calendar 11 Apr 13:56
eye 35
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ispaniya Bosh vaziri dunyo hamjamiyatini Falastinni tan olishga chaqirdi

image

Ispaniya Falastin davlatini tan olishga tayyor, ammo xalqaro hamjamiyat Falastinning mavjudligini tan olmay turib, unga yordam bera olmaydi. Bu haqda Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches parlament yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Sanches Madrid yozgacha Falastinni tan olishini aytdi va bunday qadam zarurligini ta’kidladi.

Ispaniya Vazirlar Mahkamasi rahbari G‘azo sektorida “asrning eng ayanchli insonparvarlik fojialaridan biri” ro‘y berayotganiga e’tibor qaratdi.

“Ispaniya G‘azo sektorida uzoq muddatli o‘t ochishni to‘xtatish, HAMAS hujumlarini qoralash, mahbuslarni zudlik bilan ozod qilish va eksklavdagi gumanitar falokatga mos ravishda insonparvarlik yordami yetkazilishi tarafdori. Isroilning nomutanosib javobi dunyo va Yaqin Sharqni beqarorlashtirish, o‘n yillik inson huquqlari mexanizmlarini yo‘q qilish bilan tahdid qilmoqda”, deydi siyosatchi.

Ispaniya Bosh vaziri 11-12 aprelda Polsha, Norvegiya va Irlandiyaga, 16 aprelda esa Sloveniyaga borib, u yerda Falastin davlatini tan olish va Isroil-Falastin mojarosini “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida hal qilish bo‘yicha xalqaro konferensiya tashkil etishda yordam so‘raydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida Pedro Sanches Isroilning G‘azo sektorida harakatlari xalqaro qonunlarga to‘g‘ri kelishiga shubha bildirganidan so‘ng, Isroil Madriddagi elchisini chaqirib olgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 May 09:31
 
11
0
qalampir.uz

Slovakiya Bosh vaziriga uyushtirilgan suiqasd haqida dunyo liderlari nima deydi? 

Bugun, 15 may kuni Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoning hayotiga suiqasd uyushtirildi – unga hukumat majlisidan chiqqan paytida o‘q uzildi. Avvalroq, siyosatchining ahvoli og‘irligi, hujumchi qo‘lga olingani haqida xabar bergandik. Voqea sabablari hozircha noma’lum. Robert Fitso oshqozon va ko‘krak qafasidagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Xalqaro maydonda ushbu hujum qo‘rquv va g‘azab bilan qarshi olindi. Qator dunyo mamlakatlari yetakchilari ushbu holatga ni

11 Apr 20:33
 
70
0
qalampir.uz

Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatidagi energetika ob’ektlariga zarba berdi

Bugun, 11 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Xarkov, Zaporoje, Lvov va Kiyev viloyatlaridagi energetika infratuzilmasiga hujum qildi. Bu haqda Ukraina Energetika vaziri German Galushenko o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi. Kiyev viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Ruslan Kravchenkoning aytishicha, Rossiyaning 40 dan ortiq raketa va 40 ta droni uchirilishi oqibatida Kiyev viloyatidagi muhim infratuzilma ob’ektida yong‘in sodir bo‘lgan. Ene

11 Apr 14:01
 
37
0
xs.uz

Telegramda shaxsni tekshirish uchun noodatiy funksiya joriy etiladi

Telegram foydalanuvchilari kaftini oddiy skanerlash orqali oʻz shaxsini tasdiqlashi mumkin boʻladi.Ushbu tashabbusning bir qismi sifatida 'TON Sociyety' dasturda ishtirok etishni istagan foydalanuvchilar uchun mukofot sifatida 1 mln. 'Toncoin' (taxminan 6,5 mln. AQSH dollar) taqdim etadi.Loyihaning maqsadi ' kelgusi 5-yil ichida 500 mln. Telegram foydalanuvchisini xavfsiz raqamli identifikator bilan taʼminlash. Ushbu texnologiya 'airdrops' yoki tranzaksiya tahlili kabi identifikatsiyani teksh

15 May 11:38
 
13
0
qalampir.uz

Putin Rossiya hukumatining yangi tarkibini tasdiqladi (ro‘yxat)

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hukumat a’zolari va idora rahbarlarini tayinlash to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Bu haqda Kreml saytida ma’lum qilindi. Putin xavfsizlik bloki vazirlari va TIV rahbarini tasdiqladi. Andrey Belousov Mudofaa vaziri bo‘ldi; Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarlari lavozimlarini mos ravishda Vladimir Kolokolsev va Aleksandr Kurenkov saqlab qoldi. Sergey Lavrov Tashqi ishlar vazirligi rahbari etib qayta tayinlandi, Kons