Kengurular yurti dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda huquq-tartibotni saqlash uchun politsiya xodimlari, sheriflar, sud ijrochilari va boshqa mutasaddi idoralar xodimlari mas’ul.
Avstraliya politsiyasi 1979-yilda bir qator turdosh idoralarning birlashishi natijasida tashkil topgan. Mamlakatda politsiya ikki darajada ishlaydi: federal va shtat politsiyasi. Shunga ko‘ra, birinchisi federal qonunchilikka, ikkinchisi shtatlar va hududlarda tartib hamda qonunchilikka rioya etilishini nazorat qiladi.
Federal jinoyat politsiyasi agentlari maxsus jinoyatlarni tergov qiladi. Ushbu jinoyatlarga yirik firibgarliklar, kontrabanda, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi, uyushgan va xalqaro jinoyatchilik, terrorizm kabilar kiradi. Bundan tashqari, davlat politsiyasi yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinishini ta’minlaydi, transportda huquq-tartibotni muhofaza qiladi, suv ustida qonuniylikni saqlaydi, terrorizmga qarshi kurashadi, qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshiradi, jinoyatlarni fosh etadi, jamoat tartibini saqlaydi. E’tiborlisi, har bir shtat politsiyasining alohida o‘z xizmat libosi va nishoni bor.
Avstraliyada politsiya ta’lim muassasasiga kirishni istovchilar mamlakat fuqarosi va o‘rta ma’lumotli bo‘lish kerak. Bo‘lajak kursant har qanday avtomobilni boshqara olishi, puxta jismoniy tayyorgarlikka va mustahkam sog‘liqqa ega bo‘lishi lozim. Federal politsiya o‘quv yurtiga kirishda psixologik testdan o‘tish va birinchi yordam ko‘rsatish guvohnomasi bo‘lishi shart. O‘qish kursi 13 haftadan 24 haftagacha davom etadi.
Politsiya o‘quv yurti bitiruvchisiga darhol diplom berilmaydi. U qasamyod qilgach, sinov muddatini o‘taydi. Sinov davri esa qaysi shtatda xizmat qilishiga qarab bir yildan bir yarim yilgacha davom etishi mumkin. Bu davrda bitiruvchi oddiy patrulь vazifasida faoliyat yuritadi. Sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirdagina, yosh xodimga jamoat tartibini muhofaza qilish sohasida faoliyat yuritishga ruxsat beruvchi diplom beriladi. Avstraliya politsiyasi konsteblь, serjant, tekshiruvchi, komandir, tuman komissari kabi bir qancha darajalarni o‘z ichiga oladi.
Abdurahmon
MUSTAFOQULOV
tayyorladi.
Yerga 5 balli magnit boʻroni yaqinlashmoqda
Boʻron K-indeksi bilan hisoblaganda 5 ballik boʻlib, bu kuchli taʼsir doirasidan darak beradi. Natijada, kosmik ob-havoning noxush holatlari kuzatilib, sunʼiy yoʻldosh, navigatsiya hamda aloqa tizimlarida muammolar yuzaga keladi.Magnit boʻroni meteorologik oʻzgarishlarga sezgir insonlarning salomatligiga ham salbiy taʼsir koʻrsatishi, jumladan, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi va umumiy holsizlik keltirib chiqarishi ehtimoli bor.
2024-yilda 150 dan ortiq iqlim ofatlari qayd etildi – BMT
BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga koʻra, 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻldi. Issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu hodisalar millionlab insonlarning hayotiga taʼsir koʻrsatib, minglab uylarga zarar yetkazdi va oziq-ovqat yetishmovchiligiga sabab boʻldi.Hisobotda aytilishicha, dunyo boʻylab 800 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatlar sababli oʻz uylarini tark eti
AQSHda Putinning yozda Ukrainada gʻalaba qozonish rejalari oshkor qilindi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada 2025-yil yozida muzokaralarga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan jabhada gʻalaba qozonishini kutmoqda. Bu haqda CNN xabar bermoqda.Nashr mualliflarining yozishicha, Kreml AQSH prezidenti Donald Trampning amaldagi maʼmuriyatining qatʼiyatsizligini yaxshi biladi.Shu bilan birga, Putin 'Tramp oxir-oqibatda tishsiz va uni vaziyatni yumshatishdan bosh tortgani uchun samarali jazolamasligini tushunadi', deyiladi maqolada.Nashrning yozishicha, Putin Tram
“Bir necha soniyaga kech qolganimizda biz ham oʻlgan boʻlardik”: Isroil Gʻazodagi xonadon hamda kasalxonani bombardimon qildi
Isroil harbiylari Xon-Yunis shahridagi xonadonni bombardimon qilishi oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlumotlariga koʻra, mazkur hujum oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻlgan hamda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Guvohlarning taʼkidlashicha, Isroil askarlari asosan hududdagi turar-joy binolarini yoʻq qilishga harakat qilgan.Shuningdek, 13-aprel, yakshanba kuni Isroil harbiylari