calendar 24 Aug 17:27
eye 13
comments 0
comments Manba: xs.uz

Rossiya AQSHdan chiplarni sotib olishda davom etmoqda

image
Rossiya Federatsiyasi tomonidan sotib olingan dasturlashtiriladigan mantiqiy integral mikrosxemalar harbiy texnologiyalar va kuzatuv texnologiyalarida qoʻllaniladi. 20-avgustda 'The Insider' nashri tomonidan chop etilgan surishtiruv mualliflari shunday xulosaga kelishdi. Jurnalistlarning taʼkidlashicha, Rossiya Federatsiyasiga raketalar va dronlarni navigatsiya qilish, internetdagi materiallarni filtrlash va yuzni tanib olish uchun noyob mikrosxemalar kirib kelmoqda. Bular asosan Amerikaning Intel va AMD kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan yarimoʻtkazgichli qurilmalardir. Ularning Rossiyaga tegishli litsenziyasiz eksport qilinishi 2020-yilda taqiqlangan va 2022-yilda Ukrainada urush boshlanganidan soʻng, Rossiya Federatsiyasiga har qanday mikrosxemalarni yetkazib berish uchun embargo joriy etilgan edi. 'Qonunga koʻra, ishlab chiqaruvchi firmalar ularning oxirgi isteʼmolchisi kimligini tekshirishlari kerak, ammo bu talab koʻpincha eʼtibordan chetda qoladi', deydi nashr. Rossiyada ushbu turdagi qurilmalar ishlab chiqarilmaydi shuning uchun chetdan sotib olishga majbur. Germaniya, Fransiya va Italiyaning bir qancha nashrlari Rossiya armiyasi bilan hamkorlik qiluvchi 'Promtech' kompaniyalar guruhi 2023-yilda AQSH va Germaniyadan qariyb 8 million dollarlik ikki tomonlama tovarlarni import qilgani toʻgʻrisida surishtiruv eʼlon qildi. Shuningdek, Fransiyada tashkil etilgan 'Promtexa' shoʻba kompaniyasi uzoq vaqtdan beri Rossiyaga tovarlarni import qilish bilan shugʻullangan. Keyinchalik aksiyalaridan kechib, 2022-yilda Turkiyada boshqa nom ostida yangi kompaniya sifatida roʻyxatdan oʻtgan. Yetkazib beruvchilar mahsulotning oxirgi egasi Rossiya armiyasi ekanligini bilmagan boʻlishi mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
45
0
qalampir.uz

Eron va Armaniston 500 mln dollarlik qurol bitimini imzoladi

Eron va Armaniston 500 million dollarlik yirik qurol bitimini imzoladi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Iran International” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, mazkur kelishuv bir necha shartnomalarga bo‘lingan va so‘nggi bir necha oy ichida imzolangan. “Iran International” Eron Armanistonga yetkazib bermoqchi bo‘lgan harbiy texnikaning eksklyuziv ro‘yxatini oldi. Bunga Shahed-136, Shahed-129, Shahed-197, Mohacher kabi dronlar, shuningdek, Hordod-3, Majid, Hordod-

26 Jul 10:19
 
30
0
qalampir.uz

AQSH Xitoyga qarshi sanksiyalar kiritdi

Qo‘shma Shtatlar olti nafar Xitoy fuqarosi va beshta Xitoy kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqda. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi xabar berdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, olti nafar xitoylik hamda tashkilotlar KXDRning ballistik raketa va kosmik raketa dasturiga yordam beruvchi tovarlarni xarid qilishda ishtirok etgan. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar xalqaro sanksiyalarni amalga oshirish uchun barcha vositalarni qo‘llash, jumladan, noqonuniy xarid tarmoqlarini kesish n

20 Jul 06:25
 
60
0
xs.uz

Netanyahu Rafahda, dunyo boʻylab texnik nosozlik va Trampning tirik qolishi

Kreml 'kuchli Yevropa' dan tashvishlanmoqdaShu yilning 18-iyul kuni ikkinchi muddatga saylangan Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen kelgusi besh yil ichida transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurashish uchun 'Yevropa havo qalqoni'ni tuzib, qitʼa mudofaa ittifoqini tashkil etishga umid bildirdi.'Biz ushbu yirik loyihalar barcha uchun ochiq boʻlishini taʼminlaymiz va ularni imkon qadar tezroq loyihalash, qurish va Yevropa zaminida joylashtirishni taʼminlash uchun barcha meʼyoriy va

26 Jul 10:19
 
50
0
qalampir.uz

G‘azo va Ukrainadagi urushlarni tugatishga harakat qilaman – Bayden 

AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘azodagi urushni tugatish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun harakat qilishga va’da berdi. Bu haqda u prezidentlik poygasini tark etganidan so‘ng birinchi marta jamoatchilikka murojaatida ma’lum qildi. Bayden prezidentlik muddatining qolgan qismini ichki va tashqi siyosatdagi muhim mavzularga qaratish bilan o‘tkazishini va kam ta’minlangan oilalar uchun xarajatlarni qisqartirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va demokratiya va inson huquqlari kabi so