Germaniya Ukrainani jiddiy qoʻllashga kirishdi. Rossiyaning munosabati qanday?

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius yangi qurol yetkazib berish masalalarini muhokama qilish uchun Ukrainaga kelgan. Bu haqda 'Tagesschau' xabar tarqatdi.
'Mudofaa vaziri Boris Pistorius siyosiy muzokaralar uchun Ukraina poytaxti Kiyevga keldi. Siyosatchi Ukrainadagi vaziyat bilan tanishib, keyingi harbiy yordam masalasini muhokama qilmoqchi', ' deyiladi nashr xabarida.
Germaniya Ukrainaga qanday yordam bermoqchi?
Oʻtgan haftada Pistorius Ukraina Qurolli kuchlari yaqin orada Berlin yordamida 'Ukrainada ishlab chiqarilgan' birinchi uzoq masofaga uchuvchi qurollarini olishini aytgan edi. Shu oʻrinda u alyansdagi hamkasblarini Kiyev bilan 'Patriot' tizimlarini baham koʻrishga koʻndirishini taʼkidladi. Bundan biroz oldin Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlin Ukrainaga oʻtkazilgan qurol-yarogʻlar qatoriga qoʻyilgan barcha cheklovlarni bekor qilganini eʼlon qildi. Unga koʻra, Ukraina Qurolli kuchlari endi Rossiya hududiga chuqur zarba bera oladi va bunday qurollar bilan taʼminlanishi kerak. Keyinroq siyosatchining aniqlik kiritishicha, barcha cheklovlar bir necha oy oldin bekor qilingan. Shu bilan birga, u Ukraina Qurolli kuchlariga uzoq masofali 'Taurus' qanotli raketalarini yetkazib berishga ruxsat berdi Mersning aytishicha, ukrainalik harbiy xizmatchilarni ularni boshqarishga oʻrgatish 'uzoq vaqt olishi mumkin'.
Rossiyaning munosabati qanday?
Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning taʼkidlashicha, Germaniyaning 'Taurus' raketalari bilan Rossiyaning istalgan obyektiga zarba berilishini Moskva Berlinning Kiyev tomonidagi harbiy harakatlardagi ishtiroki sifatida baholaydi.
Rossiya prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Fridrix Mersning uzoq masofali qurollar haqidagi bayonotlari Ukrainadagi tinchlik jarayoni trayektoriyasiga kirishga urinishlarga toʻsqinlik qiladi va harbiy harakatlarni davom ettirishga undaydi.
Baydenda salomatlik bogʻliq muammo aniqlandi
AQSHning sobiq prezidenti Jo Baydenga prostata bezida kichik oʻzgarish tashxisi qoʻyildi. Bu haqda 'The New York Times' gazetasi siyosatchining vakiliga tayanib xabar berdi.'Sobiq prezident oʻtgan juma kunini prostata bezida qoʻshimcha tekshiruvni talab qiladigan kichik oʻzgarish aniqlanganidan keyin Filadelfiya kasalxonasida oʻtkazdi', ' deyiladi xabarda.Baydenning sogʻligʻi va keyingi davolanishi haqida qoʻshimcha maʼlumot berilmagan.Avvalroq, internet foydalanuvchilari Baydenning qo
NATO Ukrainadan koʻra oʻzining boʻlinishidan koʻproq xavotirda — ekspert
NATOning navbatdagi sammitida Ukrainaga unchalik eʼtibor berilmaydi, chunki alyans endi oʻz boʻlinishini yengib oʻtishdan koʻproq xavotirda. Bu fikrlarni Rossiya Strategik tadqiqotlar instituti eksperti Sergey Ermakov aytib oʻtdi.NATO sammiti shu yilning 24-25-iyun kunlari Gaagada boʻlib oʻtadi. Avvalroq 'France-Presse' agentligi nomi oshkor etilmagan diplomatga tayanib, NATO ushbu sammitining yakuniy deklaratsiyasini qisqacha bayon qilishga va kelishmovchiliklarni yuzaga keltirmaslik uc
AQSH va Xitoy “savdo urushida” tanaffus oldi
Dushanba kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari va Xitoy qoʻshma bayonot chiqarib, oʻzaro tariflarni 90 kunga pasaytirish toʻgʻrisidagi kelishuvni eʼlon qildi. Bayonotda ikkala tomon ham barqaror, uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli iqtisodiy va savdo munosabatlarining muhimligini tan olgani keltirilgan.AQSH va Xitoy rasmiylari ushbu hafta oxirida Shveysariyaning Jeneva shahrida kengroq potensial savdo kelishuvi boʻyicha muzokaralarga asos yaratish uchun muhokamalar oʻtkazdi.Prezident Donald Tram
HAMAS AQSH fuqarosini ozod qildi. U soʻnggi tirik asir boʻlishi mumkin
HAMAS garovga olingan AQSH va Isroil fuqarosi hisoblangan Aleksander Idenni ozod qildi. 'The Times of Israel' nashrining xabar berishicha, Iden Xalqaro qizil Xoch qoʻmitasi xodimlariga topshirilgan. Hozirda u Isroil hududida.Taʼkidlanishicha, 20 yoshli Aleksander yaxshi jismoniy holatga ega emas, unda mushak distrofiyasi belgilari aniqlangan. 2023-yil oktyabr oyida qoʻlga olingan paytda Isroil armiyasida xizmat qilgan Aleksander Amerika fuqaroligiga ega boʻlgan HAMAS qoʻlidagi soʻnggi tiri