AQSHda Putin Ukrainada toʻxtamasligi aytildi. Tramp esa mojaro boʻyicha yangi bayonot berdi

Maqolada qayd etilishicha, bunday ritorika AQSH prezidenti Donald Trampning bu boradagi pozitsiyasiga 'keskin qarama-qarshidir'.
Eshituvda senator Lindsi Grem Keynga xorijiy mojarolar boʻyicha qator savollar berib, Putin 'Ukrainada toʻxtab qoladimi?', deb soʻragan. Keyn esa 'Men bunday boʻlishiga ishonmayman', deya javob bergan.
Oldinroq Germaniya Federal razvedka xizmati rahbari lavozimini tark etayotgan Bruno Kal 'Ukraina Rossiyaning Gʻarb yoʻlidagi bir qadam, xolos' degan edi. Uning fikricha Rossiya Ukrainani NATO mamlakatlariga hujum qilish yoʻlidagi oraliq bosqich sifatida koʻrmoqda.
'Biz mutlaqo aminmiz va bizda razvedka maʼlumotlariga ega boʻlgan dalillarimiz bor, Ukraina Rossiyaning Gʻarb yoʻlidagi bir qadamdir', ' deydi Kal.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Qurolli kuchlarining zarbalari AQSH va boshqa mamlakatlarning Rossiyani tinchlikka 'majburlash' urinishlaridan koʻra 'balandroq boʻlganini' va shu sababli Moskvaga qarshi chora koʻrishga chaqirgandi. Uning fikricha, Rossiyaga 'tinchlik uchun qattiq bosim oʻtkazish kerak'.
Zelenskiy Trampga maslahat berdi Zelenskiy 'Bild' nashriga bergan intervyusida AQSH prezidenti Donald Tramp Moskvani muzokaralar stoliga tortish uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilishi kerakligini maslahat berdi.
'Menimcha, tarixan gapiradigan boʻlsak, uning (Tramp) uchun butun dunyoda tinchlikni tiklashdan muhimroq narsa boʻlishi mumkin emas. Tramp sanksiyalar kiritishi kerak, shunda Putin darhol: 'Keling, urushni tugatish haqida gaplashamiz', desin. Aks holda natija boʻlmaydi', ' deydi Zelenskiy.
Uning soʻzlariga koʻra, Tramp goʻyoki 'Rossiya tomoni toʻliq halol va ochiq emasligini' koʻrmoqda.
'Moskva 'kuchdan boshqa narsani tushunmaydi' va AQSHda bu kuch bor' ' deya soʻzini davom ettirgan Ukraina rahbari Vashington buni tushunishiga umid bildirib.
Avvalroq, 'Bloomberg' agentligi AQSH Kongressi senator Lindsi Gremning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar toʻgʻrisidagi qonun loyihasini prezident Donald Trampning roziligisiz qabul qilishga hali tayyor emasligi haqida xabar bergan edi. AQSH prezidenti Gremning qonun loyihasini hali oʻqib chiqmagan.
Mojaro haqida Trampning yangi bayonoti Tramp Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi mojaro haqida yangi bayonot berib, uni 'dron urushi' deb atadi
'Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi biz toʻxtatmoqchi boʻlgan dahshatli urushga nazar tashlasangiz, bu dron urushi ekanligini koʻrasiz', ' deydi u.
Oq uy rahbarining qoʻshimcha qilishicha, dronlar oʻzini tezkor va aqlli tizimlar ekanligini isbotlagan va uch yil avval ular jang maydonida bunchalik mashhur boʻlishini hech kim tasavvur qilmagan edi.
'Dron bunchalik kuchli qurol boʻladi, deb kim oʻylabdi! Lekin u boshqa koʻplab qurol turlarini, hattoki samolyotlarni ham oʻrnini bosmoqda', ' deydi AQSH prezidenti.
Oʻtgan hafta Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning uchuvchisiz tizimlarini maʼlum segmentlarda dunyodagi eng ilgʻori deb atab, chet elliklar koʻpincha ulardan nusxa koʻchirishini aytgan edi.
Lukashenko Si Szinpinga haykal oʻrnatishni taklif qildi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Milliy futbol stadioni yaqinida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin haykalini oʻrnatishni taklif qildi. Bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmatiga yaqin boʻlgan 'Pul pervogo' Telegram kanali xabar tarqatdi.Stadion Xitoy tomonidan ajratilgan mablagʻ evaziga qurilgan va ushbu loyiha toʻliq Xitoy tomonidan amalga oshirilgan. U Xitoyning Belarusga sovgʻasi boʻldi.Ochilish marosimidan oldin Belarus prezidentiga stadionga kiraverishda oʻrnatilgan
Turkiyada yana kuchli zilzila qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida zilzila yuz berdi. Bu haqda Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi saytida xabar berildi.Maʼlumotlarga koʻra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 15:46 da qayd etilgan. Uning magnitudasi 5,2 ballni tashkil etdi. Qoʻshimcha tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.Shu yilning 14-may kuni yerosti silkinishlari birdaniga uch davlat ' Livan, Suriya va Misr poytaxtlarida qayd etilgan edi. Xabarlarga koʻra, Bayrutda ikki bor, Damashqda bir necha bor
Tramp Gʻazo bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga vaʼda berdi
Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSH) Gʻazo sektoridagi vaziyatni kuzatib boradi va Falastin anklavidagi muammolarni hal qilish niyatida. Bu haqda AQSH yetakchisi Donald Tramp Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi chogʻida maʼlum qilgan.'Biz [Gʻazo sektori] va aholisi muammolari bilan shugʻullanamiz', ' dedi Oq uy rahbari.Uning soʻzlariga koʻra, hozir Falastin anklavida koʻp yomon narsalar sodir boʻlmoqda. Mahalliy aholi ochlikdan aziyat chekmoqda.Shu yilning 14-may kuni 'Maan' axborot age
Zelenskiy Germaniyaga tashrif buyurdi
Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlinda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Tashrif doirasida Kiyevni qoʻllab-quvvatlash masalalari va Rossiya bilan sulh tuzish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Zelenskiy shuningdek Germaniya prezidenti Frank'Valter Shtaynmayer bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.Berlinga kelgan Ukraina delegatsiyasi tarkibida prezident idorasi rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga va mudofaa vaziri Rustem Umerov ham bor. Vladimir Zel