Netanyahu Rafahda, dunyo boʻylab texnik nosozlik va Trampning tirik qolishi

Shu yilning 18-iyul kuni ikkinchi muddatga saylangan Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen kelgusi besh yil ichida transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurashish uchun 'Yevropa havo qalqoni'ni tuzib, qitʼa mudofaa ittifoqini tashkil etishga umid bildirdi.
'Biz ushbu yirik loyihalar barcha uchun ochiq boʻlishini taʼminlaymiz va ularni imkon qadar tezroq loyihalash, qurish va Yevropa zaminida joylashtirishni taʼminlash uchun barcha meʼyoriy va moliyaviy vositalardan foydalanamiz', degan Yevropa Komissiyasi raisi.
Kreml bundan tashvishlanib, Lyayenning taklifini Yevropaning militarizatsiyalashuvi ekanligini taʼkidladi.
'Bu taklif Yevropa Ittifoqining harbiy rang-barangligini namoyish etadi. Uning militarizatsiyasi keskinlikning kuchayishi, tashqi siyosatda qarama-qarshilik usullariga tayanishini koʻrsatadi. Bu bizni tashqi siyosatdagi yondashuvlarimizni shunga mos ravishda toʻgʻrilashga majbur qiladi', deydi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
720 oʻrinli Yevropa parlamentda 401 ta ovoz yigʻib oʻz lavozimida qolgan fon der Lyayen bunday noaniqlik davrida kuchli Yevropa zarurligini taʼkidlab, birinchi oʻringa xavfsizlikni qoʻydi.
Shuningdek, u uy-joy inqirozini hal qilish, Yevropa Ittifoqining 'Frontex' chegara agentligini mustahkamlash va dezinformatsiyaga qarshi kurashish uchun yangi tuzilma yaratishni reja qilgan.
Germaniyaning sobiq mudofaa vaziri Yevrokomissiyani 2019-yildan beri boshqarib kelmoqda va bu lavozimni egallagan birinchi ayol hisoblanadi.
Tramp suiqasd uyushtirilgani haqida gapirib berdi
Oxirgi bir hafta Qoʻshma Shtatlar siyosati ancha shov-shuvli oʻtdi. Ayniqsa bu Trampning tarafdorlari oldida otilishi keng muhokamalarga sabab boʻldi. Payshanba oqshomida esa sobiq prezidentning oʻzi respublikachilar oldida 90 daqiqa nutq soʻzlab, suiqasd haqida gapirib berdi.
Trampning aytishicha, u ilohiy aralashuvlar bilan tirik qoldi. Oʻsha vaqtda Tramp immigratsiya haqidagi jadvalni koʻrish uchun boshini biroz burgan.
'Chizmani koʻrish uchun men oʻng tarafga burila boshladim va bir oz koʻproq burilishni boshlashga tayyorlanayotgan edim ammo buni qilmaganim uchun omadim kuldi. Qulogʻimga nimadir shivirlash ovoz eshitildi va qulogʻimga urildi. Bu faqat oʻq boʻlishi mumkin dedim. Men Xudoning inoyati bilan oldingizda turibman.
Shuningdek, sobiq prezident Baydenni prezidentlar ichida eng yomoni ekanligini qoʻshimcha qilgan. Trampga koʻra, Baydenning mamlakatga yetkazgan zararini tasavvur qilib boʻlmaydi.
Donald Tramp janubiy chegara devorining qolgan qismini qurishga vaʼda bermoqda. Shu bilan birgalikda, u oziq-ovqat mahsulotlari 50%, benzin 60-70%, ipoteka stavkalari toʻrt baravar koʻtarilganini taʼkidlagan.
Uningcha, inflyatsiya amerikalik saylovchilar uchun asosiy muammodir. Bayden 2021-yil yanvar oyida lavozimga kirishganidan beri narxlar jami 20 foizga oshgan.
Netanyahu Rafahga bordi
Isroilning Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Quddusning Eski shahridagi muqaddas joy hisoblangan Al-Aqso masjidiga tashrif buyurdi.
Ishgʻol qilingan Sharqiy Quddusdagi ushbu joy bilan bogʻliq keskinliklar Isroil'Falastin toʻnashuvini yanada kuchaytirdi. Ben-Gvirning Al-Aqsoga tashrifi davom etayotgan urushning sulh bitimiga erishga qaratilgan muzokaralarni buzishga tahdid sifatida qaralmoqda.
Falastin Tashqi ishlar vazirligi ushbu tashrifni Quddus tarkibidagi zaif status-kvoni xavf ostiga qoʻyuvchi 'provokatsion yurish' sifatida qoraladi.
Masjid Al-Aqso majmuasida joylashgan boʻlib, musulmonlar uchun dunyodagi uchinchi muqaddas joy. Bu joyni yahudiylar ham hurmat qilib, Maʼbad togʻi deb atashadi. Status-kvoga koʻra, musulmon boʻlmaganlar hududga tashrif buyurishi mumkin, ammo namoz oʻqiy olmaydi. Biroq Yahudiy tashrif buyuruvchilar borgan sari bu tartibni buzmoqda va falastinliklar buni provokatsiya deb bilishadi. Chunki Isroil muqaddas joyni egallab olmoqchi.
Isroil hujumi davom etayotgan bir vaqtda, sulh toʻxtab qolgan. Isroillik muzokarachilar chorshanba kuni sulh boʻyicha muzokaralarni davom ettirish uchun Qohiraga yetib kelishgan. HAMAS yuqori martabali mulozimi Gʻazoga yoʻllanayotgan zarbalar uchun guruh muzokaralardan chiqib ketayotgani lekin bombardimonlar toʻxtasa, kelishuvga qaytishini bildirgan.
