calendar 30 May 19:35
eye 114
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Pokistonda avtobus jarlikka tushib ketdi. 28 kishi halok bo‘ldi

image

Pokistonda avtobus halokatida kamida 28 kishi halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohat oldi. Bu haqda “The Daily Pakistan” gazetasi xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, avtobus Gvadardan Kvettaga ketayotgan bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sayohat vaqtida shinalardan biri yorilib ketganidan so‘ng haydovchi avtobus boshqaruvini yo‘qotgan. Avtobus katta tezlikda yo‘ldan chiqib, jarlikka qulagan. 

Mahalliy OAV avtobus qoldiqlari qoyaning tubida aks etgan suratlarni chop etdi. Politsiya avtobus haydovchisi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Hozirda voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda, qutqaruv ishlari davom etmoqda. Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning ayrimlari allaqachon aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 26 may kuni Turkiya janubi-sharqida avtobus va yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan, oqibatda 11 kishi halok bo‘lgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:39
 
88
0
xs.uz

Germaniya Ukrainani jiddiy qoʻllashga kirishdi. Rossiyaning munosabati qanday?

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius yangi qurol yetkazib berish masalalarini muhokama qilish uchun Ukrainaga kelgan. Bu haqda 'Tagesschau' xabar tarqatdi.'Mudofaa vaziri Boris Pistorius siyosiy muzokaralar uchun Ukraina poytaxti Kiyevga keldi. Siyosatchi Ukrainadagi vaziyat bilan tanishib, keyingi harbiy yordam masalasini muhokama qilmoqchi', ' deyiladi nashr xabarida.Germaniya Ukrainaga qanday yordam bermoqchi?Oʻtgan haftada Pistorius Ukraina Qurolli kuchlari yaqin orada Berlin yordamida

13 Jun 00:39
 
83
0
xs.uz

AQSHda Putin Ukrainada toʻxtamasligi aytildi. Tramp esa mojaro boʻyicha yangi bayonot berdi

Ukraina va Rossiya mojarosi Moskva foydasiga hal boʻlsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin goʻyoki Ukraina bilan toʻxtamaydi. Bu fikrlarni AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qoʻmitasi raisi, general Den Keyn AQSH Kongressidagi eshituvda aytib oʻtdi, deya xabar bermoqda 'The Hill' nashri.Maqolada qayd etilishicha, bunday ritorika AQSH prezidenti Donald Trampning bu boradagi pozitsiyasiga 'keskin qarama-qarshidir'.Eshituvda senator Lindsi Grem Keynga xorijiy mojarolar boʻyich

13 May 14:38
 
59
0
xs.uz

Tramp Saudiya Arabistoniga keldi

AQSH prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga rasmiy tashrif bilan keldi va Yaqin Sharq boʻylab toʻrt kunlik safarini boshladi. Bu haqda 'Al Arabiya' telekanali xabar berdi.Bu uning qayta saylanganidan keyin amalga oshirgan birinchi xorijiy safari hisoblanadi.'Tramp seshanba kuni ertalab Saudiya Arabistoniga Fors koʻrfazi mintaqasi boʻylab toʻrt kunlik safarini boshlash uchun yetib keldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal xabariga koʻra, tashrif davomida asosiy eʼtibor m

04 Jun 02:45
 
121
0
xs.uz

Germaniyada rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish talab qilindi

Xristian-demokratik ittifoqdan Bundestag deputati Roderix Kizevetter hukumatdan qolgan rossiyalik diplomatlarni Germaniyadan chiqarib yuborishni va Berlindagi Ruslar uyini yopishni talab qildi. Bu haqda 'Handelsblatt' gazetasi deputatning soʻzlariga asoslanib xabar tarqatdi.'Qolgan agent va diplomatlarni chiqarib yuborishimiz kerak. Past darajadagi agentlar deb atalmish shaxslarni yollashga qarshi choralar koʻrish kerak. Bundan tashqari, Berlindagi Ruslar uyi va boshqa muassasalar yopilishi ke