calendar 11 Apr 13:59
eye 82
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Metroda ayol kishiga shilqimlik qilgan yigit qamaldi

image

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan metropolitenning Chilonzor yo‘nalishida elektropoyezd vagoni ichida o‘ziga notanish bo‘lgan ayol kishiga shilqimlik qilgan yigit jazolandi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Voqea 01 aprel kuni soat 14:10 larda sodir bo‘lgan. 2003 yilda tug‘ilgan A.N.  o‘ziga notanish bo‘lgan ayolning belidan past qismini qo‘li bilan ushlab, shahvoniy shilqimlik qilgan.

Kecha, 8 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida  A.N.   aybini tan olgan va hozirda qilmishidan pushaymonligini, bundan keyin bu kabi harakatlarni sodir etmasligini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.

Sud qaroriga ko‘ra, sudlanuvchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41 prim 1-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan va unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Shuningdek, A.N.dan Toshkent shahar IIBB Maxsus qabulxonasi foydasiga oziq-ovqat uchun 255.000 so‘m miqdoridagi pul undirilishi belgilangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:55
 
173
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Ostonaga amaliy tashrifini yakunladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga amaliy tashrifi yakunlandi.Aeroportda oliy martabali mehmonni Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.

18 Jun 21:55
 
22
0
xs.uz

Kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, aholining koʻmakka muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Samarqand shahri, Urgut va Toyloq tumanlarida 'Parvarish xizmati' masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yoʻlga qoʻyildi. Bu yangi xizmatning koʻrsatilishi nafaqat bolalarning mu

15 Jun 20:14
 
96
0
xs.uz

Parkentda uch nafar bolaning suvda halok boʻlishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Toshkent viloyatining Parkent tumanida yuz bergan qaygʻuli holat ' uch nafar voyaga yetmagan bolaning suv havzasida choʻkib vafot etishi jamoatchilikda katta tashvish uygʻotdi. Mazkur voqea yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borildi va qonunbuzarlik holatlari aniqlandi.Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi ' axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchi bu haqda rasmiy maʼlumot berdi.Tekshirish jarayonida maʼlum bo

18 Jun 21:55
 
21
0
xs.uz

Mikro GESlar: tabiiy, ekologik toza va tejamkor

Abdulaziz Yoʻldoshev/'Xalq soʻzi'. Yaqingacha turarjoy binolariga elektr va issiqlik quvvati faqat elektr stansiyalaridan yetkazib berilardi. Elektr energiyasining asosiy qismi gaz va koʻmir yoqish hisobiga olinardi. Bugungi kunda energiya tejovchi texnologiyalar oʻrnatilib, elektr energiyasi hamda tabiiy gazni tejashga erishilmoqda. Bu muqobil energiya turlari asosan ekologik toza manbalardan foydalangan holda energiya ishlab chiqarmoqda. Ular umumiy tarmoqqa ulanmasdan, har bir hudud va ma