calendar 11 Apr 14:02
eye 69
comments 0
comments Manba: xs.uz

Muhammadkarim Xurramov Termizda oʻtgan kurash musobaqasi bosh sovrini — avtomobilni qoʻlga kiritdi

image
Farhod Esonov/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyati hokimligi 21-mart ' Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan Termiz shahrida katta kurash musobaqasini oʻtkazdi. Murosasiz bellashuvlarda mamlakatimizning barcha hududlaridan, shuningdek, qoʻshni respublikalardan ham nomdor polvonlar qatnashdi.

Musobaqaning bosh sovrini ' 'Damas' avtomobili bellashuvda mutlaq gʻolib boʻlgan sherobodlik Muhammadkarim Xurramovga nasib etdi. Ikkinchi oʻrinni egallagan jarqoʻrgʻonlik polvon Shermuhammad Jangriyevga tuya, uchinchi oʻrin sohiblari shoʻrchilik Bekmurod Oltiboyev hamda oltinsoylik Jahongir Mamatraimovga ot sovrinlari nasib etdi.

Gʻoliblarga sovrinlarni viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov tantanali tarzda topshirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
23
0
xs.uz

Shaxsiy rekordini yangilagan hamyurtimiz

Gap shundaki, ayollar o'rtasida kechgan 400 metrga yugurish bahsida hamyurtimiz Jonbibi Hukmova bronza medaliga ega chiqdi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan sportchimiz finalda 52.79 soniya qayd etib, uchinchi bo'lib marraga yetib keldi.Qayd etish joiz, bu bilan J. Hukmova shaxsiy rekordini ham yangilashga erishdi.

17 May 21:48
 
20
0
xs.uz

Nodirbek Abdusattorov yana bir yirik turnirda ishtirokini boshladi

Bugundan Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida nufuzli 'Sharjah Masters 2025' shaxmat turniri oʻz boshlandi. Turnirda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan kuchli shaxmatchilar ishtirok etmoqda.Kecha Ruminiyaning Buxarest shahrida oʻz yakuniga yetgan 'Superbet Chess Classic' turnirining soʻnggi turida qatnashgan grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov dam olishga ulgurmasdan, bugun yangi musobaqaning ilk turida donalar surishni boshlaydi.U turnirda birinchi raqam ostida ta

04 Apr 16:20
 
88
0
xs.uz

“Man Siti” oʻz himoyachisini “Real Madrid”ga taklif qildi

'Manchester Siti' jamoasi yozgi transfer oynasi arafasida jamoani yangilash rejalari doirasida shveysariyalik himoyachi Manuel Akanjini 'Real Madrid'ga taklif qildi. Bu haqda '90min' nashri xabar bermoqda. Garchi Akanjining 'shaharliklar' bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha moʻljallangan boʻlsa-da, klub uni transferga qoʻyishga tayyor ekanini bildirgan.Manbaga koʻra, 'Siti' vakillari Madrid klubi bilan bogʻlanib, futbolchini rasmiy tarzda taklif qilgan. Biroq 'Real Madrid' ushbu

17 May 21:48
 
328
0
xs.uz

“Sportchi — yurt himoyachisi” shiori ostida sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda

Xususan, 5-may kuni talaba-yigitlar o'rtasida badminton sport turi bo'yicha universitet birinchiligi o'tkazildi. Musobaqada 50 dan ortiq sportchilar g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Mazkur bellashuvlar kelajakda nufuzli sport musobaqalari uchun sportchilar zaxirasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.6-may kuni esa talaba-qizlar o'rtasida basketbol sport turi bo'yicha universitet birinchiligi musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda 60 dan ziyod sportchilar ishtirok etib, yuqori sport mahorat