calendar 07 Jul 08:44
eye 73
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yevro-2024: Bugun chorak final yakunlanadi

image

Bugun, 6 iyul kuni futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining chorak final bahslari nihoyasiga yetadi. Mazkur bosqich doirasida yana 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Yarim final yo‘llanmasi uchun Angliya Shveysariya bilan, Turkiya esa Niderlandiya bilan kuch sinashadi. Mazkur qarama-qarshiliklar g‘oliblari yarim finalda o‘zaro kuch sinashadi.

Ma’lumot uchun, Angliya-Shveysariya o‘yini Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlansa, Niderlandiya-Turkiya bahsi 23:55 da start oladi.

Yevro-2024 yarim finalining ikkinchi yarim finalida Fransiya-Ispaniya bilan to‘qnash keladi. Yarim final o‘yinlari 10-11 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:45
 
46
0
xs.uz

Tolibboy Yoʻldashev Parijda tengsiz boʻldi

Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.Maʼlum boʻlishicha, para yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida F37 klassida disk uloqtirish dasturida final bahsi yakunlandi.Ushbu yoʻnalishda ishtirok etgan hamyurtimiz Tolibboy Yoʻldashev 57.28 metr natija qayd etgan holda delegatsiyamizga navbatdagi oltin medalni qoʻshib qoʻydi.Ushbu dasturda qatnashgan yana bir vakilmiz Qudratullaxon Maʼrufxoʻjayev

03 Sep 21:36
 
19
0
xs.uz

“Paxtakor”ni Toshkentda tiz choʻktirgan Saudiya klubi terma jamoamizning asosiy oʻyinchisini transfer qildi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasining asosiy yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Otabek Shukurov faoliyatini Saudiyaning 'Al-Fayha' klubida davom ettiradi. Saudiyaliklar Shukurov uchun 'Kayserispor' jamoasiga 400 ming yevro toʻlab beradi. Otabek yangi jamoasi bilan bir yilga moʻljallangan shartnoma imzoladi.Eslatib oʻtamiz, Shukurov qishda 'Kayserispor' bilan bitim imzolagandi. Undan ol

03 Sep 21:36
 
38
0
xs.uz

Zamonamizning eng yaxshi hujumchilaridan biri terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi

Urugvaylik hujumchi Luis Suares 37 yoshida terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. U bu haqda oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirgan.Qayd etish kerakki, Luis terma jamoa libosidagi 142 ta oʻyinda 69 ta gol urgan. Shu tariqa Urugvayning barcha vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurari boʻlgan Suares juma kuni Paragvayga qarshi soʻnggi xalqaro oʻyinini oʻtkazadi.Uchrashuv Montevideodagi 'Sentenario' stadionida boʻlib oʻtadi. Ushbu uchrashuv zamonamizning eng yaxs

20 Sep 00:23
 
31
0
xs.uz

Yangi mavsumda YCHL uchrashuvlarini qaysi telekanalda tomosha qilishimiz mumkin?

Futbol boʻyicha Yevropa Chempionlar Ligasining yangi mavsumdagi uchrashuvlari 'Zoʻr TV' kanalida namoyish etiladi. Hozircha har bir turda bittadan uchrashuv translyatsiya qilinishi mumkin. Boshqa telekanallar bilan hamkorlik haqida xabar berilmagan.Yangicha tizimda oʻtkazilayotgan musobaqalar haftaning uch kunida boʻlib oʻtadi. Shu sababli har bir oʻyin kunida bittadan markaziy uchrashuv efirga qoʻyiladi. 17-sentyabr kuni birinchi tur doirasida 'Milan'''Liverpul', 'Yuventus'''PSV', 'Real'