calendar 18 Jun 20:10
eye 47
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Dunyo bo‘ylab musulmonlar Qurbon hayitini qanday nishonladi?

image

Dunyoda 1,9 milliard odam yoki Yer sayyorasi aholisining 24,1 foizi Islom diniga e’tiqod qiladi. 49 ta mamlakat aholisining katta qismini musulmonlar tashkil etadi. 17 iyun kuni Islomning eng muqaddas bayramlaridan biri – Qurbon hayiti musulmonlar tomonidan dunyo bo‘ylab keng tarzda nishonlandi. “Reuters” agentligi dunyoning turli nuqtalarida nishonlanayotgan hayit bayrami fotosuratlarini e’lon qildi. 

REUTERS/Akhtar Soomro

[1/18] Pokistonning Karachi shahrida qurbonlikni so‘yishdan oldin u bilan xayrlashilmoqda, 17 iyun. (KARACHI, POKISTON)

REUTERS/Mohammed Salem

[2/18] Falastinliklar G‘azo sektori janubidagi Xon Yunusda, Isroil havo hujumlari natijasida vayron bo‘lgan Al-Rahma masjidi vayronalari yonida Qurbon hayiti namozini o‘qimoqda, 16 iyun. (XON YUNUS, FALASTIN)

REUTERS /Luc Gnago

[3/16] Qo‘liga xina qo‘ygan musulmon qiz, Kot-d'Ivuar (G‘arbiy Afrika), Abidjan tumanidagi Treyxvil Avenyu 8-dagi Katta masjidda hayit namoziga borishni kutmoqda, 16 iyun. (ABIDJAN, KOT-D'IVUAR)

REUTERS/Monicah Mwangi

[4/19] Bolalar Nayrobidagi Sir Ali musulmonlar jamiyati maydonida namozdan keyin bayramni nishonlashmoqda,16 iyun. (NAYROBI, KENIYA)

REUTERS/Willy Kurniawan

[5/18] Indoneziyalik ayollar Qurbon hayiti bayramida ertalabki namozda qatnashmoqda, 17 iyun. (JAKARTA, INDONEZIYA)

REUTERS/Feisal Omar

[6/18] Somalilik musulmon erkak qurbonlik qilinadigan hayvonning orqasidan yugurmoqda, 17 iyun. (MOGADISHU, SOMALI)

REUTERS/Amit Dave

[7/18] Musulmonlar Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan masjidda namoz o‘qishmoqda, 17 iyun. (AHMADOBOD, HINDISTON)

REUTERS/Pavel Mikheyev

[8/18] Qozog‘istonning Olmaota shahrida Qurbon hayiti bayramiga bag‘ishlangan musobaqada erkak qo‘y ko‘tarib ketyapti, 16 iyun. (OLMAOTA, QOZOG‘ISTON)

REUTERS/Willy Kurniawan

[9/18] Indoneziyalik musulmonlar Qurbon hayitini nishonlash vaqtida, 17 iyun. (JAKARTA, INDONEZIYA)

REUTERS/Hasnoor Hussain

[10/18] Musulmonlar Qurbon hayiti bayramida, 17 iyun. (KUALA LUMPUR, MALAYZIYA)

REUTERS/Ahmed Saad

[11/18] Iroq aholisi Bag‘dodda Qurbon hayiti nishonlanayotgan istirohat bog‘ida sayr qilishmoqda, 16 iyun. (BAG‘DOD, IROQ)

 REUTERS/Thomas Mukoya

[12/18] Nayrobidagi Huruma Jamiya masjidida o‘qilayotgan namoz va uni suratga tushirayotgan bolakay, 16 iyun. (NAYROBI, KENIYA)

 REUTERS/Thomas Mukoya

[13/18] Nayrobidagi Huruma Jamiya masjidida Qurbon hayiti munosabati bilan namozga qatnashayotgan qizaloq, 16 iyun. (NAYROBI, KENIYA)

REUTERS/Mohamed Abd El Ghany

[14/18] Odamlar Qohiraning Al-Siddiq masjidi tashqarisidagi jamoat bog‘ida Qurbon hayiti namozidan so‘ng uchirilgan sharlarni tutmoqchi bo‘lishdi, 16 iyun. (QOHIRA, MISR)

