calendar 11 Aug 03:44
eye 28
comments 0
comments Manba: xs.uz

Svetlana Osipova Parij Olimpiadasi kumush medali sohibasi!

image
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz ishtiroklarini davom ettirmoqda.

Taekvondo WT boʻyicha +67 kg vazn toifasida bellashuvlarda qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Svetlana Osipova faoliyatidagi ikkinchi Olimpiadasida birinchi finalini oʻtkazdi.



Hamyurtimiz oltin medal uchun kurashda mezbonlar vakilasi Alteya Lorenga qarshi bellashdi. Murosasiz kechgan bahsning birinchi raundida 0:3 hisobida yutqazib qoʻygan boʻlsa, ikkinchisida 3:3 hisobi qayd etildi. Ammo bahsdagi faollik hisobiga gʻalaba mezbon sportchiga berildi.

Qayd etish kerakki, hamyurtimiz 'Parij-2024'da oʻz ishtirokini 1/8 final bosqichidan boshladi. Ushbu bosqichda u Kot-dʻ Ivuar vakilasi Astan Batilini 2:1 hisobida yengdi. Chorak finalda XXXIII yozgi Olimpidada uchinchi raqamda saralangan Buyuk Britaniya vakili Rebekka Makgouendan 2:0 hisobida ustun keldi. Yarim finalda turnirda ikkinchi raqamda saralangan Janubiy Koreya taekvondochisi Dabin Lini 2:0 hisobida magʻlub etdi.

Svetlana Osipova 2000-yil 3-may kuni tavallud Toshkent shahrida tugʻilgan. Hamyurtimiz 2017-yilda Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2018 va 2022-yillarda oʻtkazilgan yozgi Osiyo oʻyinlarida bronza medallariga sazovor boʻlgan.

Bundan tashqari, Svetlananing hisobida 2019-yilda tashkil etilgan Butunjahon armiya oʻyinlarining, 2021-yilda tashkil etilgan Islom birdamlik oʻyinlarining, 2022-yil boʻlib oʻtgan jahon chempionatining oltin medallari bor. Oʻtgan yil oʻtkazilgan jahon chempionatida esa u kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Avvalroq, 'Tokio-2020' gʻolibi Akbar Joʻrayev 'Parij-2024'da kumush medaliga ega chiqqandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
46
0
qalampir.uz

Parij-2024: Mali-Isroil o‘yini uchun xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Parijdagi huquq-tartibot idoralari xodimlari 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida Isroil va Mali terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini ko‘radi. Bu haqda “L’Equipe” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, o‘yin xavfsizligini ta’minlash uchun Mali-Isroil jamoalari o‘rtasidagi guruh bosqichi o‘yini o‘tkaziladigan “Park de Prens” stadioniga mingga yaqin politsiyachi jalb etiladi. Ma’lumot uchun, Mali-Isroil uchrashuvi Tosh

19 Jul 11:40
 
74
0
qalampir.uz

FIFA Isroil klublarini musobaqalardan chetlatishi kutilmoqda

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tashkilot kengashi yig‘ilishida Isroil jamoalari va klublarini xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 20 iyul kuni FIFA kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Advokat Maks du Plessis Isroil rasmiylarining Falastindagi harakatlari FIFA'ning asosiy maqsad va g‘oyalariga putur yetkazishi haqida hisobot tayyorladi. Hisobo

26 Jul 10:21
 
41
0
xs.uz

Ibrohimhalil Yo‘ldoshev O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibidan chiqdi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada oʻyinlari doirasida futbol musobaqasi boʻlib oʻtmoqda. Jumladan, 24-iyul kuni Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi ham oʻzining ilk oʻyinini oʻtkazdi. Oʻsha kuni ularga Ispaniya jamoasi raqiblik qildi va 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.Timur Kapadze shogirdlari guruh bosqichining 2-tur oʻyinini Misr U-23 terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Uchrashuv 27-iyul kuni 20:00 da start oladi.Biroq oʻsha kuni Oʻzbekiston Olimp

08 Sep 16:45
 
38
0
xs.uz

Nurxon Qurbonova – Paralimpiya oʻyinlari chempioni

Parij-2024 yozgi Paralimpiya oʻyinlarining bugungi bahslarini ajoyib yangilik bilan boshlaymiz. Para yengil atletikachimiz Nurxon Qurbonova F54 klassida nayza uloqtirish bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Yanada ahamiyatlisi, yurtdoshimiz musobaqada 21.12 metr natija qayd etib, yangi jahon rekordini ham oʻrnatishga erishdi. Ofarin, Nurxon!Shu tariqa, delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 10 ta oltin, 8 ta kumush va 6 ta bronzaga yetdi.Foto: Husniddin Ato