calendar 05 Jul 15:40
eye 94
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Xorazmda 1,2 mlrd so‘mga noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi 

image

Samarqand va Xorazm viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar natijasida yer resurslarini noqonuniy ravishda sotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, 21 iyun kuni Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati viloyat prokuraturasi va Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida 1997 yilda tug‘ilgan shaxs 1988 yilda tug‘ilgan fuqarodan Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasiga qarashli 10 yilga ijaraga foydalanish uchun berilgan 1 gektar yer maydonini 37 ming AQSH dollariga sotishini va hujjatlarini uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, firibgarlik yo‘li bilan oldindan 10 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

O‘tkazilgan surishtiruv tadbirlari davomida, u mazkur yerni 2023 yilning aprel oyida 1980 yilda tug‘ilgan Samarqand tumanida yashovchi shaxsdan 20 ming AQSH dollari evaziga sotib olganligi aniqlangan.

Shuningdek, Xorazm viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan Qo‘shko‘pir tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1974 yilda tug‘ilgan Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi shaxs 1992 yilda tug‘ilgan fuqaroga Qo‘shko‘pir tumani “Yovg‘ir” mahallasida joylashgan 50 sotix yer maydonini turar joyqurish uchun 1 mlrd 270 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ta’kidlanishicha, holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Andijon viloyati Bo‘ston tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘zining nomida bo‘lgan va chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalik tasarrufidagi 10 gektar yer maydonini eksportbop mahsulotlar yetishtiriluvchi yer toifasiga o‘zgartirib, shuningdek, bu haqida tuman hokimining ekin maydonlarini joylashtirish to‘g‘risidagi qarorini chiqartirib, uni kavrak o‘simligi yetishtirmoqchi bo‘lgan tadbirkorga 3 yilga foydalanishga berish evaziga 20 ming AQSH dollari talab qilgani aniqlangandi. U oldindan 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
280
0
xs.uz

Oʻzbekistondagi barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgartiriladi

Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgarishi belgilandi. Prezident buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.Qayd etilishicha, bu oliygohga Yangi Oʻzbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. 'Top' xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar oʻrnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim boʻyicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika

12 Apr 21:14
 
46
0
xs.uz

Oʻzbekistonda aholi soni har kuni oʻrtacha qancha kishiga oshayotgani maʼlum boʻldi

Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni oʻrtacha 1,7 ming kishiga koʻpaymoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.Maʼlumotlarga koʻra, 2025-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi soni 37,7 million kishini tashkil etmoqda.Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 foizga oshgan.Oʻzbekiston aholisi 2025-yilning har bir oyida oʻrtacha 51,5 ming kishiga oshgan. Mamlakatimiz aholisi 2025-yilning

17 May 21:46
 
25
0
xs.uz

“Muammolarni “Tashabbusli byudjet” orqali hal qilyapmiz”

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Keyingi paytda aholi oʻrtasida 'Tashabbusli byudjet' loyihasiga qiziqish ortib bormoqda. Har bir hudud aholisi ushbu platformada loyihasi yetarli ovoz olishi uchun faol ishtirok etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan 'Tashabbusli byudjet' loyihasi mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish, moliyaviy imkoniyatlarni muhim masalalarga yoʻnaltirish va byudjet sarfining shaffofligini taʼminlashda muhim oʻrin tutmoqda. Oʻz nav

18 Apr 11:07
 
40
0
xs.uz

Matematika olimpiadasida terma jamoamiz a’zolari 3 ta  medalni qo‘lga kiritdi

Olimpiadada 55 ta davlatdan 300 nafarga yaqin o'quvchi qizlar ishtirok etdi.Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xabariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi qizlari ushbu olimpiadada ishtirok etib, 3 ta medalni qo'lga kiritdi.Jumladan, Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o'quvchisi Dildora Mahkamova ' kumush,Nukus shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o'quvchisi Malika Xojamuratova bronza,Buxoro viloyati, Qorako'l tumani ixtisoslashtirilgan m