calendar 16 May 18:45
eye 72
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Putin birinchi xorijiy safari uchun nega aynan Xitoyni tanlaganini tushuntirdi

image

Xitoy yetakchisi Si Szinpin o‘tgan yilning mart oyida Xitoy Xalq Respublikasi raisligiga qayta saylanganidan so‘ng o‘zining birinchi xorijiy tashrifi bilan Rossiyaga borgan edi. Shuning uchun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham qayta saylanganidan keyingi ilk safari uchun Xitoyni tanladi. Bu haqda Rossiya yetakchisi Pekinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Si Szinpinning birinchi xorijiy tashrifi sifatida Rossiyani tanlagani “Rossiya-Xitoy munosabatlarining yuqori darajasi va alohida xususiyatini” tasdiqlaydi.

“Rossiya Prezidenti lavozimiga rasman kirishganimdan so‘ng ilk xorijiy tashrifimni Xitoyga qilganim mantiqan to‘g‘ri. Albatta, bu yerda ma’lum bir ramziylik bor, lekin faqat shu emas. Bu tadbirlar mazmunga boy, juda foydali va bizga “soatlarni sozlash”ga yordam beradi”, deydi u.

Putinning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik “qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni qanday qurish kerakligi” namunasiga aylangan.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘rtasidagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha quyidagi hujjatlar imzolandi:

  1. Rossiya Federatsiyasi va Xitoy Xalq Respublikasining ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 75 yilligi munosabati bilan yangi davrga qadam qo‘yayotgan har tomonlama sheriklik va strategik hamkorlik munosabatlarini chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonoti.
  2. Rossiya Federatsiyasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida “Katta mushuklar mamlakati” transchegaraviy qo‘riqxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim.
  3. Veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati (Rossiya Federatsiyasi) va Xitoy Xalq Respublikasi Bosh bojxona boshqarmasi o‘rtasida Rossiya Federatsiyasidan Xitoy Xalq Respublikasiga eksport qilinadigan Quddus artishokiga qo‘yiladigan fitosanitariya talablari to‘g‘risidagi Protokol.
  4. Veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati (Rossiya Federatsiyasi) va Xitoy Xalq Respublikasi Bosh bojxona boshqarmasi o‘rtasida Rossiya Federatsiyasidan Xitoy Xalq Respublikasiga eksport qilinadigan mol go‘shtiga nisbatan inspeksiya, karantin va veterinariya sanitariya talablari to‘g‘risidagi bayonnoma.
  5. Katta Ussuriy orolini (Xeysyatszidao) rivojlantirishning yagona konsepsiyasi.
  6. Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Savdo vazirligi o‘rtasida infratuzilma va muhandislik qurilishi sohasida hamkorlikni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi.
  7. 2022 yil 4 fevraldagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati (Rossiya Federatsiyasi) va Xitoy Xalq Respublikasining bojxona bosh boshqarmasi o‘rtasida hududni sanitariya muhofazasi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish to‘g‘risida Qo‘shma harakatlar rejasi; .
  8. “Russia Today” xalqaro axborot agentligi va “Sinxua” axborot agentligi (Xitoy Xalq Respublikasi) o‘rtasida BRICS'ga a’zo mamlakatlar ekspertlar forumini o‘tkazish to‘g‘risidagi memorandum.
  9. "Rossiya axborot agentligi (ITAR-TASS)" federal davlat unitar korxonasi (Rossiya Federatsiyasi) va Sinxua axborot agentligi (Xitoy Xalq Respublikasi) o‘rtasida axborot almashish va hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitim.
  10. “Gazprom-Media” xolding aksiyadorlik kompaniyasi va Xitoy media korporatsiyasi (CMG) o‘rtasida hamkorlik memorandumi.
  11. "Delovaya Rossiya" Butunrossiya jamoat tashkiloti va Xitoy Xalqaro savdoni rivojlantirish qo‘mitasi o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi.

Putinning Xitoyga safari 16-17 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Ertaga, 17 may kuni Vladimir Putin Xarbindagi mahalliy politexnika universiteti talabalari bilan uchrashadi. Xitoylik yoshlar Rossiya rahbariga savollar berishi mumkin bo‘ladi. Universitet Rossiya tomonidan 100 yil avval rus-xitoy kadrlar tayyorlash maktabi sifatida tashkil etilgan.

Ma’lumot uchun, birinchi uch prezidentlik muddati boshida Putin ilk xorijiy safar sifatida qo‘shni davlatlarga – 2000 yilda Belarusga, 2004 yilda Ukrainaga va 2012 yilda yana Belarusga borgan. 2018 yilda Putinning to‘rtinchi prezidentlik muddati boshida birinchi davlat tashrifi Avstriyaga bo‘lgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
112
0
xs.uz

Isroil keng koʻlamli hujumga tayyorgarlik koʻrmoqda

AQSHning Isroildagi elchisi Stiv Uitkoff CNN telekanaliga bergan intervyusida Gʻazoga nisbatan oʻt ochishni toʻxtatish va garovdagilarni ozod qilish boʻyicha kelishuv muhokama qilinishayotganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, mazkur kelishuv urushni tugatishga olib kelishi mumkin. Uitkoff HAMASdan taklifni qabul qilishni soʻragan.Taklifga koʻra, garovdagilarning yarmi (tiriklar va halok boʻlganlar) ozod qilinadi, evaziga vaqtinchalik oʻt ochish toʻxtatilib, keyin keng qamrovli su

31 May 08:50
 
127
0
xs.uz

Tramp Kanadaning oldiga ikki shart qoʻydi: “Oltin Gumbaz” yoki AQSH tarkibi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada 'Oltin Gumbaz' raketalarga qarshi mudofaa tizimida ishtirok etmoqchi boʻlsa, 61 milliard dollar toʻlashi kerakligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, agar Kanada AQSH tarkibiga qoʻshilishni tanlasa, mazkur tizimga bepul kirish imkoniga ega boʻladi.Tramp bu haqda 'Truth Social' tarmogʻidagi postida maʼlum qilib, Kanada 'Oltin Gumbaz' tizimiga qoʻshilishni qatʼiy istashini va hozirda taklifni koʻrib chiqayotganini aytdi. Uning ushbu bayonoti Kanada parl

17 May 21:47
 
72
0
xs.uz

Qozogʻistonda davlat xizmatchilariga “ChatGPT”dan foydalanishga taqiq qoʻyildi

Qozogʻiston hukumati davlat xizmatchilariga xizmat faoliyati davomida 'ChatGPT'dan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda Raqamli rivojlanish vazirining oʻrinbosari Qanish Tuleushin maʼlum qildi.Unga koʻra, taqiq maʼlumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida joriy etilgan. Shuningdek, xizmatchilarga muqobil sifatida Nazarboyev universiteti negizida ishlab chiqilgan mahalliy sunʼiy intellekt tizimi taklif etilgan.Bundan tashqari, u hozirda bajarilgan ishlar qay bir sunʼiy intellekt tizi

04 Jun 02:45
 
122
0
xs.uz

Xalqaro qidiruvdagi oʻzbekistonlik AQShdan ekstraditsiya qilindi

Juda koʻp miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvga berilgan Oʻzbekiston fuqarosi Amerika Qoʻshma Shtatlarida qoʻlga olinib, ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi'xabar berdi.Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-qismida (juda koʻp miqdorda firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyat sodir etganlikda ayblan shaxs Oʻzbekiston Interpol MMBning axborot koʻmagi hamda AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan yaqin hamkorligi tufayli qoʻ