calendar 29 Jun 18:34
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Dog‘istondagi Nurmagomedov sport maktabida tintuv o‘tkazildi

image

Kecha, 28 iyun kuni Dog‘istondagi Abdulmanap Nurmagomedov nomidagi aralash yakkakurash sport klubida Maxachqal’a va Darbandda sodir etilgan teraktlarga aloqador ish bo‘yicha tintuv o‘tkazildi. Bu haqda huquq-tartibot idoralariga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

“Yo‘q qilingan jangarilardan biri avval ushbu klubda shug‘ullangan”, deydi agentlik manbasi. 

TASS manbasining xabar berishicha, Maxachqal’adagi jang san’atlari maktabida “tezkor qidiruv tadbirlari” o‘tkazilmoqda. Hibsga olinganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

“Shot”ga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari Dog‘istondagi teraktlar ishtirokchisi Gadjimurod Kagirov bilan yaqin aloqada bo‘lgan va yaqin orada so‘roqqa tutilishi mumkin bo‘lgan uch nafar maktab jangchisini aniqlagan. Kanal manbasiga ko‘ra, maktab bosh murabbiyi va boshqa sportchilar bilan allaqachon suhbatlashilgan, ularning hujjatlari tekshirilgan.

“Xavfsizlik kuchlari Nurmagomedov klubini ketma-ket ikkinchi kun tekshirmoqda”, deb yozadi “Mash”. 

Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, bir kun oldin ular mashg‘ulotlarni tark etayotgan sportchilarning hujjatlari va telefon raqamlarini tekshirib, teraktdan oldin Kagirov bilan kim muloqot qilganini so‘ragan. Shuningdek, politsiya yaqin atrofdagi korxonalar va sport zallarini o‘rab oldi.

Eslatib o‘tamiz,  23 iyun kuni Dog‘iston Respublikasining Darband va Maxachqal’a shaharlarida noma’lum shaxslar ikkita pravoslav cherkovi, ikkita sinagoga va yo‘l politsiyasi postiga hujum qilgandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 15 nafar huquq-tartibot xodimi, shuningdek, 4 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan.  

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:38
 
22
0
xs.uz

“Xiaomi”ning “SU7 Ultra” elektromobili noroziliklarga sabab boʻldi

'Xiaomi' kompaniyasining 'SU7 Ultra' mashinalari ustidan bir nechta mijozlar shikoyat qilishgan. Bu haqda 'CarNewsChina' nashri xabar qildi.Norozilikka eʼlonlarda funksionalligi aytilgan karbon tolali mashina kapotining faqat dekoratsiya vazifasini bajarayotgani sabab boʻlgan.7-may kunida esa kompaniya oʻzining marketing xabarlaridagi chalkashlikni tan olib, uzr soʻradi. 'Xiaomi' uglerod tolali kapot birinchi navbatda avtomobil koʻrinishida oʻzgarish yasash va qisman havo oqimi yoʻnalishi

21 Apr 08:34
 
803
0
xs.uz

Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida soʻnggi 48 soat ichida 92 nafar falastinlik halok boʻldi

Isroilning soʻnggi 48 soat ichida Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 92 kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Kecha, 18-aprel kuni Isroil harbiy kuchlarining Gʻazo hududlariga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 58 nafar falastinlik halok boʻlgan, oʻnlab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Isroilning Gʻazoni bombardimon qilishi tufayli halok boʻlayotgan falastinliklar soni kundan kunga ortib bo

17 May 21:47
 
285
0
xs.uz

Putin Istanbulga kelmaydi. Muzokaralar haqida nima maʼlum?

Bugun, 15-may kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida 2022-yildan buyon ilk marta toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Istanbuldagi muzokaralarda ishtirok etishini rad etdi. Rossiya prezidenti tomonidan tasdiqlangan delegatsiyaga uning yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qiladi.Muzokaralar Turkiya iltimosiga koʻra kunning ikkinchi yarmiga qoldirilgan. Avvaliga Vladimir Zelenskiy Anqarada Rejep T

18 Apr 11:08
 
79
0
xs.uz

Rossiyadagi koʻp qavatli uylardan biridagi kvartirada toʻrt nafar oʻzbekistonlik jonsiz holatda topildi

Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin koʻchasidagi koʻp qavatli uyda 4 nafar oʻzbekistonlik fuqaro jonsiz holatda topilgan.Maʼlumotlarga koʻra, ularning oʻlimida jinoyat alomatlari aniqlamagan va taxminan 11-13-aprel oraligʻida vafot etishgan. Oʻlimga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Fuqarolar xonadonni salkam bir oy avval ijaraga olgan. Ular Kaliningradga Oʻzbekistondan ishlash uchun borgan.Qoʻshnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan