calendar 11 Apr 13:57
eye 40
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Amerikalik talabalar tarakanni kiborgga aylantiradigan qurilma yasadi (video)

image

AQSHda universitet talabalari tarakanlarni kiborgga aylantirish uchun maxsus qurilma ishlab chiqdi va ushbu to‘plamlarni savdoga chiqardi. Bu haqda “Backyard brains” nashri xabar berdi.

Bildirilishicha, qurilma hasharotning ustiga yopishtiriladi. So‘ngra u buyruq bo‘yicha razryadlarni yuboradi. Bu esa tarakanning harakatlarini boshqarish imkonini beradi. Uskuna ulanganidan so‘ng, bir necha daqiqa hasharotning moslashishini kutish kerak bo‘ladi. So‘ngra uni chap yoki o‘ngga harakatlantirish imkoni paydo bo‘ladi. Ammo simulyatsiya 2-7 kundan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotadi. Shundan so‘ng qurilma egasi hasharotni qo‘yib yuborishi va tajribani boshqa tarakan bilan davom ettirishi kerak bo‘ladi. 

Talabalar uskunaga “RoboRoach“ deb nom berdi. Qo‘shimcha jihozlarni ham o‘z ichiga olgan to‘plamning og‘irligi batareya bilan birga qo‘shib hisoblaganda 4,4 grammni tashkil qiladi. Batareyaning quvvati 1 oyga yetadi. Hozirda to‘plamning narxi 160 AQSH dollari etib belgilangan. 

Bundan tashqari, RoboRoach neyron mikrostimulyatsiyani o‘rganish va elektronika bilan shug‘ullanishda asqatishi mumkin.

 Eslatib o‘tamiz, avvalroq hindistonlik talaba inson xayollarini o‘qiydigan qurilma ixtiro qilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:57
 
52
0
qalampir.uz

Ilon Maskning kompaniyasi AQSH razvedkasi uchun josuslik tarmog‘ini yaratmoqda

Ilon Maskga tegishli SpaceX kompaniyasi Amerika razvedkasi bilan maxfiy shartnoma doirasida yuzlab josuslik sun’iy yo‘ldoshlari tarmog‘ini qurmoqda. Bu haqda kecha, 16 mart kuni manbalarga tayanib, "Reuters" xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya 2021 yilda Pentagon qoshidagi AQSH Harbiy kosmik razvedka milliy boshqarmasi bilan imzolagan 1,8 milliard dollarlik shartnomaga asosan Starshield (foydalanuvchilarga internetga kirishni ta’minlab beruvchi bo‘lim) tarmoqni

11 Apr 13:57
 
33
0
qalampir.uz

Ispaniyada Telegram'dan foydalanish taqiqlandi

Kecha, 23 mart kuni Ispaniya sudi Telegram ijtimoiy tarmog‘ining mamlakatdagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. Shunday qilib, Ispaniya Milliy sudi sudyasi Santyago Pedraz Telegram messenjerining faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish haqidagi sud qarorini ijro etishni buyurdi. Ammo qaror qachondan kuchga kirishi va qachongacha davom etishi aniq emas. Messenjer hali ham Ispaniyada ishlamoqda. Qayd etilishicha, sud bir nechta media

11 Apr 13:57
 
40
0
qalampir.uz

Amerikalik talabalar tarakanni kiborgga aylantiradigan qurilma yasadi (video)

AQSHda universitet talabalari tarakanlarni kiborgga aylantirish uchun maxsus qurilma ishlab chiqdi va ushbu to‘plamlarni savdoga chiqardi. Bu haqda “Backyard brains” nashri xabar berdi. Bildirilishicha, qurilma hasharotning ustiga yopishtiriladi. So‘ngra u buyruq bo‘yicha razryadlarni yuboradi. Bu esa tarakanning harakatlarini boshqarish imkonini beradi. Uskuna ulanganidan so‘ng, bir necha daqiqa hasharotning moslashishini kutish kerak bo‘ladi. So‘ngra uni chap

11 Apr 13:57
 
59
0
qalampir.uz

Maskning miya chipi o‘rnatilgan falaj bemor kompyuter sichqonchasini boshqardi

Amerikalik milliarder Ilon Maskga tegishli Neuralink kompaniyasi inson miyasiga chip o‘rnatish tajribalarida ilk bor muvaffaqiyatga erishdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.  Bildirilishicha, kompaniyaning neurochipi o‘rnatilgan birinchi bemor shunchaki fikrlash orqali kompyuter sichqonchasini boshqara olgan.  “Tajriba yaxshi o‘tyapti. Bemor yomon asoratlarsiz to‘liq tuzalib ketganga o‘xshaydi. Hozirda u shunchaki o‘ylash orqali sichqonch