calendar 14 May 15:53
eye 83
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Namanganda bog‘cha bolalari qabristonga ziyoratga olib borildi (video)

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida bog‘cha bolalari Damas avtomashinasiga me’yordan ortiq miqdorda o‘tqazilgani hamda ular qabristonga olib borilgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu holat Chortoq tumanidagi “Zukko Bolajon” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yuz bergan.

Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan “Xotira va qadrlash kuni”ni qay tarzda o‘tkazish bo‘yicha berilgan tavsiya xatiga qaramay, joriy yilning 8 may kuni mazkur maskan rahbari, tadbirkor O‘g‘ilxon Muhiddinova tomonidan 17 nafar tarbiyalanuvchi “Tol mozor” qabristoniga ziyorat qilish uchun olib borilgani aniqlangan.

“Ushbu holat “Iftixor” MFY raisi, bir qator nuroniylar hamda 20 nafar tarbiyalanuvchilarning ota-onalari ishtirokida muhokama qilinib, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish, bolaning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda ishlab chiqilgan maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi doirasida amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlandi”, deyiladi boshqarma munosabatida.

Bildirilishicha, o‘z vazifasiga nisbatan sovuqqonlik bilan yondashgan muassasa rahbari jiddiy ogohlantirilgan.

Maktabgacha ta’lim agentligiga ko‘ra, bu kabi tadbirlarga topshiriq berilmagan. "Ilk qadam" davlat dasturida bu kabi mashg‘ulotlar va tadbirlar o‘tkazilishi va bolalarni qabristonga olib borish taqiqlangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:36
 
29
0
xs.uz

Kon-metallurgiya korxonalari uchun maxsus vagonlar qurish oʻzlashtirildi

'Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi' aksiyadorlik jamiyati tomonidan kon-metallurgiya korxonalari uchun maxsus vagonlar qurish yoʻlga qoʻyildi. 'Navoiy kon-metallurgiya kombinati' AJ buyurtmasi asosida ana shunday vagonlarning dastlabki 15 tasi ishlab chiqarildi.Kecha zamonaviy dizaynga ega yangi avlod vagonlarini buyurtmachilarga toshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda soʻzga chiqqanlar alohida taʼkidlaganidek, Yangi Oʻzbekiston timsoli koʻrinishidagi mazkur vago

13 Jun 00:36
 
30
0
xs.uz

Taksi faoliyatiga qoʻyilgan hududiy cheklov Konstitutsiyaga zid — Xalq demokratik partiyasi

Oʻzbekistonda yoʻnalishsiz taksi faoliyatiga qoʻyilgan hududiy cheklovlar keng jamoatchilik muhokamalariga sabab boʻlmoqda. Unga koʻra, endilikda har bir haydovchi oʻz hududida va unga tutash hududda taksi faoliyatini amalga oshirishi belgilangan.Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi yoʻnalishsiz taksi faoliyatiga qoʻyilgan hududiy cheklovlar Konstitutsiyaga zid ekanini taʼkidlab, holat boʻyicha transport vaziridan rasmiy tushuntirish soʻrab soʻrov yuborgan. Bu haqida XDPning rasmiy

13 Jun 00:36
 
30
0
xs.uz

Yozyovonda parvarishlangan atirgullar eksport qilinadi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Yozyovon tumanida soʻnggi yillarda turli mevali va manzarali koʻchatlar yetishtirish, gulchilik sohasida oʻziga xos tajriba maktabi yaratilmoqda.Ayni jarayonda yer ilmi mirishkorlariga qoʻshni Quva tumani tajribasi qoʻl kelmoqda. Xususan, 'Ziynatbonu' fermer xoʻjaligining 30 sotix maydonida quvalik bogʻbon Vohidjon Isaqov bilan hamkorlikda 35 ming tup atirgul koʻchatlari yetishtirildi. Ayni kunlarda atirgulchilik plantatsiyasida gullar chaman boʻlib ochili

13 Jun 00:36
 
26
0
xs.uz

Istirohat bogʻidagi noqulayliklar bartaraf etilmoqda

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Samarqand shahrida odamlar oilaviy hordiq oladigan 'Yoshlik' istirohat bogʻi bolalar uchun moʻljallangan oʻyin qurilmalari koʻpligi bilan ajralib turadi. Bunday attraksionlarning belgilanmagan joylarga oʻrnatib tashlangani, oʻzboshimchalik bilan noqonuniy qurilgan binolar, bogʻning ayrim qismida toʻplanib qolgan maishiy chiqindilar, antisanitariya holatlari noqulaylik tugʻdirib, dam oluvchilarning koʻnglini xira qilayotgan edi.Samarqand viloyati hok