calendar 14 May 14:34
eye 88
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Samarqandda yeb-ichganiga pul to‘lashni istamay janjal ko‘targanlar hibsga olindi

image

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida yeb-ichgani haqini to‘lamay, ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 11 may kuni Kattaqo‘rg‘on shahrining Zarafshon mahallasida joylashgan oshxonalarning birida janjal bo‘layotgani haqida IIB ga xabar kelib tushgan. Voqea joyiga boshqarmaning 3 nafar profilaktika inspektori yuborilganida 4 nafar shaxs judayam mast holatda yeb-ichgani haqini to‘lamay, oshxona egalari bilan mushtlashayotgani ma’lum bo‘lgan.

Shundan so‘ng qonunbuzarlardan biri oshxona egasi bo‘lgan ayolni haqoratlab, unga qo‘l ko‘tarayotganida IIB xodimlari ularni ajratishga harakat qilgan. Biroq erkak profilaktika inspektorlarining qonuniy talabini bajarmay, ularni ham haqoratlab, qochishga uringan va Cobalt rusumli mashinasida IIB xodimini qasddan turtib ketgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi bilan gumonlanuvchilar protsessual tartibda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 12 may kuni Toshkentda YPX xodimini urib ketgan BYD haydovchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
46
0
xs.uz

Koʻp vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar dunyoqarashini haligacha oʻzgartirmagan — Prezident

Joriy yilda Birlashgan Arab Amirliklari, Malayziya, Kuvayt va Fransiyaga tashriflarda 39 milliard dollarlik 178 ta loyiha boʻyicha kelishuvlarga erishildi.Oʻtgan hafta Samarqandda Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga 12 milliard yevro ajratishini maʼlum qildi.Shularni hisobga olib, 2025-yilda:Joriy yilning birinchi choragida mamlakatimizga 8 milliard 600 million dollar investitsiya'keldi.'Lekin koʻp vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar 'investitsiya oʻzi boʻlaveradi', degan fikr bilan yuri

21 Apr 08:33
 
43
0
xs.uz

“Dual ta’limni tashkil etishning afzalliklari” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi

Forumda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg'ona viloyati hududuy boshqamasi boshlig'i To'ychiboy Boymatov, Germaniya xalqaro tashkiloti (GIZ) loyihasi eksperti Kristian Xiris, viloyat hokimining o'rinbosari Sherzod Polvonov, Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi vakillari ishtirok etdi.'Dual ta'limda Germaniya tajribasi', 'Dual ta'limni tashkil etishda korxonalarning o'rni', 'Xususiy sektordagi ish beruvchilar hamda ta'lim muassasalari integratsiyasi', 'Farg'ona viloyat

15 Apr 07:05
 
51
0
xs.uz

15-aprel kuni qaysi hududlarda yomgʻir yogʻishi maʼlum qilindi

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga yaqin 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 26-28 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat kechga yaqin biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikd

14 Apr 06:18
 
65
0
xs.uz

14-aprel kuni baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 24-26 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.Buxoro'v