calendar 28 Jun 18:54
eye 88
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Kam quvvatli AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik fikri tinglanadi – “O‘zatom” vakili

image

O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi (KQAES) qurilishi bo‘yicha mahalliy jamoatchilik eshituvlari o‘tkaziladi. Bu haqda Atom energiyasi agentligi (“O‘zatom”) direktori maslahatchisi Qosim To‘xtaxunov Markaziy Osiyoda atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha “Ostona – Moskva – Toshkent” videoko‘prigi chog‘ida so‘z ochdi.

“Referendum masalasiga kelsak... Konstitutsiyamizga ko‘ra, bu masalalar bo‘yicha referendum o‘tkazishga hojat yo‘q, lekin biz tabiiy ravishda joylarda jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazamiz”, deydi u.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston jahon mehnat taqsimotining xomashyo qo‘shimchasi bo‘lib qolish niyatida emas, qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar yetkazib berish uchun mahalliy xomashyoni qayta ishlash rejalashtirilmoqda.

“Nega uranni qayta ishlash va qo‘shimcha mahsulotlar olish kerak emas? Prezidentimiz oldimizga ana shu vazifani qo‘ydi. Shu bois atom energetikasi masalasi biz uchun o‘zini oqladi va O‘zbekiston atom energetikasini – nafaqat yirik, balki kichik modulli (atom elektr stansiyalari)ni ham ishonch bilan rivojlantiradi, deb ishonamiz”,  deydi Qosim To‘xtaxunov.

“O‘zatom” rahbari maslahatchisi bugungi kunda O‘zbekiston uchun kichik modulli reaktorlar maqbulroq ekanini ta’kidladi.

“Ular ancha moslashuvchan, ish rejimi 120 foizni tashkil qiladi. Biz qayta tiklanadigan energiya, quyosh energiyasini juda kuchli, keng joriy etayotganimizni hisobga olsak, hisob-kitoblarimiz shuni ko‘rsatadiki, kichik modullar energiya tizimining ishlash rejimiga juda muvaffaqiyatli, juda uyg‘un kirishi mumkin”, deydi To‘xtaxunov.

“O‘zatom” rahbari maslahatchisi “Rosatom”ning bosh pudratchi sifatida tanlanishini “sof pragmatik yondashuv” deb atadi. 

“Biz tahlil qildik: dunyoda nima sodir bo‘lmoqda, qanday kompaniyalar ishlayapti, ular qanday ishlaydi. Va, tabiiyki, bizning tanlovimiz “Rosatom” foydasiga. Bu yerda sof texnik, sof pragmatik yondashuv bor”, deb qo‘shimcha qildi “O‘zatom” vakili. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya Jizzaxda kam quvvatli AES qurilishi boshlanishi haqida protokol imzolangandi. Qozog‘istonda esa 2024 yilning kuzida atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tadi. 

 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:11
 
49
0
xs.uz

Fargʻonadagi metan “zapravka”da “Matiz” portladi (+video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻonadagi metan 'zapravka'da 'Matiz' portlagani haqidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.Bildirilishicha, bugun, 15-aprel kuni soat 12:20 da Margʻilon shahar 'Sholdirama' MFY 'Alisher Navoiy' koʻchasida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida 'Matiz' avtomobiliga oʻrnatilgan propan gaz balloni ichiga metan gazi toʻldirish paytida portlash sodir boʻlgan.FVV maʼlumotlariga

12 Apr 21:15
 
43
0
xs.uz

Mintaqa kasaba uyushmalari harakati va hamkorligida muhim platforma

Qirg'iz Respublikasi poytaxti ' Bishkek shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashining VII yig'ilishi bo'lib o'tdi.Mintaqa kasaba uyushmalari harakati va hamkorligida muhim o'ringa ega mazkur nufuzli anjumanda milliy kasaba uyushma tashkilotlari, davlat organlari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.Yig'ilishda Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashi bosh kotibi Murodil Jumadilde uulu, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla R

15 Apr 07:05
 
60
0
xs.uz

Serjantlar “Vatanga qasamyod” qilishdi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Bojxona qo'mitasi Raisi o'rinbosari O.Choriyev, O'zbekiston bojxona xizmati faxriylari, Bojxona organlari huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari, tegishli mas'ullar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.Tadbirda so'zga chiqqanlar tomonidan hozirgi kunda bojxona organlariga bilimli va malakali kadrlarni jalb etish, ularning kasbiy mahoratlarini muntazam oshirib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjudligi, yosh xodimlar esa bunga ja

16 Apr 15:12
 
39
0
xs.uz

Keksalar uchun uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida 'Keksalar reyestri'da turuvchi shaxslarga uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markaziga biriktirilgan, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha '0' balldan '62' ballgacha baholangan 5 nafar shaxs ushbu xizmat turidan foydalanmoqda.'Keksalar reyestri', keksalar uchun uyda t