calendar 03 Sep 21:36
eye 11
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Paxtakor”ni Toshkentda tiz choʻktirgan Saudiya klubi terma jamoamizning asosiy oʻyinchisini transfer qildi

image
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining asosiy yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Otabek Shukurov faoliyatini Saudiyaning 'Al-Fayha' klubida davom ettiradi. Saudiyaliklar Shukurov uchun 'Kayserispor' jamoasiga 400 ming yevro toʻlab beradi. Otabek yangi jamoasi bilan bir yilga moʻljallangan shartnoma imzoladi.

Eslatib oʻtamiz, Shukurov qishda 'Kayserispor' bilan bitim imzolagandi. Undan oldin esa Turkiyaning boshqa bir jamoasi 'Fotih Karagyumruk' safida toʻp surgandi.

28 yoshli futbolchi professional faoliyatini 2014-yilda 'Mashʼal' klubida boshlagan. Undan tashqari 'Bunyodkor', 'Buxoro' va 'Sharja' klublari sharafini ham himoya qilgan.

Qayd etish kerakki, oʻtgan mavsumda Osiyo Chempionlar ligasi doirasida 'Al-Fayha' klubi ikki oʻyinda ham mamlakatimiz chempioni 'Paxtakor' klubini Toshkentda 1:4 hisobida yutgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining mezbonlari aniq bo‘ldi

2030 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari Fransiyaning Alp tog‘larida bo‘lib o‘tadi,  2034 yilgi bahslar uchun esa Amerikaning Solt-Leyk-Siti shahri tanlandi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) o‘z bayonotida ma’lum qildi. ”XOQ 2034 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari AQSHning Yuta shtati Solt-Leyk-Siti shahrida o‘tkazilishini mamnuniyat bilan e’lon qiladi”, deydi tashkilot prezidenti Tomas Bax. Amerikaning Solt-Leyk-Siti shahri 2002 yi

26 Jul 10:19
 
45
0
qalampir.uz

Parij-2024: Selin Dion va Ledi Gaga ochilish marosimida qatnashadi

Mashhur xonandalar Selin Dion va Ledi Gaga Parijdagi Olimpiada ochilish marosimida chiqish qiladi. Bu haqda “The Independent” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Dion va Ledi Gaga Edit Piafning “La Vie en rose” qo‘shig‘ini kuylaydi. Qayd etilishicha, Dion 2022 yildan buyon ilk bor sahnaga chiqadi, o‘shanda u mushaklaridagi muammo tufayli jahon turnesini bekor qilgan. Ma’lumot uchun, 56 yoshli Selin Dion “My heart will go on”, “I'm alive&rd

26 Jul 10:19
 
34
0
qalampir.uz

XXI asrning eng yaxshi tennischisi e’lon qilindi

“Katta Dubulg‘a”ning 20 karra chempioni, dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi, shveysariyalik Rojer Federer XXI asrning eng yaxshi tennischisi deb topildi. Bu haqda ESPN xabar berdi. Nashr talqiniga ko‘ra, ikkinchi o‘rinda “Katta dubulg‘a” turnirlarining 24 karra g‘olibi, dunyoning sobiq birinchi raketkasi, serbiyalik tennischi Novak Jokovich qayd etilgan. Kuchli uchlikni 22 karra “Katta dubulg‘a” g‘olibi, ispaniyalik tennischi Rafael

29 Jul 12:02
 
107
0
qalampir.uz

Diyora Keldiyorova Olimpiada chempioni bo‘ldi

Diyora Keldiyorova O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiadada oltin medal yutgan ilk ayol sportchi sifatida tarixdan joy oldi. Bu O‘zbekistonning bu yilgi Olimpiadadagi dastlabki medaliga aylandi. Hali shu paytgacha o‘zbekistonlik ayol sportchilardan hech kim bunday muvaffaqiyatga erishmagan. Hozirgacha yozgi Olimpiya o‘yinlarida Yekaterina Xilko bronza medalini qo‘lga kiritgan (Pekin-2008, trampolinda sakrash) va ayollar orasida medal olgan yagona sportchi edi. Keldiyorova finalda k