calendar 11 Apr 13:57
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ilon Maskning kompaniyasi AQSH razvedkasi uchun josuslik tarmog‘ini yaratmoqda

image

Ilon Maskga tegishli SpaceX kompaniyasi Amerika razvedkasi bilan maxfiy shartnoma doirasida yuzlab josuslik sun’iy yo‘ldoshlari tarmog‘ini qurmoqda. Bu haqda kecha, 16 mart kuni manbalarga tayanib, "Reuters" xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya 2021 yilda Pentagon qoshidagi AQSH Harbiy kosmik razvedka milliy boshqarmasi bilan imzolagan 1,8 milliard dollarlik shartnomaga asosan Starshield (foydalanuvchilarga internetga kirishni ta’minlab beruvchi bo‘lim) tarmoqni yaratish uchun mas’uldir. "Reuters" bu bilan AQSH Mudofaa vazirligi quruqlikdagi kuchlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan past orbitali sun’iy yo‘ldosh tizimlariga katta sarmoya kiritganiga ishora qilmoqda.

Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, agar ish muvaffaqiyatli bo‘lsa, SpaceX tarmog‘i AQSH Qurolli Kuchlarining Yerning deyarli istalgan nuqtasida potensial nishonlarni tezda aniqlash imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. 

Shartnomaga ko‘ra, kompaniya past orbitalarda yagona tizim sifatida ishlay oladigan yuzlab sun’iy yo‘ldoshlar bilan yangi razvedka dasturini yaratmoqda. Bu Amerika harbiy departamentiga tezda sayyoraning deyarli istalgan nuqtasining yuqori sifatli tasvirlarini olish imkonini beradi.

"Bundan hech kim yashirina olmaydi", degan "Reuters" manbalaridan biri razvedka tarmog‘ining imkoniyatlarini tasvirlab.

Qayd etilishicha, 2020 yildan buyon o‘nga yaqin prototipli razvedka sun’iy yo‘ldoshlari uchirilgan. Starshield o‘z mijozlarini uzluksiz internet bilan ta’minlash uchun mas’ul bo‘lgan 5500 ga yaqin sun’iy yo‘ldoshga ega SpaceXning Starlink tijorat tarmog‘idan ajralib turadi.

Nashr yangi razvedka yo‘ldoshlari tarmog‘i qachon ishga tushishi haqida ma’lumot bermadi. SpaceX ham ushbu ma’lumotga izoh berish so‘rovlariga javob qaytarmagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:57
 
33
0
qalampir.uz

Ispaniyada Telegram'dan foydalanish taqiqlandi

Kecha, 23 mart kuni Ispaniya sudi Telegram ijtimoiy tarmog‘ining mamlakatdagi faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. Shunday qilib, Ispaniya Milliy sudi sudyasi Santyago Pedraz Telegram messenjerining faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish haqidagi sud qarorini ijro etishni buyurdi. Ammo qaror qachondan kuchga kirishi va qachongacha davom etishi aniq emas. Messenjer hali ham Ispaniyada ishlamoqda. Qayd etilishicha, sud bir nechta media

11 Apr 13:57
 
40
0
qalampir.uz

Amerikalik talabalar tarakanni kiborgga aylantiradigan qurilma yasadi (video)

AQSHda universitet talabalari tarakanlarni kiborgga aylantirish uchun maxsus qurilma ishlab chiqdi va ushbu to‘plamlarni savdoga chiqardi. Bu haqda “Backyard brains” nashri xabar berdi. Bildirilishicha, qurilma hasharotning ustiga yopishtiriladi. So‘ngra u buyruq bo‘yicha razryadlarni yuboradi. Bu esa tarakanning harakatlarini boshqarish imkonini beradi. Uskuna ulanganidan so‘ng, bir necha daqiqa hasharotning moslashishini kutish kerak bo‘ladi. So‘ngra uni chap

11 Apr 13:57
 
59
0
qalampir.uz

Maskning miya chipi o‘rnatilgan falaj bemor kompyuter sichqonchasini boshqardi

Amerikalik milliarder Ilon Maskga tegishli Neuralink kompaniyasi inson miyasiga chip o‘rnatish tajribalarida ilk bor muvaffaqiyatga erishdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.  Bildirilishicha, kompaniyaning neurochipi o‘rnatilgan birinchi bemor shunchaki fikrlash orqali kompyuter sichqonchasini boshqara olgan.  “Tajriba yaxshi o‘tyapti. Bemor yomon asoratlarsiz to‘liq tuzalib ketganga o‘xshaydi. Hozirda u shunchaki o‘ylash orqali sichqonch

10 May 13:31
 
25
0
qalampir.uz

100 ga yaqin mamlakatda iPhone foydalanuvchilari kiberhujumga uchradi

Apple 92 mamlakatdagi foydalanuvchilarga josuslik dasturlari hujumi qurboni bo‘lgani haqida bildirishnoma yubordi. Bu haqda bugun, 11 aprel kuni “Reuters” xabar berdi. “Apple siz Apple ID bilan bog‘langan iPhone'ni masofadan buzishga urinayotgan xakerlik josuslik dasturi hujumi qurboni ekanligingizni aniqladi”, deyiladi foydalanuvchilarga yuborilgan xabarda. Bildirishnomada tajovuzkorlar haqida batafsil ma’lumotlar va foydalanuvchilari ogohlantiri