O'zbekiston va YeI yetakchilari iqtisodiy hamkorlikni tubdan kengaytirish muhimligini qayd etdilar.Samarqanddagi 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' sammitining birinchi kuni uchrashuvlarga boy va sermahsul bo'ldi.Foto: Xasan Paydoyev / 'Xalq so'zi'

16 Apr 15:12
 
54
0
xs.uz

Bobur shahrida rassomlar festivali oʻtkaziladi

Xabaringiz bor, kecha, 15-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Andijon shahrini Bobur shahri deb nomlash boʻyicha katta tashabbusini'ilgari surdi.Davlat rahbari raisligida bugun, boʻlib oʻtayotgan yigʻilishda Bobur bobomiz siymosini abadiylashtirish maqsadida ulugʻ ajdodimiz va uning avlodlari bunyod qilgan tarixiy obidalarning kichiklashtirilgan nusxalaridan iborat tematik park barpo etilishi qayd etildi.Shuningdek, Prezident har yili Bobur shahrida rassomlar festivalini oʻtkazis

04 Apr 16:18
 
55
0
xs.uz

Toshkentda beton toʻsiqqa urilgan BYD yonib ketdi

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 3-aprel kuni soat 23:45 larda Yunusobod tumani TXAY koʻchasida yuz bergan. BYD rusumli transport vositasini boshqarib kelayotgan haydovchi rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻlni ajratib turuvchi beton toʻsiqqa urilgan, toʻqnashuv oqibatida transport vositasida yongʻin kelib chiqqan.YHXBga koʻra, alanga tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa tufayli jarohat olgan haydovchiga shifokorlar tomonidan tibbiy yordam koʻrsatilgan.'Mazkur hodisa yuzasida