calendar 16 May 18:45
eye 50
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Maradonaning “Oltin to‘p”i auksionga qo‘yildi

image

“Napoli” va “Barselona”ning argentinalik afsonaviy sobiq hujumchisi Diyego Maradonaning 1986 yilda qo‘lga kiritgan “Oltin to‘p”i kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, balandligi 28 sm, diametri 15,86 sm bo‘lgan sovrin yana bir necha parametlar bilan kimoshdi platformasiga joylashtirilgan. Savdo ishtirokchilaridan joriy yilning 6 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan auksionda ishtirok etish uchun 150 ming yevro miqdorida depozit qo‘yish so‘raladi.

Ma’lumot uchun, Maradona professional futbolchilik faoliyatini 1976 yilda Argentinaning “Argentinos Xuniors” klubi tarkibida boshlagan. 1982 yilda hujumchi “Barselona”ga o‘tdi. 1984 yilda esa u Italiyaning “Napoli” klubi futbolchisiga aylandi, Neapol klubi bilan Diyego ikki marta milliy chempionat, Italiya kubogi, UEFA kubogi va mamlakat Superkubogida g‘olib chiqdi.

1986 yilda Diyego Maradona Argentina terma jamoasiga Jahon chempionatida g‘alaba qozonishda yordam berdi. Hujumchi turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Afsonaviy argentinalik hujumchi 2020 yilning kuzida 60 yoshida vafot etgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
9
0
postda.uz

CHEMPIONATDA VAKILLARIMIZ MUNOSIB O‘RIN OLISHDI

Buxoroda o‘tkazilgan sportning sambo va jangovar sambo turlari bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ham munosib ishtirok etishdi. 21 ta vazn toifasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardan tashrif buyurgan 365 nafar sportchilar orasida Buxoro viloyati IIB TVBSO xodimlari quyidagi natijalarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, sportning sambo turida 88 kg vazn toifasida serjant Xudoyor Ibroimo

20 Mar 12:50
 
8
0
postda.uz

VAZIR KUBOGIGA START BERILDI

Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi

19 Feb 00:22
 
26
0
xs.uz

Saudiya Arabistonida oʻtadigan Jahon chempionatida alkogol taqiqlandi, ammo LGBTQIA+ vakillariga ruxsat beriladi

Elchi mehmonlar Saudiya Arabistonining madaniyatiga hurmat bilan yondashishi kerakligini taʼkidlab, hatto mehmonxonalar ichida ham alkogol sotilmasligini eslatib oʻtdi. U Britaniyaning LBC radiostansiyasiga bergan intervyusida: 'Biz spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishga ruxsat bermaymiz. Ichmasdan ham ajoyib vaqt oʻtkazish mumkin. Agar turnirdan keyin ichishni istasangiz, boshqa joyga borib iching, lekin hozircha bizda alkogol yoʻq', ' deya bayonot berdi.Saudiya Arabistonining Jahon chemp

06 Mar 16:13
 
27
0
xs.uz

Toshkentda golbol bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazildi

' 'Moskva' (Rossiya) ' oltin;' 'Toshkent' (O'zbekiston) ' kumush;' 'Atirau' (Qozog'iston) ' bronza.Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, kubok hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.