calendar 16 May 17:23
eye 72
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Surxondaryoda ikki maktab o‘quvchisi 23 yoshli yigitni kaltakladi

image

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘chada bir yigitning ko‘pchilik tomonidan kaltaklanayotgani videosi tarqaldi. Bunga Surxondaryo viloyati IIB munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, mazkur holat joriy yilning 9 aprel kuni ro‘y bergan bo‘lib, 2006 yilda tug‘ilgan B.N. hamda uning tengdoshi M.N.lar oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirgan.  Ular jamoat joyi hisoblangan Oltinsoy tumani "Gulchechak" mahallasida joylashgan 59-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining oldidagi yo‘lda o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan tumanning "Qiziltepa" mahallasida yashovchi fuqaro – 2001 yilda tug‘ilgan X.J. bilan hech bir sababsiz tortishib, janjallashgan.  

Janjal vaqtida voyaga yetmagan B.N. va M.N.lar qo‘llari bilan jabrlanuvchining duch kelgan joyiga urib, oyoqlari bilan uning yuziga tepib, tan jarohati yetkazgan.

Shuningdek, ular atrofdagi odamlarni o‘zlariga qaratib, jamoat tartibini buzgan va jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan bezorilik jinoyatini sodir etgani aniqlangan.

“Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmaganlar B.N. va  M.N.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabarda.

 Rayhona Ulkanbayeva


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
30
0
xs.uz

Islom sivilizatsiyasining, islom taʼlimotining zamini – aslida ilm-fan, madaniyat, taʼlim va tarbiyadir – Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-yanvar kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.Bu majmua tariximizda ilgari boʻlmagan ulkan va noyob loyihadir. Bugungi kunda muhtasham bino qad rostlab, qurilish yakuniy bosqichga kirgan.Ushbu markaz Prezidentimizning 2017-yil 23-iyundagi qaroriga binoan boshlanib, 2018-yilgi Ramazon hayiti kuni davlatimiz rahbari uning poydevoriga tamal toshi qoʻygan edi.Bagʻoyat ulugʻvor markaz binosi uch q

31 Jan 15:20
 
34
0
xs.uz

Aholi murojaatlari ijobiy yechim topmoqda

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Shu kunlarda Andijon viloyatida respublika ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda. Ular tomonidan tanlab olingan mahallalarda 'Obod xonadon ' obod koʻcha ' obod mahalla' mezoni doirasidagi saʼy-harakatlarni shakllantirish, kambagʻallikni qisqartirish, aholi murojaatlarini oʻrganish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, islohotlar samaradorligini oshirishga koʻmaklashilmoqda.Baliqchi tumanidagi 'Ilgʻor' mahallasida yashovchi fuqarolarning elektr ener

31 Jan 15:21
 
35
0
xs.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev ulkan va noyob loyiha - Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.Bu majmua tariximizda ilgari bo'lmagan ulkan va noyob loyihadir. Bugungi kunda muhtasham bino qad rostlab, qurilish yakuniy bosqichga kirgan.Ushbu markaz Prezidentimizning 2017 yil 23 iyundagi qaroriga binoan boshlanib, 2018 yilgi Ramazon hayiti kuni davlatimiz rahbari' uning poydevoriga tamal toshi qo'ygan edi.Bag'oyat ulug'vor markaz binosi uch qavat

27 Jan 00:53
 
40
0
xs.uz

Mahalla institutining jamiyatdagi roli oshmoqda

Senatning uchinchi yalpi majlisida 'O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida'gi Qonun muhokama qilindi.Mamlakatimizda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, fuqarolar yig'inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini ro'yobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlas