calendar 10 May 13:31
eye 52
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

100 ga yaqin mamlakatda iPhone foydalanuvchilari kiberhujumga uchradi

image

Apple 92 mamlakatdagi foydalanuvchilarga josuslik dasturlari hujumi qurboni bo‘lgani haqida bildirishnoma yubordi. Bu haqda bugun, 11 aprel kuni “Reuters” xabar berdi.

“Apple siz Apple ID bilan bog‘langan iPhone'ni masofadan buzishga urinayotgan xakerlik josuslik dasturi hujumi qurboni ekanligingizni aniqladi”, deyiladi foydalanuvchilarga yuborilgan xabarda.

Bildirishnomada tajovuzkorlar haqida batafsil ma’lumotlar va foydalanuvchilari ogohlantirilgan mamlakatlarning nomlari ko‘rsatilmagan. 

“Ilgari bunday miqyosdagi kiberhujumlar haqida gap ketganda, Apple ularni "davlat homiyligida" deb ta’kidlagan bo‘lsa, endi bu ibora yo‘qoldi”, deb ta’kidlaydi “Reuters”.

Oxirgi xabarnomada foydalanuvchilar “yollangan xakerlarning maqsadli hujumi” qurboni bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi aytiladi.

“Reuters” manbasiga ko‘ra, Apple Hindiston hukumatining kompaniyadan yirik kiberhujumlarni davlat bilan bog‘lamaslikni talab qilgan bosimidan so‘ng matnni o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, 2023 yilning kuzida Hindistondagi muxolifat siyosatchilari Bosh vazir Narendra Modi hukumatini ularning mobil telefonlarini buzib kirishga urinishda aybladi. Bu Apple "davlat tomonidan homiylik qilingan" xakerlik hujumlari haqida ogohlantirganidan keyin sodir bo‘ldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Jul 11:38
 
79
0
qalampir.uz

Yaponiya bir soniyada 12,5 mingta filmni yuklay oladigan internet tezligiga erishdi

Yaponiya bir soniyada 12 500 ta filmni yuklab oladigan internet tezligiga erishdi. Bu haqda “SAYS” nashri xabar berdi. Qayd etilishicha, Yaponiya milliy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari instituti olimlari optik tola orqali ma’lumotlarni tez uzatish tezligiga erishgan. Ma’lumotlarni uzatish tezligi sekundiga 402 terabitni tashkil etdi – bu Buyuk Britaniyadagi o‘rtacha keng polosali tezlikdan taxminan 5 million marta yuqori. Bu tezlik bir soniyada 12500 ta filmn

28 Jul 18:18
 
69
0
qalampir.uz

Turkiya o‘zining sun’iy yo‘ldoshini koinotga uchirdi (video)

Turk muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan Türksat 6A deb nomlangan birinchi mahalliy sun’iy yo‘ldosh kecha, 8 iyul kuni Turkiya vaqti bilan soat 02:30 da Space X Falcon 9 raketasi bilan 40-raketa majmuasidan koinotga yuborildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Türksat 6A aloqa sun’iy yo‘ldoshi Florida shtati Kanaveral burnidagi AQSH havo kuchlari stansiyasidan uchirilgan. Florida shtatidagi Cape Canaveral kosmodromida o‘tkazilgan