REUTERS/Monicah Mwangi

[15/18] Qurbon hayiti munosabati bilan Nayrobidagi Sir Ali maydonida namoz o‘qiyotgan bola, 16 iyun. (NAYROBI, KENIYA)

REUTERS/Mohammed Salem

[16/18] Falastinliklar G‘azo sektori janubidagi Xon Yunusda, Isroil havo hujumlari natijasida vayron bo‘lgan Al-Rahma masjidi vayronalari yonida Qurbon hayiti namozini o‘qimoqda, 16 iyun. (XON YUNUS, FALASTIN)

REUTERS/Mohammad Ponir Hossain

[17/18] Musulmonlar Dakkadagi Qurbon hayiti namozida qatnashish uchun Baytul-Mukarram milliy masjidiga kelishdi, 17 iyun. (DAKKA, BANGLADESH)

Antara Foto/Syifa Yulinnas/ via REUTERS

[18/18] Indoneziyalik musulmonlar Meulaboh shahridagi Qurbon hayitini nishonlash paytida Baytul Makmur masjidida ommaviy namoz o‘qishmoqda, 17 iyun. (MEULABO, INDONEZIYA)


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 12:42
 
96
0
qalampir.uz

Tojikistonda go‘sht narxi qimmatladi

Tojikiston aholisining mol va qo‘y go‘shtiga ehtiyoji go‘sht narxining yuqorilashiga sabab bo‘ldi. Bu haqda respublika qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Nigora Anvariy ma’lum qildi. Qayd etilishicha, vazir o‘rinbosari shu xususida matbuot anjumani o‘tkazib, go‘sht narxi mamlakatda qimmatlagani sababini tushuntirgan. “Hozir biz aholini 99,9 foiz go‘sht bilan ta’minlayapmiz, lekin uning narxi tushmayotganining sababi bozor talabining oshishi va xorijdan ozu

24 Aug 17:27
 
12
0
xs.uz

Kurskdagi Rossiyaning muvaffaqiyatsizliklarda asosiy aybdor kim?

Rossiyaning yuqori martabali generali, general-polkovnik Aleksandr Lapin Rossiyaning Kurskdagi muvaffaqiyatsizligiga asosiy aybdor sifatida koʻrilmoqda. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar bergan.Maʼlum boʻlishicha, Lapin avval ham urush harakatlariga munosabati uchun tanqidga uchragan edi. Hozirda esa rus harbiylari orasida general-polkovnik Aleksandr Lapinning kelajakdagi taqdiri muhokamalar markazida boʻlib turibdi.Qayd etish kerakki, 2022-yilgi 'Liman chekinishi'dagi roli uchun tanqid qilin

26 Jul 10:19
 
34
0
qalampir.uz

Ukraina o‘z raketalarini yaratishga yaqinlashmoqda – Zelenskiy

 Ukraina uzoq masofali raketalarini yaratish va ishlab chiqarishda muvaffaqiyatga erishmoqda. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi. "Raketa dasturimiz yaxshi dinamikaga ega. Bu qiyin vazifa bo‘lsa-da, asta-sekin o‘z raketalarimizdan foydalanish qobiliyatiga yaqinlashmoqdamiz", deydi Vladimir Zelenskiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hamkorlardan yordam olish bilan bir qatorda, “barcha vositalar va bor kuchi bilan Rossiya qo‘shin

26 Jul 10:19
 
47
0
qalampir.uz

Rossiyada YouTube tezligi 70 foizga sekinlashishi mumkin

Rossiyada YouTube videoxostingining yuklanish tezligi 40 foizga, keyingi hafta oxiriga kelib esa 70 foizga tushishi mumkin. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasining Axborot siyosati qo‘mitasi rahbari, deputat Aleksandr Xinshteyn o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Deputatning yozishicha, mamlakat rasmiylari platformaning ishlash tezligini sun’iy ravishda sekinlashtira boshlagan. “Yaqin kunlarda YouTube'ning kompyuterlarda foydalanganda yuklab olish tezligi 40 foizga, key