calendar 11 Apr 14:01
eye 41
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Ishchi viza”ni rasmiylashtirish uchun kompensatsiya beriladi

image
'Xorijda ish' mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga:

' xorijiy tillar yoki kasb boʻyicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda ' BHMning 3 baravarigacha miqdorda;

' xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga 'ishchi viza'ni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun ' BHMning 5 baravarigacha miqdorda;

' yoʻl chiptasini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun ' BHMning 2 baravarigacha miqdorda kompensatsiya toʻlanadi.

Sugʻurta tashkilotlariga ' 'Ijtimoiy himoya yagona reyestri' axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oila sifatida eʼtirof etilgan yoki 'Temir daftar', 'Ayollar daftari', 'Yoshlar daftari'dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarning sogʻligʻi va hayoti, har bir sugʻurtalangan fuqaro uchun yiliga bir marta 50 ming soʻmgacha miqdorda subsidiya toʻlanadi;

Xorijda mehnat qilish davrida zoʻravonlikka, majburiy mehnatga duchor boʻlgan va kamsitilgan, mehnat hamda boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolda, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz va yashash uchun mablagʻsiz qolgan Oʻzbekiston fuqarolariga advokatning, yuridik xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning yoki huquqni muhofaza qilish tashkilotlarining xizmatlari uchun belgilangan tartibda haq toʻlanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 May 13:32
 
33
0
qalampir.uz

O‘qituvchilar maosh kamligi uchun maktabga bormayapti

Bugungi kunda oliygohni tamomlayotgan, yaxshi bilimga ega xorijiy til o‘qituvchilari oylik maosh kamligi uchun maktabda ishlashni xohlamayapti. Bu haqda Ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, litsenziyalash, ta’lim sifatini ta’minlash departamenti boshlig‘i Abduvali Xoliqov kecha, 8 may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. QALAMPIR.UZ sayti jurnalisti matbuot anjumanida xorijiy til bo‘yicha oliygohni tamomlagan bitiruvchilardan diplomi bo‘lishig

14 May 18:58
 
19
0
qalampir.uz

Toshkentda 2 yoshli bola hojatxonaga tushib ketdi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 2 yoshli bola hovlisidagi hojatxonaga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumot berdi. Kecha, 13 may kuni soat 16:58 da Zangiota tumani “Harakat” mahallasida joylashgan uylarning birida 2 yoshli bola ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolgani sababli hovlidagi hojatxonaga tushib ketgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borgan va maxsus qutqaruv

14 May 14:34
 
7
0
qalampir.uz

Xorazmda er xotinini bolta bilan chopib o‘ldirdi  

Xorazm viloyati Shovot tumanida yashovchi erkak xotinini sehr-jodu bilan shug‘ullanishda ayblab, bolta bilan urib o‘ldirdi. Unga nisbatan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.  Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. Unga ko‘ra, qotillik 2023 yilning 16 dekabrida sodir bo‘lgan. 1952 yilda tug‘ilgan er o‘z xotinini sehr-jodu qilganlikda ayblagan. Janjal vaqtida erkak xonada turgan bolta bilan ayolga 17 marotaba zarba bergan. Ayol voqea joyida vafot etga

14 May 14:34
 
3
0
qalampir.uz

Samarqandda yeb-ichganiga pul to‘lashni istamay janjal ko‘targanlar hibsga olindi

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida yeb-ichgani haqini to‘lamay, ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. Qayd etilishicha, joriy yilning 11 may kuni Kattaqo‘rg‘on shahrining Zarafshon mahallasida joylashgan oshxonalarning birida janjal bo‘layotgani haqida IIB ga xabar kelib tushgan. Voqea joyiga boshqarmaning 3 nafar profilaktika inspektori yuborilganida 4 nafar shaxs judayam mas