calendar 19 Jul 11:40
eye 75
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

FIFA Isroil klublarini musobaqalardan chetlatishi kutilmoqda

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tashkilot kengashi yig‘ilishida Isroil jamoalari va klublarini xalqaro musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

20 iyul kuni FIFA kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Advokat Maks du Plessis Isroil rasmiylarining Falastindagi harakatlari FIFA'ning asosiy maqsad va g‘oyalariga putur yetkazishi haqida hisobot tayyorladi. Hisobotda, shuningdek, Isroil inson huquqlarini poymol qilayotgani, mamlakat rasmiylari millatiga ko‘ra kamsitishlari, bu insonparvarlik maqsadlari va FIFA pozitsiyasiga zid ekanligi qayd etilgan.

May oyida Falastin futbol assotsiatsiyasi prezidenti Jibril Rajup FIFA'dan Isroil futbol federatsiyasining tashkilotdagi a’zoligini to‘xtatishni talab qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil parlamenti Falastin davlati tuzilishiga qarshi chiqqani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi IBAʼni tan olingan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqardi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Xalqaro boks assotsiatsiyasini (IBA) tan olingan federatsiyalar ro‘yxatidan chiqardi. Bu haqda XOQ o‘z qarorida ma’lum qildi. Qaror XOQning Parijdagi sessiyasida qabul qilindi va u bir ovozdan qabul qilindi. XOQ va IBA muammolari 2019 yilda federatsiyaning oldingi rahbarligida boshqaruv, moliya va hakamlik bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelganida paydo bo‘lgan. 2020 yilda rossiyalik Umar Kremlev IBA rahbari bo‘ldi, ammo bu federatsiyaga X

26 Jul 10:19
 
31
0
qalampir.uz

Futbolchilarim matonat ko‘rsatdi – Temur Kapadze

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Parijdagi Olimpiadada Ispaniyaga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. “O‘yindan mamnunman. Futbolchilar matonat va chinakam jamoaviy ruhni ko‘rsatdi. Raqiblarimiz dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri, ammo so‘nggi daqiqalargacha kurashdik. Bahs davomida biz barcha o‘zbekistonliklarning qo‘llab-quvvatlashini sezib turdik. Bizga ishongan barchaga rahmat!” deydi Kapadze.

21 Jul 21:59
 
92
0
xs.uz

“Navbahor”ga yangi murabbiy tayinlandi

Lushan murabbiylik faoliyati davomida 2014-2023-yillarda Oʻzbekiston ('U-19') oʻsmirlar terma jamoasi, 'Bunyodkor' (Toshkent), 'Soʻgʻdiyona' (Jizzax), 'Dinamo' (Samarqand), Belarusning 'Shaxtiyor' (Soligorsk), 'Shaxtiyor' (Petrikov) jamoalarida ishlagan. U soʻnggi paytlarda, Odil Ahmedov futbol akademiyasi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.Eslatib oʻtamiz, 'Navbahor'ni 2021-yildan buyon boshqarib borayotgan Samvel Babayan Oʻzbekiston Superligasining 2024-yilgi mavsumi bir

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

“Real Madrid” yana bir rekord o‘rnatdi

“Real Madrid” bir mavsumda daromadi 1 milliard yevrodan oshgan birinchi futbol klubi bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Futbolchi transferlarini hisobga olmaganda, “Real Madrid”ning daromadi 1,073 milliard yevroni tashkil etdi. Bu moliyaviy yil davomida klubning sof foydasi taxminan 16 million yevroni tashkil qildi. 2023/24 yilgi mavsum yakunida “Real” Yevropa Chempionlar ligasi, Ispaniya chempionati va mamlakat Superkubogini qo‘lga k