calendar 10 May 13:30
eye 74
comments 0
comments Manba: postda.uz

26-aprel – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun

image

Suyunchi yoki ulug‘ shoir bilan qisqa va unutilmas uchrashuv

Hozirgidek esimda. 2000-yilning yoz oylari edi. IIV Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati xodimlarni tarbiyalash, ijtimoiy himoya qilish bo‘limida inspektor lavozimida leytenant unvonida xizmat qilardim.

Bir kuni ustozim, polkovnik O‘tkir Jo‘rayev meni xonalariga chaqirdilar. Kirsam, biz sevgan taniqli shoir Muhammad Yusuf bilan gaplashib o‘tirgan ekanlar. Marhum O‘tkir aka she'riyatni juda yaxshi ko‘rardilar, o‘zlari ham doim bo‘sh vaqtlarida ijod qilganlari uchun atroflarida shoirlar, xonandalar bo‘lardi. O‘shanda O‘tkir Parmonovich menga Muhammad Yusufning bir she'rini komp'yuterda terishda yordam berishim kerakligini aytdilar. Birpasda she'r tayyor bo‘ldi.

Qisqa fursat ichida shunday bir ajoyib ijod mahsuli yaraldiki, men shunda ijodkorning buyukligiga yana bir bor qoyil qolgandim. Keyinchalik she'rga ohang va jilo bergan qo‘shiq O‘zbekiston xalq artisti Nuriddin Xaydarov ijrosida respublika ko‘rik-tanlovida yangradi. 

...O‘sha kuni Muhammad Yusuf shoshilib turgan ekanlar, sababini so‘raganimda ichki bir hayajon bilan: 

– Bugun nabiralik bo‘ldim! Birinchi suyunchini esa, mana, siz berdingiz! – deya hazillashib, she'r bitilgan qog‘ozga ishora qildilar...

Bernora SADIKOVA,

polkovnik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:16
 
577
0
xs.uz

“Umida” (Fudziyama haqida tush) filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabariga ko'ra, ushbu film O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan, 'O'zbekfilm' kinokonserni tomonidan suratga olingan.Premerada taniqli kinoijodkorlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va san'at ixlosmandlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida film mazmuni, g'oyasi va dolzarbligi haqida chuqur fikrlar bildirildi.Film voqealari o'z kasbiga sodiq, insonlarga chin dildan yordam beruvchi psix

13 May 14:39
 
359
0
xs.uz

Prezident IV Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi

Hurmatli festival qatnashchilari, muhtaram mehmonlar!Avvalo, siz, azizlarni ochiq osmon ostidagi betakror muzey shahar ' qadimiy Xivada o'tkazilayotgan IV Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.Bugungi san'at bayramida ishtirok etayotgan nufuzli xalqaro tashkilotlar va qardosh mamlakatlar vakillariga, dunyoning qirqdan ziyod mamlakatidan kelgan xalq ijodiyoti namoyandalari, atoqli madaniyat va san'at arboblariga samimiy tashakkurim, yuksak hur

31 May 08:51
 
24
0
xs.uz

Mualliflik huquqini buzgan 10 nafar xonanda litsenziyasidan ayriladi

Oʻzbekistonda 10 nafar xonanda mualliflik huquqini buzgani uchun litsenziyasidan ayrilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi. Bunday hollarda litsenziyalovchi organ litsenziat hujjatining bekor qilishni soʻrab sudga murojaat yoʻllashi lozim.Shunga koʻra, Adliya vazirligi s

13 May 14:39
 
382
0
xs.uz

26-aprel — Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun

Garchi zugʻum qilganlarni yoqtirmadim,Sheʼr yozdimu boʻlak ishni qotirmadim.Tilim turib oʻz tilimda gapirmadim,Bir eslasam eziladi bagʻri-dilim,Ona tilim, kechir meni, ona tilim.'Onam 'erkam' deb quchganda tunlar yarim,Erkim yoʻq deb zirqirardi bir joylarim,Parovozni hansiratgan bugʻdoylarim,Oltinlarim, maʼdanlarim, ipaklarim,Ona tilim, kechir meni, ona tilim.'Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,Oʻzbekni qon qaqshatganni oʻzbek siylar,Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,Topganimiz handa