calendar 10 May 13:31
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Botir Qodirov Zohirshoh Jo‘rayevni sudga berdi

image

O‘zbekistonlik taniqli xonanda Botir Qodirov Zohirshoh Jo‘rayevni sudga berdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bugun, 23 aprel kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudida otalikni belgilash bo‘yicha Botir Qodirovning da’vo arizasi asosida sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Sudni fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi sudyasi Lola O‘tanboyeva ko‘rib chiqdi.

Bildirilishicha, mazkur ishni ko‘rish 15 aprel kuniga tayinlangan. Biroq javobgar vakili ish bilan tanishish uchun ishni ko‘rishni boshqa kunga qoldirishni so‘ragani sababli u bugun ko‘rib chiqilgan. Sud majlisida da’vogar vakilining ko‘rsatmasi eshitilib, guvohlarni ishga jalb etish va qo‘shimcha dalillarni talab qilib olish uchun ishni ko‘rish 2 mayga qoldirilgan. 

Da’vo arizasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining 2023 yil 29 sentyabrdagi mutaxassis fikri ilova qilingan bo‘lib, Nurmatov Xalimjon bilan Qodirov Botir Sheraliyevichning amaki-jiyan ekanligi bo‘yicha fikr berilgan.

Yangiyo‘l tuman FHDYO bo‘limi tomonidan 2008 yil 26 fevralda familiyasini “Jo‘rayev”dan “Qodirov”ga, otasining ismini “Sherali o‘g‘li”dan Sheraliyevich”ga o‘zgartirilganligi haqidagi 46-va 48-ilovalar taqdim etilgan.

Ma’lumot uchun, Zohirshoh Jo‘rayev O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li hisoblanadi. Botir Qodirov ham uning o‘g‘li ekani aytiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Sherali Jo‘rayev o‘tgan yilning sentyabr oyida 77 yoshida vafot etgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:16
 
610
0
xs.uz

Jinlar bazmi

10-aprel ' Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun(hikoya)Otam bu hikoyasini boshlagan vaqtda mening vujudimni qoʻrquv oʻrab olar edi-da, ichimdan: 'Meni ham shunday jinlarga yoʻliqtirma', deb tangriga yolborib qoʻyar edim.Kecha xolam bizning uyga mehmon boʻlib kelgan edi. Kechasi oshdan keyin otam, oyim, xolam uchovlari choy ichishib oʻltirar va oʻtgan-ketgandan soʻzlashar edilar. Soʻz aylanib kelib yana oʻsha jinlar, parilar, devlar toʻgʻrisida toʻxtadi. Otam boʻlsa oʻzi koʻrgan 'j

04 Apr 16:20
 
632
0
xs.uz

O‘zbek adabiyotining buyuk siymolari faoliyati zamonaviy texnologiyalar orqali keng targ‘ib etiladi

O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida mamlakatimiz adabiyoti tarixida chuqur iz qoldirgan ijodkorlarning merosini keng targ'ib qilish maqsadida 'O'zbek adabiyoti yulduzlari' nomli medialoyihani tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida mustaqillikning dastlabki davrida ijod qilgan, milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qo'shgan ijodkorlar hayoti va ijodi keng yoritiladi.Bunda ilmiy-ijodiy guruh shakllantirilib, ijodkorlarning adabiy merosini chuqur o'rganish, ularning

17 May 21:48
 
157
0
xs.uz

“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”

15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kunJAVOBBir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻidaArta biloldingmi chang-u gʻuborni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,Kurab tashladingmi tomlardan qorni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,Kimdir buz

12 Apr 21:16
 
410
0
xs.uz

“Umida” (Fudziyama haqida tush) filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabariga ko'ra, ushbu film O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan, 'O'zbekfilm' kinokonserni tomonidan suratga olingan.Premerada taniqli kinoijodkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va san'at ixlosmandlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida film mazmuni, g'oyasi va dolzarbligi haqida chuqur fikrlar bildirildi.Film voqealari o'z kasbiga sodiq, insonlarga chin dildan yordam beruvchi psix