calendar 26 Jul 10:19
eye 31
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH Xitoyga qarshi sanksiyalar kiritdi

image

Qo‘shma Shtatlar olti nafar Xitoy fuqarosi va beshta Xitoy kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqda. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, olti nafar xitoylik hamda tashkilotlar KXDRning ballistik raketa va kosmik raketa dasturiga yordam beruvchi tovarlarni xarid qilishda ishtirok etgan. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar xalqaro sanksiyalarni amalga oshirish uchun barcha vositalarni qo‘llash, jumladan, noqonuniy xarid tarmoqlarini kesish niyatida. 

"Shimoliy Koreyaning ballistik raketa dasturlari xorijda ishlab chiqarilgan materiallar va butlovchi qismlarga tayanadi va Pxenyan bu materiallar va butlovchi qismlarni sotib olish uchun xorijiy agentlarning keng tarmog‘idan foydalanadi", deyiladi AQSH Moliya vazirligi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoy Tayvanga qurol sotgani uchun AQSHga sanksiya kiritgandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

Polsha Xitoyga eksport yo‘lini to‘sib qo‘yish bilan tahdid qildi – “Bloomberg”

Polsha hukumati Belarus bilan chegaradagi migratsiya inqirozining kuchayishini sekinlashtirish uchun Xitoydan Belarusga bosim o‘tkazish uchun foydalandi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Polsha Prezidenti Anjey Duda iyun oyi oxirida Pekinga tashrifi chog‘ida Xitoydan Yevropaga migratsiya va tovarlarni mamlakat orqali olib o‘tish masalalarini ko‘targan. Xususan, “Malashevich” nazorat-o‘tkazish punk

26 Jul 10:19
 
30
0
qalampir.uz

Eronning sobiq prezidentiga suiqasd uyushtirildi

Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajodga nisbatan joriy yilning 15 iyul kuni suiqasd uyushtirilgani va u muvaffaqiyatsiz tugagani haqida xabarlar ochiqlandi. Bu haqda “Iran International” ma’lum qildi. Shu kuni kechqurun Ahmadinajod va uning hamrohlari Muharram diniy motam marosimi uchun Zanjon shahriga yo‘l olgan. Sobiq prezidentning bosh xavfsizlik xodimi Ahmadinajodning asosiy avtomobili – Toyota Land Cruiser'ni ko‘zdan kechirgan va hali ham ishlamay qolga

20 Jul 19:38
 
76
0
xs.uz

Dunyo boʻylab vabo kasalligi tarqalish xavfi ortmoqda — JSST

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning yanvar-iyun oylarida dunyoning 25 ta davlatida 250 ming nafarga yaqin kishi vabo bilan kasallangan va ulardan 2 137 nafari vafot etgan. Birgina iyun oyida 18 mamlakatda yashovchi 40,5 ming nafardan koʻproq bemorda mazkur xastalik aniqlangan. Ularning 166 nafari epidemiya oqibatida hayotdan koʻz yumgan.Aksariyat vabo oʻchoqlari, yaʼni 32,5 mingga yaqin yangi kasallanish holatlari Sharqiy Oʻrta yer dengizi mintaqasi mamlakatlarida roʻyxatga olingan. Afgʻo

14 Aug 06:38
 
16
0
xs.uz

Rossiyaning sobiq prezidenti Germaniyaga qattiq tahdid qildi

Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev Germaniyani qattiq ogohlantirib, Berlinga rus tanklarini yuborish bilan tahdid qildi. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, bu bayonot Germaniyaning 'Bild' gazetasining Medvedevni nemis tanklarining Rossiya hududiga qaytishini nishonlashda ayblagan maqolasiga javoban bildirildi. Medvedevning izohlari Rossiya va NATO davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarni yanada keskinlashtirdi.Medvedev 'X' ijtimoiy tarmoqdagi postida Germaniyan