Xitoy hukumati aholi oʻrtasida oʻrganish oʻtkazadi

Aniqlik kiritilishicha, oʻrganish 10-oktyabrdan 30-noyabrgacha boʻlib oʻtadi.
Hukumat yoshi, millati, taʼlim darajasi, ichki migratsiya holati, yashash joyi, oilaviy ahvoli, bandligi, bolalari borligi va boshqa koʻrsatkichlarni oʻrganish niyatida.
Qayd etilishicha, soʻnggi yillarda Xitoyda aholining qarishi va tugʻilish darajasining pasayishi tendensiyasi shakllangan. Rasmiy prognozlarga koʻra, 2035-yilga borib Xitoyda 60 yoshdan oshgan fuqarolar ulushi 30 foizdan oshadi.
Avvalroq, Xitoy Xalq Respublikasi parlamenti vazifasini bajaruvchi Butunxitoy xalq vakillari kengashi 1950-yillardan beri birinchi boʻlib pensiya yoshini oshirishni maʼqullagan edi.
Nodirjon Turgʻunov Oʻzbekistonning Iordaniyadagi elchisi etib tayinlandi
Oʻzbekistonning Iordaniyaga yangi tayinlangan elchisi Nodirjon Turgʻunov ushbu mamlakat TIVga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' axborot agentligi.Maʼlum qilinishicha, kecha, 28-may kuni Nodirjon Turgʻunov Iordaniya Tashqi ishlar va xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash vazirligi bosh kotibi Majid al-Qatarna bilan uchrashgan. Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Iordaniya munosabatlarini jadallashtirish, shuningdek, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tashk
Isroil Gʻazodagi shifoxonani bombardimon qildi, uch nafar jurnalist halok boʻlgan
Isroil Gʻazo shahridagi 'Al-Ahli' kasalxonasiga uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida hujum uyushtirdi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Bildirilishicha, Isroilning 'Al-Ahli' kasalxonasiga bergan zarbalari oqibatida 'Palestine Today' nashrining ikki nafar jurnalisti Ismoil Bada hamda Sulaymon Xoja voqea joyida halok boʻlgan.'Al Jazeera' nashri halok boʻlgan jurnalistlar haqidagi batafsil maʼlumotlar va hujum tafsilotlari haqida qoʻshimcha maʼlumot berilishini maʼlum qilgan.Shunin
Ukraina Ottava shartnomasidan chiqmoqda
Ukraina piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash toʻgʻrisidagi konvensiyadan chiqish niyatida.Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainaning Ottava shartnomasidan chiqish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Ushbu shartnoma piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash toʻgʻrisidagi bitim hisoblanadi.Ottava konvensiyasi 1999-yildan beri BMT shafeligida ishlaydi. U ishtirokchi mamlakatlarga piyodalarga qarshi minalar zaxiralarini saqlashni, ulardan foydalanishni va boshqa mamlakatlarga oʻtkazishni t
Tramp 36 ta davlat fuqarolarini AQSHga kirishini cheklamoqchi. Ular orasida Oʻzbekiston ham bormi?
AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati yana 36 ta davlat fuqarolari uchun viza taqiqlari yoki kirish cheklovlarini joriy etishni koʻrib chiqmoqda. Bu joriy oy boshida eʼlon qilingan sayohat cheklovlarini keskin kengaytirish boʻladi. 'The Washington Post' nashrining yozishicha, hujjat 60 kun ichida belgilangan talablarga javob bermagan mamlakatlar uchun qisman yoki toʻliq kirish taqiqlari kiritilishini nazarda tutadi.Yangi roʻyxatga kiritilgan davlatlar orasida 25 ta Afrika mamlakati, Kar