calendar 11 Apr 13:59
eye 100
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Nukusda O‘zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar bo‘ldi

image

Joriy yilning 1-7 aprel kunlari Nukus shahrida O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha ishlar davom ettirilgan, jumladan, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning qo‘shma majlisiga tayyorgarlik ko‘rish masalasi ko‘rib chiqilgan.

“Uchrashuv an’anaviy do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida o‘tdi”, deyiladi xabarda.

Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolangan. Bildirilishicha, navbatdagi uchrashuv Turkmaniston hududida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 6-9 sentyabr kunlari ham Nukus shahrida O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jul 04:28
 
2
0
xs.uz

Unutmang: mustaqillik – bu shunchaki rasmiy maqom emas, balki har bir yoshga oʻz taqdirini oʻzi belgilash imkonini beradigan buyuk neʼmat – Shavkat Mirziyoyev

Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvida yoshlarni kitob oʻqishga qiziqishini oshirishda tanlovlar muhim rol oʻynayotgani qayd etildi.Birgina misol, Xorazmiy maktabining 8-sinf oʻquvchisi Dilbar Haydarova 'Yosh kitobxon' tanlovida gʻolib boʻlib, ota-onasiga Prezident sovrini ' avtomobil sovgʻa qildi.'Dilbarxon qizim, sen oʻz misolingda inson chin dildan harakat qilsa, koʻp narsaga erisha olishini isbotlading, bu yoʻlda koʻpchilik uchun namuna boʻlding. Buning uchun katta rahmat senga!

13 Jun 00:38
 
91
0
xs.uz

Suvdan noqonuniy foydalanishni videoga olganlarga pul mukofoti beriladi

2025-yil 7-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 352-sonli qaroriga asosan 'Jismoniy shaxslar tomonidan qayd etilgan suv xoʻjaligi sohasidagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, koʻrib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi haqida'gi nizom tasdiqlandi.Nizomga koʻra, fuqarolar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 74-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan qoidalarni buzish holatlarini videotexnika vositalari orqal

18 Jun 21:55
 
182
0
xs.uz

Oʻzbekiston TIV vakillari Isroil va Eron elchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi

Joriy yilning 17-iyun kuni Oʻzbekiston respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev Isroil hamda Eron davlatlarining elchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati maʼlumot berdi.Unda aytilishicha, uchrashuv davomida ikki davlat elchilari bilan mintaqaviy muammolar, shu jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etish yuzasidan fikr almashilgan.Suhbat davomida Eron elchisi bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logisti

15 Jun 20:14
 
93
0
xs.uz

Hisor geologiya ekspeditsiyasi 2025-yilda oltin va boshqa foydali qazilmalarni aniqlash boʻyicha faoliyatini kengaytirmoqda (+Fotoreportaj)

Hisor markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi Oʻzbekistonning janubiy hududlarida ' Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarining togʻli hududlarida geologik izlanishlar olib borib, foydali qazilmalar boʻyicha muhim natijalarga erishmoqda. Ekspeditsiya faoliyati davomida bir qancha maʼdanli va nomaʼdan konlar topilgan, ularning zaxiralari aniqlanib, Davlat zaxiralar balansiga topshirilgan. 2025-yil uchun jami 24 ta loyiha doirasida geologik qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda.Qash