calendar 16 May 18:35
eye 81
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Suiqasdga uchragan Slovakiya Bosh vaziri yana operatsiya qilinadi – OAV

image

Kecha, 15 may kuni suiqasdga uchragan Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso yana bir operatsiyani boshdan kechiradi. Bu haqda “Pravda” axborot portali xabar berdi.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, 15 may kuni besh soat davom etgan operatsiya davomida shifokorlar Fitsoning qorin bo‘shlig‘idagi qon ketishini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan. Qon to‘xtatuvchi dorilar muammoga olib kelishi mumkin. Bosh vazir son bo‘g‘imidagi operatsiyani kutmoqda.

Shu bilan birga, Slovakiya Mehnat vaziri Erik Tomas Bosh vazirning sog‘lig‘i haqidagi rasmiy xabarlar "o‘rtacha optimistik" degan fikrni bildirdi. Uning aytishicha, Robert Fitsoning ahvoli og‘ir.

Slovakiya ommaviy axborot vositalari Fitsoga suiqasd Slovakiyadagi siyosiy hayotga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini taxmin qilmoqda. Fuqarolar, hatto Bosh vazir tarafdori bo‘lmaganlar ham sodir bo‘lgan voqeadan g‘azablanib, u bilan birdam bo‘lib, tezroq sog‘ayib ketishini tilamoqda. Bu fakt Yevroparlamentga bo‘lib o‘tadigan saylov natijalarida ham o‘z aksini topishi kutilmoqda. Fitso boshchiligidagi “Yo‘nalish – Sotsial-demokratiya” partiyasining pozitsiyasi sezilarli darajada mustahkamlandi va ko‘plab saylovchilar saylovda ushbu siyosiy kuchdan nomzodlarga o‘z ovozlarini berishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 may kuni Slovakiya Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng Bosh vazir Robert Fitso tashqarida yig‘ilganlar oldiga chiqqanida, unga qarata o‘q uzilgandi. Shundan so‘ng, Fitso zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan. Xalqaro maydonda ushbu hujum qo‘rquv va g‘azab bilan qarshi olindi. Qator dunyo mamlakatlari yetakchilari ushbu holatga nisbatan o‘z reaksiyalarini bildirdi. Fitsoning o‘zi aprel oyida Facebook’dagi sahifasida slovakiyaliklarga videomurojaat qilib, respublika hukumat koalitsiyasiga kiruvchi partiyalarning yetakchi siyosatchilaridan biriga suiqasd uyushtirish xavfi borligindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:38
 
54
0
xs.uz

“Xiaomi”ning “SU7 Ultra” elektromobili noroziliklarga sabab boʻldi

'Xiaomi' kompaniyasining 'SU7 Ultra' mashinalari ustidan bir nechta mijozlar shikoyat qilishgan. Bu haqda 'CarNewsChina' nashri xabar qildi.Norozilikka eʼlonlarda funksionalligi aytilgan karbon tolali mashina kapotining faqat dekoratsiya vazifasini bajarayotgani sabab boʻlgan.7-may kunida esa kompaniya oʻzining marketing xabarlaridagi chalkashlikni tan olib, uzr soʻradi. 'Xiaomi' uglerod tolali kapot birinchi navbatda avtomobil koʻrinishida oʻzgarish yasash va qisman havo oqimi yoʻnalishi

01 Jun 03:48
 
129
0
xs.uz

Ukraina Germaniyadan qanday yordam olmoqda?

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Berlinga qilgan tashrifi matbuot anjumani bilan yakunlandi. Tashrif davomida harbiy yordam masalasiga oid aniq maʼlumotlar berilmadi. Faqatgina Germaniya kansleri Fridrix Mers Germaniyaning Ukraina hududini 'Starlink' tizimi bilan qamrab olishga qaratilgan dasturni moliyalashtirishda muhim rol oʻynashini taʼkidladi.Ayni paytda mazkur xarajatlarning asosiy qismi Polsha tomonidan qoplangan. Polsha 90 million yevro miqdorida mablagʻ ajratib, Ukrainaga 2

13 May 14:38
 
134
0
xs.uz

Nihoyat Gʻazoda tinchlik oʻrnatilishi mumkin

AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va HAMAS mojarosini tugatish uchun 'soʻnggi qadam'ni eʼlon qildi.Bu orada HAMAS isroillik garovga olingan Iden Aleksandrni ozod qiladi. U AQSH fuqaroligiga ham ega. Guruh Gʻazoga gumanitar yordamning tiklanishi va u yerda oʻt ochishni toʻxtatishga erishishdan umidvor.'Sky News' xabariga koʻra, Iden HAMAS tomonidan ushlab turilgan soʻnggi tirik asirdir. AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffning aytishicha, garovdagi shaxsni ozod qilish 13-may ku

13 May 14:38
 
150
0
xs.uz

HAMAS AQSH fuqarosini ozod qildi. U soʻnggi tirik asir boʻlishi mumkin

HAMAS garovga olingan AQSH va Isroil fuqarosi hisoblangan Aleksander Idenni ozod qildi. 'The Times of Israel' nashrining xabar berishicha, Iden Xalqaro qizil Xoch qoʻmitasi xodimlariga topshirilgan. Hozirda u Isroil hududida.Taʼkidlanishicha, 20 yoshli Aleksander yaxshi jismoniy holatga ega emas, unda mushak distrofiyasi belgilari aniqlangan. 2023-yil oktyabr oyida qoʻlga olingan paytda Isroil armiyasida xizmat qilgan Aleksander Amerika fuqaroligiga ega boʻlgan HAMAS qoʻlidagi soʻnggi tiri