calendar 29 May 18:20
eye 56
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

YeXHT missiyasi saylovlarga tayyorgarlikni baholash uchun O‘zbekistonga keldi

image

O‘zbekistonga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining (DIIHB) Ehtiyojlarni baholash missiyasi (EBM) ekspertlari keldi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, YeXHT DIIHB metodologiyasi bo‘yicha ehtiyojlarni baholash muayyan saylov oldidan amalga oshiriladi va saylovoldi holatiga beriladigan baho hamda milliy saylov qonunchiligining umume’tirof etilgan xalqaro saylov standartlariga mosligi natijalaridan kelib chiqib, saylovni kuzatishning maqsadga muvofiqligi, kuzatish shakli, muddati va kuzatuvchilarning zaruriy soni haqida qaror qabul qilinadi.  

Tashrif dasturiga muvofiq EBM ekspertlari qator vazirlik va idoralar, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati instituti vakillari bilan uchrashadi. 

Bugun, 28 may kuni Missiya ekspertlari YeXHT DIIHB saylov departamenti katta maslahatchisi Keara Kastaldo hamda saylovlar bo‘yicha maslahatchisi Kaxa Inaishvili Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev  bilan uchrashgan. 

“Uchrashuvda DIIHB saylovlarni kuzatish Missiyalarining natijalari bo‘yicha berilgan tavsiyalarni milliy saylov qonunchiligi va amaliyotiga tatbiq qilish, saylovlarga oid huquqiy bazani takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, ekspertlar parlament quyi palatasi va saylov organlari tizimidagi o‘zgarishlar bilan tanishdi. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, mamlakatda saylov organlarining yagona markazlashgan tizimi shakllantirilmoqda, parlament quyi palatasiga saylovlar aralash saylov tizimi asosida o‘tkaziladi.

“Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari DIIHB missiyalarining 2023 yilda o‘tkazilgan referendum va muddatidan ilgari prezident saylovini kuzatish bo‘yicha yakuniy hisobotlarini tahlil qilish va ulardagi tavsiyalarni saylov qonunchiligi va amaliyotiga joriy qilish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi uchun minnatdorlik bildirdilar. Shuningdek, mamlakatimizda saylov tartib-taomillari tamoyillarini umume’tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillarga muvofiq takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, shu yili O‘zbekistonda parlament saylovlari o‘tkazilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili DIIHB xalqaro kuzatuvchilari O‘zbekistonda prezidentlik saylovlariga texnik jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgani, ammo unda haqiqiy raqobat bo‘lmaganini qayd etgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:26
 
152
0
xs.uz

“Qadrli farzandlarim!”... Shavkat Mirziyoyev futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolariga tabrik yoʻlladi

Qadrli farzandlarim!Avvalo, siz, azizlarni Osiyoning eng kuchli jamoalari ishtirok etgan saralash oʻyinlarida chinakam jasorat va matonat namunasini koʻrsatib, tom maʼnoda ulkan gʻalabaga erishganingiz ' Vatanimiz tarixida birinchi marta jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.Hech shubhasiz, milliy sportimiz solnomasiga oltin harflar bilan bitiladigan bunday yorqin natija yurtimizdagi millionlab futbol muxlislari, butun xalqimizn

13 Jun 00:36
 
29
0
xs.uz

Kon-metallurgiya korxonalari uchun maxsus vagonlar qurish oʻzlashtirildi

'Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi' aksiyadorlik jamiyati tomonidan kon-metallurgiya korxonalari uchun maxsus vagonlar qurish yoʻlga qoʻyildi. 'Navoiy kon-metallurgiya kombinati' AJ buyurtmasi asosida ana shunday vagonlarning dastlabki 15 tasi ishlab chiqarildi.Kecha zamonaviy dizaynga ega yangi avlod vagonlarini buyurtmachilarga toshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda soʻzga chiqqanlar alohida taʼkidlaganidek, Yangi Oʻzbekiston timsoli koʻrinishidagi mazkur vago

13 Jun 00:36
 
30
0
xs.uz

Taksi faoliyatiga qoʻyilgan hududiy cheklov Konstitutsiyaga zid — Xalq demokratik partiyasi

Oʻzbekistonda yoʻnalishsiz taksi faoliyatiga qoʻyilgan hududiy cheklovlar keng jamoatchilik muhokamalariga sabab boʻlmoqda. Unga koʻra, endilikda har bir haydovchi oʻz hududida va unga tutash hududda taksi faoliyatini amalga oshirishi belgilangan.Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi yoʻnalishsiz taksi faoliyatiga qoʻyilgan hududiy cheklovlar Konstitutsiyaga zid ekanini taʼkidlab, holat boʻyicha transport vaziridan rasmiy tushuntirish soʻrab soʻrov yuborgan. Bu haqida XDPning rasmiy

13 Jun 00:36
 
30
0
xs.uz

Yozyovonda parvarishlangan atirgullar eksport qilinadi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Yozyovon tumanida soʻnggi yillarda turli mevali va manzarali koʻchatlar yetishtirish, gulchilik sohasida oʻziga xos tajriba maktabi yaratilmoqda.Ayni jarayonda yer ilmi mirishkorlariga qoʻshni Quva tumani tajribasi qoʻl kelmoqda. Xususan, 'Ziynatbonu' fermer xoʻjaligining 30 sotix maydonida quvalik bogʻbon Vohidjon Isaqov bilan hamkorlikda 35 ming tup atirgul koʻchatlari yetishtirildi. Ayni kunlarda atirgulchilik plantatsiyasida gullar chaman boʻlib ochili