calendar 04 Jun 10:38
eye 47
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Serial tugadi. Rasman Mbappe “Real” futbolchisiga aylandi

image

Madridning “Real” klubi o‘zining rasmiy saytida fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

25 yoshli fransiyalik futbolchining ispan klubi bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Mbappe "Real"ga erkin agent sifatida o‘tadi.

Rasmiy bayonotdan so‘ng, Madrid klubi sayti va xususan, yangilikning o‘zi foydalanuvchilar oqimi bilan bog‘liq nosozliklar tufayli bir muddat ko‘rish uchun mavjud bo‘lmay qoldi.

Mbappe 2017 yildan buyon PSJda o‘ynagan. Parijliklar safida forvard olti karra Fransiya chempioni bo‘ldi va to‘rt marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. Fransiya terma jamoasi bilan birgalikda 2018 yilda jahon chempioni, 2022 yilda esa vitse-chempion bo‘ldi.

O‘tgan mavsumda Mbappe "PSJ" safida 48 ta o‘yin o‘tkazib, 44 ta gol urgan. Transfermarkt futbolchini 180 million yevroga baholamoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
49
0
qalampir.uz

Parij-2024: Argentinalik futbolchining qimmatbaho narsalari o‘g‘irlandi

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Tiago Almadaning buyumlari futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining guruh bosqichining ochilish bosqichi oldidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Argentina olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano “TyC Sports”ga bergan intervyusida aytdi. “Tiago Almadaning buyumlari o‘g‘irlangan, uzuklar va soatlar mashg‘ulotdan so‘ng yo‘qolgan, ammo biz bu haqda qayergadir murojaat qilishni istamadik”, deydi Maskerano

11 Aug 03:44
 
26
0
xs.uz

Svetlana Osipova Parij Olimpiadasi kumush medali sohibasi!

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz ishtiroklarini davom ettirmoqda.Taekvondo WT boʻyicha +67 kg vazn toifasida bellashuvlarda qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Svetlana Osipova faoliyatidagi ikkinchi Olimpiadasida birinchi finalini oʻtkazdi.Hamyurtimiz oltin medal uchun kurashda mezbonlar vakilasi Alteya Lorenga qarshi bellashdi. Murosasiz kechgan bahsning birinchi raundida 0:3 hisobida yutqazib qoʻygan boʻlsa, ikkinchisida

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

Humoyun To‘xtamurodovning jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov navbatdagi jangini 27 iyul kuni Qozog‘istonning Oqtov shahrida o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. O‘sha kuni 25 yoshli To‘xtamurodov Naiza 64 turnirida oktagonga ko‘tariladi. Unga qozog‘istonlik Andrey Mixaylov raqiblik qiladi. O‘zbekiston vakilining jangi prelim karddan o‘rin olgan. Turnirning asosiy kardida 2 ta jang bo‘lib o‘tadi. Prelim kardda To‘xtamurodovning jangidan

19 Jul 11:44
 
66
0
qalampir.uz

Mbappe La Liganing eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘lolmadi

Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong Ispaniya La Ligasining 2024/2025 yilgi mavsumida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylandi. Bu haqda “Kapology ” moliyaviy portali xabar berdi. Niderlandiyalik futbolchining soliqlardan tashqari maoshi yiliga 37,5 million yevroni tashkil qiladi. 2-o‘rinda Kataloniya jamoasining polshalik hujumchisi Robert Levandovski egalladi. Uning maoshi yiliga 33,3 million yevro qilib belgilangan. 3-o‘rinni &