calendar 12 Apr 21:14
eye 61
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekistonda aholi soni har kuni oʻrtacha qancha kishiga oshayotgani maʼlum boʻldi

image
Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni oʻrtacha 1,7 ming kishiga koʻpaymoqda. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 2025-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi soni 37,7 million kishini tashkil etmoqda.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 foizga oshgan.

Oʻzbekiston aholisi 2025-yilning har bir oyida oʻrtacha 51,5 ming kishiga oshgan. Mamlakatimiz aholisi 2025-yilning boshidan buyon 154,6 ming nafarga koʻpaygan.



'Joriy yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,7 ming kishiga koʻpaymoqda', ' deyiladi agentlik xabarida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
63
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuv avvalida yuksak martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yanada kengaytirish va mustahkamlash masalala

17 May 21:46
 
55
0
xs.uz

Bundan buyon tuman MMTB rahbarlari sohaga bogʻliq boʻlmagan yigʻilishlarga jalb qilinmaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun 900 ga yaqin teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonchalari, 200 ta oromgoh, 2 mingdan ortiq turizm obyektlari imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish zarurligi taʼkidlandi.Mutasaddilarga joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari oʻtkazish, madaniyat va istirohat bogʻlarida sanʼat ko

13 May 14:37
 
53
0
xs.uz

Qashqadaryoda bolalar uchun qulay va xavfsiz dam olish sharoiti yaratiladi

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Qashqadaryo viloyati hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishda hududdagi bolalar oromgohlarini 2025-yil yozgi mavsumiga tayyorlash, ularda bolalarning xavfsiz va mazmunli dam olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.' Joriy yilda Kitob, Shahrisabz, Yakkabogʻ tumanlari hamda Shahrisabz shahridagi tabiat manzarali hududlarda joylashgan 17 ta statsionar bolalar oromgohida 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan 23 ming nafardan ortiq bolani da

08 Jun 02:26
 
32
0
xs.uz

FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi

Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi.'Janobi Oliylari,Hurmatli Prezident!Kecha Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi boʻlib JCH-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun Oʻzbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz