calendar 16 May 20:59
eye 49
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Tojikistonga keladi

image

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Tojikistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Van Ining mamlakatga safari Tojikiston TIV rahbari Sirojiddin Muxriddinning taklifiga binoan amalga oshiriladi. Xitoyning bosh diplomati 17-18 may kunlari Tojikistonda bo‘ladi.

Tashrif chog‘ida Van I Tojikiston tomoni bilan mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirish masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda. Uning Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuvi, shuningdek, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida yaqin ikki yilga (2024-2025 yillarga) mo‘ljallangan hamkorlik dasturining imzolanishi tashrifning muhim daqiqalaridan biri bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, hozirda Xitoy Bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Gochjunning Markaziy Osiyo davlatlariga safari davom etmoqda. U allaqachon O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyevning qabulida bo‘lgan va Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining yettinchi yig‘ilishida qatnashgan. Bugun, 16 may kuni Lyu Gochjun Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev qabulida bo‘ldi. U Qozog‘istondan so‘ng Qirg‘izistonga ham boradi. Xitoy Bosh vaziri o‘rinbosarining Markaziy Osiyodagi 3 davlatga safari 20 maygacha davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Markaziy Osiyo davlatlari va Mo‘g‘ulistonga safar qilgandi. Kemeron mazkur safardan Markaziy Osiyo mamlakatlariga Buyuk Britaniya hamda mintaqada ta’sir o‘tkazish uchun kurashayotgan Rossiya va Xitoy bilan hamkorlik qilish o‘rtasida “tanlov” qilish imkonini berishni ko‘zlaganini ochiq aytdi. Kemeron ketganidan ko‘p o‘tmay, 26 aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin Toshkentda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashdi. Uchrashuvdan so‘ng matbuotga bayonot bergan Galuzin Kemeronning O‘zbekistonga tashrifi Rossiyaga maksimal darajada zarar yetkazishga va uni ittifoqdoshlaridan uzoqlashtirishga qaratilganini ta’kidladi. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
26
0
xs.uz

“Qiyomat kuni” soati millari oldinga surildi

Global tahdidlar darajasini ifodalovchi 'Qiyomat kuni' soati millari 'yadroviy tun' boshlanishiga 89 soniya (23:58:31) qolganini koʻrsatmoqda. Yangilangan soat taqdimoti 28-yanvar kuni tashkilotning 'Bulletin of the Atomic Scientists' jurnali tomonidan efirga uzatildi.Amerika jurnali ushbu soat orqali 1947-yildan buyon har yili yadroviy xavfsizlik, iqlim oʻzgarishlari, texnologiyalar taraqqiyoti va biologik tahdidlar bilan bogʻliq xatarlardan ogohlantirib keladi. Soat millarini oʻzgartirish

27 Jan 00:54
 
31
0
xs.uz

1,2 million odam, Qishki Olimpiada va millionlab yovvoyi qushlarning hayoti xavf ostida!

2022-yilda Buyuk Shoʻr koʻli oʻz tarixidagi eng past sathga tushib, iqtisodiy, ekologik va jamoat sogʻligʻi uchun jiddiy tahdidlar yaratgandi. Janubiy yarimsharning eng yirik shoʻr suvli havzasi boʻlgan mazkur koʻlning qisqarishi Portlend davlat universiteti tadqiqotchilari tomonidan ilmiy asoslangan maʼlumotlar bilan oʻrganildi. Ushbu tadqiqot koʻl sathining pasayishiga daryo oqimining kamayishi va iqlim isishi tufayli bugʻlanishning kuchayishi asosiy sabab boʻlganini koʻrsatdi.Bu

31 Jan 15:22
 
20
0
xs.uz

Trampning bosimi Daniyaning mudofaa xarajatlarini oshirishiga sabab boʻldi

Kopengagen mudofaa xarajatlarini oshirib, ittifoqchilari bilan muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, Daniya Arktika va Shimoliy Atlantika mintaqasida harbiy ishtirokini kuchaytirish rejalarini oshkor qilgan.Mamlakat dushanba kuni xavfsizlik uchun qoʻshimcha 2 milliard AQSH dollaridan koʻproq mablagʻ ajratishni eʼlon qildi. Bu islohot Yevropa davlati AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazoratni topshirish talabiga qarshilik koʻrsatayotgan bir paytda eʼlon qilindi.'Yevropa

27 Jan 00:54
 
25
0
xs.uz

Tolibon rahbariyatini qoʻlga olish uchun Bin Ladenga eʼlon qilgandan koʻra koʻproq mukofot puli ajratamiz — AQSH davlat kotibi

AQSH Tolibonning yuqori martabali rahbarlarini qoʻlga olish uchun Usama bin Laden uchun belgilangandan kattaroq mukofot eʼlon qilishi mumkin, deb xabar bermoqda 'Newsweek' nashri.Maʼlumotlarga koʻra, Tolibon garovda ushlab turgan amerikaliklarning soni avval xabar qilingandan koʻproq boʻlishi mumkin. Agar bu maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topsa AQSH Tolibon rahbariyatini qoʻlga olish uchun katta miqdordagi mukofot puli berishini eʼlon qilgan.Taʼkidlanishicha, Tolibon hukumati 2022-yilnin