Falastin hukumati payshanba kuni Isroilning Gʻazo markazidagi harbiy hujumini amalga oshirish vaqtida 24 soat Ichida 54 nafar falastinlik halok boʻlganini maʼlum qildi.
Xabarlarga koʻra, Isroilning anklav markazidagi shiddatli bombardimon kampaniyasi soʻnggi 10 kun ichida 500 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan.
Shuningdek, Bosh vazir Binyamin Netanyahu Isroil askarlari Gʻazodagi hujumlarini amalga oshirayotgan bir vaqtda Rafahdagi Yahudiy askarlari bilan uchrashgan. Netanyahu harbiy bosim va xavfsizlikni taʼminlash talabi birlashganini taʼkidlagan. Binyamin kelasi hafta Qoʻshma Shtatlar Kongressida nutq soʻzlashi kutilmoqda.
Dunyo boʻylab aloqa va tuzilmalar ishdan chiqdi
AQSH, Germaniya, Avstraliya va boshqa mamlakatlarda global texnik nosozlik qayd etildi. Buning oqibatida aloqa operatorlari, banklar va aviakompaniyalar katta zarar koʻrdi.
'ABC' telekanali maʼlumotlariga koʻra, Avstraliyadagi texnik nosozlik bugungi kunda butun dunyo boʻylab kompaniya va muassasalar oldida turgan texnik muammolarning bir qismidir.
Manbada aytilishicha, muammo AQSHning 'CrowdStrike' kiberxavfsizlik firmasi bilan bogʻliq. Avstraliyada bu 'Microsoft' noutbuklari bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqardi. Koʻplab qurilmalar tasodifiy qayta ishga tushirildi va koʻk ekranda xato xabari koʻrsatildi.
'Global uzilish koʻplab avstraliyalik biznes va davlat idoralariga taʼsir qildi. Uzilish aloqa operatorlari, media veb-saytlari, banklar va aviakompaniyalarga, shuningdek, serverlarga ham taʼsir koʻrsatdi', deyiladi telekompaniya xabarida. Qayd etilishicha, muammo ushbu telekanalni ham chetlab oʻtmagan.
Avstraliyaning 'WA Today' gazetasining yozishicha, nosozlikdan toʻlov tizimlari, jumladan, 'Apple Pay' ham zarar koʻrgan.
Texnik uzilishlar sabab AQSHning 'Delta', 'United Airlines' va 'American Airlines' kabi yirik aviakompaniyalari barcha reyslarni bekor qildi.
Berlin xalqaro aeroportida maʼlum muddatga faoliyatini toʻxtatdi.
'ABC' maʼlumotlariga koʻra, nosozlik 'CrowdStrike' tomonidan shu hafta boshida chiqarilgan dasturiy taʼminot yangilanishi tufayli yuzaga kelgan.
Xitoy dunyodagi birinchi 10G internet tarmogʻini ishga tushirdi
Xitoyning Xebey provinsiyasidagi dunyodagi birinchi 10G keng polosali internet tarmogʻini ishga tushirildi. Bu haqda 'Mydrivers' portali'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Huawei' kompaniyasi va 'China Unicom' bilan hamkorligida ishga tushirilgan yangilangan tarmoq dunyodagi ilk 50G PON texnologiyasi asosida ishlaydi. U orqali har bir foydalanuvchi uchun internet tezligi anʼanaviy gigabit darajasidan 10G darajasigacha oshiriladi. Yaʼni yuklab olish ' 9834 Mbit/s, uzatish ' 1008 Mbit/s, kechikish
Afrikalik ayol Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga prezident etib saylandi
Yangi saylangan prezident XOQ tarixida prezident lavozimini egallagan birinchi ayol va Afrikaning birinchi vakili boʻldi. U 2025-yil 23-iyunda amaldagi rahbar Bax tomonidan vakolatlar topshirilgandan soʻng lavozimga kirishadi.'Men shunday harakat qilamanki, barchangiz bugun qabul qilgan qaroringizdan faxrlanasiz. Oldinda bizni koʻplab hamkorlikdagi ishlar kutmoqda. Bu saylov kurashi gʻoyat ajoyib boʻldi', degan Koventri sessiya ishtirokchilariga.Taʼkidlash joiz, Koventri suzish boʻyicha i
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Oʻzbekistonga keladi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 22html5-dom-document-internal-entity1-minus-end23-aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentda boʻladi.'Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.Tashrif davomida Toshkent shahrida Oʻzbekiston prezidenti bilan muloqot, shuningdek, mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri bilan muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Xabarda aytilishicha, asosiy eʼtibor Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2024-yil may oyida O
AQShda 17 yoshli yigit Trampga suiqasd uyushtirish uchun ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz ota-onasini oʻldirdi
Maʼlum boʻlishicha, Federal qidiruv byurosi oshkor qilgan hujjatga koʻra, 17 yoshli Nikita Kasap joriy yilning 11-fevral kuni otasi 51 yoshli Donald Mayer hamda onasi 35 yoshli Tatyana Kasapni oʻldirib, jasadlarni xonadondagi kiyimlar orasiga yashirib, 10 kundan ortiq vaqt davomida saqlab kelgan.Biroz vaqtdan soʻng, Nikita Kasab otasining shaxsiy avtomobilida harakatlanib ketayotganda yoʻl qoidasiga rioya qilmagani uchun shahar politsiyasi tomonidan toʻxtatilgan. Yigitning shubhali haraka