calendar 26 Jul 10:19
eye 32
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

XXI asrning eng yaxshi tennischisi e’lon qilindi

image

“Katta Dubulg‘a”ning 20 karra chempioni, dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi, shveysariyalik Rojer Federer XXI asrning eng yaxshi tennischisi deb topildi. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Nashr talqiniga ko‘ra, ikkinchi o‘rinda “Katta dubulg‘a” turnirlarining 24 karra g‘olibi, dunyoning sobiq birinchi raketkasi, serbiyalik tennischi Novak Jokovich qayd etilgan. Kuchli uchlikni 22 karra “Katta dubulg‘a” g‘olibi, ispaniyalik tennischi Rafael Nadal yakunladi.

Reytingni tuzishda nashrning butun dunyo bo‘ylab bo‘limlari o‘z nomzodlarini ko‘rsatdi, keyin esa ma’lum sport yulduzlari uchun 70 mingga yaqin ovoz to‘plandi.

Federer 2022 yil sentyabr oyida Londonda bo‘lib o‘tgan Leyver kubogida qatnashganidan so‘ng sportni tark etdi. Rojer “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqada 22 karra chempion, jahonning sobiq birinchi raqamli tennischisi, ispaniyalik Rafael Nadal bilan juftlik bahslarida xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi. Shveysariyalik tennischi faoliyati yakunida ba’zan ko‘rgazmali o‘yinlarda kortga chiqishini inkor etmadi, biroq u to‘liq sportga qaytmasligini, bundan tashqari “Katta dubulg‘a” turnirlariga ham ishtirok etmasligini bildirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
31
0
qalampir.uz

Futbolchilarim matonat ko‘rsatdi – Temur Kapadze

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Parijdagi Olimpiadada Ispaniyaga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. “O‘yindan mamnunman. Futbolchilar matonat va chinakam jamoaviy ruhni ko‘rsatdi. Raqiblarimiz dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri, ammo so‘nggi daqiqalargacha kurashdik. Bahs davomida biz barcha o‘zbekistonliklarning qo‘llab-quvvatlashini sezib turdik. Bizga ishongan barchaga rahmat!” deydi Kapadze.

19 Jul 09:30
 
70
0
qalampir.uz

Mbappe Madridda mashina hayday olmaydi

Rasman “Real” futbolchisiga aylangan fransiyalik futbolchi Kilian Mbappe Madridda avtomobil haydash imkoniyatiga ega emas. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, 25 yoshda Mbappeda haydovchilik guvohnomasi yo‘q va futbolchining o‘zi ham avtomobil boshqarishga unchalik qiziqmaydi.  “Menda haydovchilik guvohnomasi kabi oddiy narsalar yo‘q. Qisqa vaqtda yaxshigina yutuqlarga erishdim, ixtiyorimda haydovchilar bor. Haydovchilik guvoh

19 Jul 17:54
 
69
0
qalampir.uz

Olimpiada vaqtida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Fransiya xavfsizlik xizmatlari Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida uyushtirilishi mumkin bo‘lgan teraktlarning oldini olmoqda. Bu haqda “France24” telekanali xabar berdi. Manbaga ko‘ra, xavfsizlik xizmatlari Parijdagi Olimpiada o‘yinlari vaqtida teraktlar tayyorlaganlikda gumon qilingan ekstremistni qo‘lga olgan. Telegram'dagi “Fransiya Aryan Division” guruhining ma’muri bo‘lgan 18 yoshli yigit hozirda Fransiya shimoli-sharqida hibsga o

24 Aug 17:27
 
19
0
xs.uz

Krishtianu Ronaldu Saudiyada jazoga tortilishi mumkin

Gap shundaki, Saudiya Arabistoni Superkubogi finalida 'Al-Nasr' 'Al-Hilol'ga qarshi bahs olib bordi va 1:4 hisobida magʻlub boʻldi. Ar-Riyod klubi hisobidagi yagona golni Ronaldu oʻz nomiga gol yozdirib qoʻydi.Musobaqaning taqdirlash marosimida magʻlub jamoaning portugaliyalik 39 yoshli futbolchisi ikkinchi oʻrin uchun beriladigan medalni taqishni rad etgan.Shuningdek, uchrashuvning ikkinchi boʻlimida Krishtianu jamoadoshlarini 'uxlayotganlikda' ayblab, imo-ishora qilgani ham futbolchinin