calendar 18 Jul 11:52
eye 110
comments 0
comments Manba: xs.uz

Yorliqsiz tabletkalar “Tramadol” boʻlib chiqdi

image
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi 'Boldir' temir yoʻl chegara bojxona postiga qoʻshni davlatdan Oʻzbekiston Respublikasiga tranzit ravishda oʻtish uchun kirib kelgan temir yoʻl yuk vagonlari bojxona nazoratidan oʻtkazildi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qilishicha, temir yoʻl yuk vagonlarining birida bojxona nazoratidan xufiyona tarzda yashirilgan 2 dona oʻramlar ichida 641 dona hech qanday yorligʻi va nomi mavjud boʻlmagan tabletkalar borligi aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirildi.

Ekspertiza natijasiga koʻra, ular tarkibida 'Tramadol' giyohvandlik moddasi mavjud tabletkalar ekani maʼlum boʻldi.

Xabaringiz bor, 'tramadol' moddasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-oktyabrdagi 878-sonli qaroriga koʻra, Respublikamiz hududida muomalasi cheklangan giyohvandlik vositalari roʻyxatiga kiritilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
33
0
xs.uz

Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh

04 Apr 16:18
 
23
0
xs.uz

Shahar va viloyatlarda odam tashish huquqi boʻyicha tender eʼlon qilindi

Ushbu tender Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilmoqda. Qarorga koʻra, avtomobil transportida yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari boʻyicha tenderlar elektron shaklda tashkil etilishi belgilangan.Jarayon 15-may kuni soat 14:00 da start oladi. Takliflarni e-tender.uztrans.uz platformasi orqali taqdim qilish mumkin.

14 Apr 06:18
 
19
0
xs.uz

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oila Oʻzbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan bola va uning ota-onasi Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi voyaga yetmagan bolaning zarur hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarda yordamlashgan. Shuningdek, u Novosibirsk aeroportida ota-onasiga topshirilgan.Ushbu oila joriy yilning 9-aprel kuni Rossiyaning S7 aviakompani

20 Mar 12:54
 
56
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202