calendar 24 May 14:41
eye 71
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Surxondaryoda miloddan avvalgi asrlarga oid yodgorlik buzib tashlandi

image

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi miloddan avvalgi III–I asrlarga oid “Hayvontepa” arxeologiya yodgorligining 3500 metr kub maydoni buzib tashlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur yodgorlik “M.I.S” xususiy korxonasi tomonidan issiqxona qurish maqsadida buzilgani oqibatida unga 208,1 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Shuningdek, Denov tumanidagi  V – VII asrlarga oid “Qorabog‘tepa-1” arxeologik yodgorligining 585 metr kub maydoni fuqaro S.S. va M.S.lar tomonidan uy-joy qurish maqsadida tekislab yuborilib, yodgorlikka 19,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. 

“Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka asosan og‘ir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nisbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz,oldinroq Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi V-VII asrlarga oid yodgorlik molxona qurish uchun buzib yuborilgani aniqlangandi. Toshkent shahrida esa XVI asrga oid arxitektura yodgorligi ichki qismiga o‘zboshimchalik bilan hojatxona qurilgani aniqlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:14
 
60
0
xs.uz

13-aprel kuni Oʻzbekiston aholisi qanday ob-havoga guvoh boʻladi?

'Oʻzgidromet' 13-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-19html5-dom-document-internal-entity1-deg-end, kunduzi 27-29html5-dom-document-internal-entity1-deg-end boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi

17 May 21:46
 
29
0
xs.uz

Fargʻonada “Ibratli oila” koʻkrak nishonlari topshirildi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. 15-may ' Xalqaro oila kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, bu boradagi milliy qadriyat va anʼanalarimiz keng targʻib etildi.Xususan, qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda bir guruh namunali oila vakillariga 'Ibratli oila' koʻkrak nishoni topshirildi. Viloyat faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar jamiyatimizda bunday o

31 May 08:49
 
22
0
xs.uz

Toshkent metropolitenining 2 ta bekati 3 oyga yopiladi

Qayd etilishicha, jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, yangi qurilgan metro yoʻnalishlarida metro poyezdlar harakati va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash hamda sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari maʼlum muddat foydalangandan soʻng, rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Shu munosabat bilan metropolitenning 'Texnopark ' Qipchoq' bekatlari oraligʻida bosqichma-bosqich 3 oy muddatga moʻljallangan rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi.Ani

16 Apr 09:12
 
71
0
xs.uz

Namanganda 16 yoshli qiz boshqargan mashina kanalga tushib ketdi

Namangan viloyatida 'Spark' kanalga tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hodisa joriy yilning 23-mart kuni Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida yuz bergan. Ushbu tumanda yashovchi fuqaro oʻzining boshqaruvidagi 'Spark' rusumli avtomashinasini hali voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan 16 yoshli qiziga ishonib topshirgan. Orqa oʻrindiqda esa qizning onasi va 10 yoshli singlisi boʻlgan